toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOʻKDUMALOQ NEFTGAZKONDENSATI KONINI, MINGBULOQ NEFT KONINI OʻZLASHTIRISHNI, BUXORO VILOYATINING QOROVULBOZOR TUMANIDAGI NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODINING HAMDA GAZLI — NUKUS GAZ QUVURI QURILISHINI TEZLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlarida neft, kondesat va gazni qidirib topish va ularni oʻzlashtirish ishlari respublikaning neft va gaz sanoatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. 1992-yilda respublika boʻyicha 3,3 mln. tonna neft va kondesat qazib chiqarildi, 1993-yilda ularni qazib chiqarish darajasini 3,95 mln. tonnaga yetkazish moʻljallanmoqda. Xorijiy firmalar bilan chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda neftni qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, ishlab turgan quvvatlarni qayta bunyod etish masalasi oʻrganib chiqilmoqda.
Respublikaning boshqa davlatlarga nisbatan oʻz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash zaruriyati imkoni boricha oʻzini-oʻzi yoqilgʻi resurslari bilan taʼminlash boʻyicha belgilangan choralar amalga oshirilishini tezlashtirishni taqozo etmoqda.
Respublikaning oʻzini-oʻzi neft mahsulotlari bilan taʼmin etishi muddatlarini yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlari boʻyicha
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining 1995-yilda kondensatli neftni qazib chiqarish hajmini 8 mln tonnagacha, shu jumladan, Koʻkdumaloq konidan 4,3 mln tonnaga, Mingbuloq konidan 1 mln tonnagacha yetkazish haqidagi taklifi maʼqullansin (1-ilova)*.
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi va Davlat geologiya qoʻmitasi ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq 1993-yilda Koʻkdumaloq konida — 22 ta quduq, 1994-yilda — 30 ta, 1995-yilda — 30 ta quduq, Mingbuloq konida 1993-yilda — 1 ga quduq, 1994-yilda — 2 ta, 1995-yilda — 3 ta quduq qurishni va ularni foydalanishga topshirishni amalga oshirsinlar (2-ilova)*.
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Davlat geologiya qoʻmitasi 1994-yilning 1 choragida geofizik maʼlumotlar boʻyicha Mingbuloq konidagi neft mavjud joylar konturi aniqlangan holda neogen va paleogen qatlamlari boʻyicha strukturali rejalarni alohida holda tayyorlab bersin.
3. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining Mingbuloq konida qidiruv ishlarining Volgograd “Prikaspiyburneft” birlashmasini jalb qilgan holda oʻz kuchlari bilan davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin. “Mingbuloq” va uning yaqinidagi neft konlarini kompleks oʻzlashtirishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tarkibida mustaqil korxona tuzilsin. U Namangan viloyatining Chortoq shaharchasida joylashtirilsin.
4. “Koʻkdumaloq” konini oʻzlashtirishni jadallashtirish uchun “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasiga 1995-yilning birinchi choragida qaytarish sharti bilan respublika valyuta fondidan 12,7 mln AQSH dollari ajratilsin. Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni joriy yilning iyul—sentabr oylarida oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boʻyicha
5. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov boshchiligidagi komissiya tomonidan neftni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida suv toshqinidan holi boʻlgan barcha tegishli talablarga javob beradigan joy tanlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi birinchi navbatini 1996-yilda ishga tushirish sharti bilan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida neftni qayta ishlash zavodi qurilishiga joriy yilda kirishsin. Zavodni texnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari 1993-yilning sentabrida ishlab chiqilsin. Zavodning muhandislik xizmati taʼminotini oʻz ichiga olgan yordamchi inshootlari kompleksi qurilishi 1995-yilda nihoyasiga yetkazilsin.
“Oʻzneftqaytaishlash” davlat birlashmasi qurilishning bosh buyurtmachisi etib;
asosiy qurilish maydonida joylashgan texnologik obyektlar hamda keltiruvchi neft quvurlari va gaz quvurlari qurilishi boʻyicha — “Oʻzneftgazqurilish” davlat aksionerlik birlashmasi; neftni qayta ishlash zavodi shaharchasining ijtimoiy obyektlari bilan birgalikdagi suv taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha — “Oʻzsuvqurilishi” davlat konserni; muhandislik inshootlari bilan birgalikda shoxobcha avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha — “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni; qurilish maydonidagi sanoat va xoʻjalik obyektlari qurilishi boʻyicha — “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi — bosh pudratchilar etib;
tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha respublika Energetika va elektrlashtirish vazirligi (bosh buyurtmachi mablagʻlari hisobiga) buyurtmachi va bosh pudratchi etib;
Oldingi tahrirga qarang.
inshootlari bilan temir yoʻl transporti obyektlari qurilishi boʻyicha Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi (bosh buyurtmachi mablagʻlari hisobiga) buyurtmachi, “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi bosh pudratchi etib belgilansin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi qurilishning bosh pudratchilari tomonidan belgilangan montaj va maxsus qurilish ishlarining bajarilishini taʼminlasin.
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining 3 oy muddatda chet el firmalarini jalb qilgan holda neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish qismi qurilishi, uning Oʻzbekiston hududida maqbul ravishda amalga oshirilishini hisobga olgan holda, bosh loyihalovchisini belgilashi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ijtimoiy, uy-joy qurilishi hamda muhandislik kommunikatsiyalari obyektlari bosh loyihalovchisi etib “OʻzbekNIPIneft” instituti belgilansin. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi va Davlat qurilish qoʻmitasining “OʻzbekNIPIneftgaz” institutiga subpudratchi boʻlish sharti bilan “VNIPIneft” (Moskva shahri), “Toshtemiryoʻlloyiha”, “Oʻzenergotarmoqloyiha”, “Oʻzgipromeliovodxoz”, “Oʻzgiprovodstroy” institutlarini ijtimoiy, uy-joy qurilish va muhandislik kommunikatsiyalarining tegishli obyektlarini loyihalash ishlariga jalb etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
Neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun Bosh vazir oʻrinbosarlari K. N. Toʻlaganov va Q. J. Haqqulov oʻrtoqlar boshchiligida 3-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin.
* 3-ilova berilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi eng kam xarajatlar varianti bilan neftni qayta ishlash zavodini suv bilan taʼminlash manbalarini belgilasin va ularga texnik shartlar bersin.
8. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining Buxoro viloyatida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boʻyicha direksiya va qurilish-montaj trestini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. “Oʻzneftgazqurilish” davlat aksionerlik birlashmasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda trestning qurilish-montaj tashkilotlarini muhandis-texnik kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
“Oʻzsuvqurilish” davlat konserni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish negizini rivojlantirishni taʼminlasin.
9.“Oʻzdavqishloqxoʻjalikmash”, “Oʻzdavradioelektrontexasbob” konsernlari, “Oʻzdavmashkonsern” hamda “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi qurilish ishtirokchilarining talabnomalari boʻyicha nestandart, elektrotexnika, ventilyatsiya va boshqa uskunalarning qismlarning tayyorlab berilishini taʼminlasinlar.
10. Bosh vazirning oʻrinbosarlari U. T. Sultonov va Q. J. Haqqulov oʻrtoqlar joriy yilda MDH mamlakatlari tomonidan ishlab chiqariladigan qurilmalardan yuqori darajada foydalanilgan holda asbob-uskunalarni yetkazib berilishini hisobga olgan holda neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boʻyicha xorijiy kompaniyalar bilan kontraktlar tuzish, shuningdek, ushbu zavod uchun valyuta mablagʻi taʼminotini ochish va Koʻkdumaloq konini oʻzlashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etsinlar.
11. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi Mingbuloq konidan qazib olinadigan neftni qabul qilib olish maqsadida Oltiariq va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlarini qayta qurish, shuningdek, tiniq neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash masalasini koʻrib chiqsin.
Gazli—Nukus gaz quvuri qurilishi boʻyicha
12. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi 1993—1994-yillarda Gazli—Nukus gaz oʻtkazish magistral quvurini, 1993-yilda Urganchgacha boʻlgan 1 navbatni ishga tushirish sharti bilan loyihalashtirish va qurilish ishlarini amalga oshirsin.
Gaz oʻtkazish quvurini qurish bilan bogʻliq masalalarni tezkor hal etish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
Gaz quvurlari oʻtkaziladigan qoʻriqlash zonasidan imoratlarni boshqa joyga koʻchirish boʻyicha bosh buyurtmachilar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari, bosh pudratchilar etib “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi va “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni belgilansin. Bosh buyurtmachilar pudrat-qurilish tashkilotlariga gaz quvurlari oʻtadigan qoʻriqlash zonasidan imoratlarni 1993-yilning 1-noyabrigacha boʻlgan muddatlarda koʻchirishni va bu ishlarni mablagʻ bilan taʼminlaydigan loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etsinlar.
Energetika va elektrlashtirish vazirligi 10 kun muddatda “OʻzbekNIPIneftgaz” institutiga ishga tushirish muddatini hisobga olgan holda gaz oʻtkazish quvurlari obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashga doir texnik shartlarni taqdim etsin.
“Tashgiprotrans” instituti Urganch shahriga boradigan gaz quvuri tarmogʻini Amudaryodan oʻtkazish loyihasini ishlab chiqsin.
“Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasining 7-koʻprik qurish tresti “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasiga subpudratchi boʻlib Amudaryodan gaz quvurini oʻtkazish uchun koʻprik qurilishini taʼminlasin.
Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasining talabnomasi boʻyicha quvurlarni tushirish joylarini ajratsin hamda ularning oʻz vaqtida tushirilishini taʼminlasin. Gaz quvurlarining temir yoʻlni kesib oʻtishi bilan bogʻliq texnik shartlarni berish masalasini tezkorlik bilan hal qilsin.
13. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi bilan birgalikda mablagʻlarni va moddiy resurslarni jamlash, shuningdek, Gazli—Nukus gaz quvuri qurilishining birinchi navbati qurilishida qurilish-montaj brigadalarini hamda maxsus texnikani bir yerda toʻplash maqsadida “Oʻzgazuzatish” va “Oʻzneftgazqurilish” birlashmalarining gaz quvurlari shoxobchalari qurilish muddatini 1993-yildan kechroq muddatga oʻtkazish haqidagi takliflarini koʻrib chiqsinlar.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi uch oy muddatda respublikani gazlashtirish va gaz bilan taʼminlash dasturini ushbu qarorni hisobga olgan holda neft va gaz sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bilan muvofiqlashtirsinlar.
14. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi sel va kollektor-drenaj suvi bosish xavfi tegrasida joylashgan neft va gaz konlari obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Melioratsiya va suv xoʻjaligi (oʻrtoq Giniyatullin), “Oʻzsuvqurilish” konserni (oʻrtoq Hasanov) Sichankoʻl koʻlida ikkita toʻgʻon qurilishini nihoyasiga yetkazilishini taʼminlasinlar: birinchi navbati — joriy yilning 1-noyabrigacha, ikkinchi navbati — 1994-yilning 1-yanvarigacha, janubiy kollektorning boshqaruv inshooti — shu yilning dekabrida, shuningdek “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining buyurtmasi boʻyicha Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi neft va gaz konlarini hamda kommunikatsiyalarni suv bosishdan muhofaza qilish muhandislik muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Neft-gaz tarmogʻi obyektlarining valyuta ehtiyojini toʻla qondirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining birlashmalari Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish va ushbu konlarni oʻzlashtirish mobaynida hamda neftni qayta ishlash zavodi qurilishini nihoyasiga yetkazish muddatiga qadar, asbob-uskuna, moddiy-texnika resurslari va loyiha-smeta hujjatlari importidan olinadigan boj toʻlovidan ozod qilinsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
16. Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlari obyektlarini, yangi neftni qayta ishlash zavodi qurilishini, Oltiariq va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlarining qayta qurilishini, Gazli—Nukus magistral gaz quvuri qurilishi barcha muhandislik inshootlarining va shuningdek, ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarining mablagʻ bilan taʼminlanishi “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining oʻz mablagʻlari hamda imtiyozli kreditlar hisobiga (yillik summadan 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda foiz olish sharti bilan) taʼminlanishini nazarda tutsinlar.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, davlat hamda aksionerlik — tijorat banklari qurilish obyektlarini 1993-1994-yillarda haqiqatda bajarilgan ishlar hajmlariga qarab imtiyozli shartlarda mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshirsinlar (yillik summa miqdoridan koʻpi bilan 5 foiz olingan holda).
18. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻkdumaloq konini oʻzlashtirishda, Gazli-Nukus gaz quvuri trassasi, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodi hamda Navoiy viloyatidagi Zafarobod neft quyish estakadasida bevosita band boʻlgan barcha toifadagi xodimlarning ish haqlariga suvsizlik va choʻl sharoitlari uchun qoʻshimcha 1,7 koeffitsiyent toʻlanishi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Mingbuloq va Koʻkdumaloq konlarini razvedka qilish, oʻzlashtirish, neftni qayta ishlash zavodining hamda Gazli—Nukus gaz quvuri trassasi qurilishi olib borilgan davr mobaynida ushbu obyektlarda band boʻlgan barcha toifadagi xodimlarning lavozim okladlariga va tarif stavkalariga 30 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishi.
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari:
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlashtirilayotgan konlar, bunyod etilayotgan neftni qayta ishlash zavodi obyektlarini joylashtirish, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz va neft oʻtkazish quvurlari qurish uchun yer maydonlarini ajratishni amalga oshirsinlar;
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va “Neftgaztaminot” birlashmasi bilan birgalikda neft va gaz obyektlari qurilishiga jalb etilgan xodimlarni joylashtirishni, ularning ovqatlanishlari hamda ular uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratib berilishini taʼminlasinlar.
20. Respublika Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi “Oʻzneftgaz” korporatsiyasining buyurtmasiga muvofiq neft boʻyicha kadrlarni, mutaxassislarni va gaz burgʻilovchilarni, konlarni oʻzlashtiruvchilarni va ulardan foydalanuvchilarni, qayta ishlovchilarni va mexaniklarni tayyorlashni nazarda tutsin.
21. “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining talabnomasiga muvofiq moddiy-texnika resurslarini hamda qurilish texnikasini yetkazib berish masalalarining tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin.
22. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari yoqilgʻi va energiya, ayniqsa neft mahsulotlari sarfini ancha qisqartirish maqsadida bir oy muddatda har bir tarmoq boʻyicha yoqilgʻi — energetika resurslarini iqtisod qilishga doir chuqur oʻylab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda ularning amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
23. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning ish faoliyati yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-avgust,
389-son