Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikaning ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarini saqlab qolish va mustahkamlash, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish uchun uning kuchlarini qayta yoʻnaltirish va bir joyga toʻplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yilgi va yaqin kelajakka moʻljallangan davlat ilmiy-texnika siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va davlat ilmiy-texnika dasturlari roʻyxati 1, 2-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi:
tadqiqotlarning ustuvorligidan kelib chiqqan holda fanni rivojlantirish uchun 1993-yilga ajratilgan budjet mablagʻlarini davlat va tanlov ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasini shakllantirish uchun yoʻnaltirsin;
ilgʻor texnologiyalarga olib chiqishni taʼminlovchi tashabbuskor tadqiqotchilik ishlarini moliyaviy taʼminlash uchun mablagʻlarning umumiy hajmidan 2,5 foizgacha boʻlgan miqdorda budjet mablagʻlarining zaxiralarini tashkil etsin;
ajratilgan mablagʻlarning aniq maqsadlarda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Q. Qoraboyevga yuklatilsin.