Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik hamda yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash maqsadida, Afgʻoniston Islom Davlati Prezidentining murojaatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olishayotgan afgʻon fuqarolarining koʻpdan koʻpiltimoslarini qoʻllab-quvvatlagan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekiston Respublikasi budjeti hisobidan bepul taʼlim olgan hamda 1992/93 oʻquv yilida 4—6 kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan Afgʻoniston Islom Davlatining fuqarolariga tegishli ravishda bakalavrlik va magistrlik diplomlari topshirilsin.
Oliy oʻquv yurtlarida afgʻonistonlik talabalarning koʻrsatib oʻtilgan toifalari taʼlim olishgan vazirliklar va idoralar shu yilning 5-avgustigacha ularni vataniga joʻnatishni taʼminlasinlar.
2. Afgʻonictonlik fuqarolarning jadal oʻqitish, ularni iloji boricha qisqa muddatlarda oʻz vataniga joʻnatish toʻgʻrisidagi murojaatini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi budjeti hisobidan oʻqishni 1992/93 oʻquv yilida tugatayotganlarga maʼlumoti haqida tegishli shahodatnomalar berilsin:
uchinchi kursni tugatayotganlarga (tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida — toʻrtinchi kurs) — 1993/94 oʻquv yilining birinchi yarmi tugaganidan keyin;
ikkinchi kursni tugatayotganlarga (tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida— uchinchi kurs) — 1993/94 oʻquv yili tugagandan keyin.
3. Afgʻoniston Islom Davlati fuqarolari boʻlgan aspirantlar taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
uchinchi yil taʼlim olayotgan aspirantlarga joriy yilning oxirigacha dissertatsiya ishlarini nihoyasiga yetkazish va himoya qilish uchun imkoniyat yaratsinlar hamda ularning oʻz vataniga joʻnab ketishlariga koʻmaklashsinlar;
birinchi va ikkinchi yil taʼlim olishayotgan aspirantlar bilan oʻqishni davom ettirish uchun shu yilning 1-sentabriga qadar albatta kontrakt tuzilishni taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi afgʻon oʻquvchilari va aspirantlari taʼlim olayotgan oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralarining hisob-kitoblariga muvofiq ularga afgʻonictonlik fuqarolarni oʻqitish va vataniga joʻnatish uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
5. Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarida afgʻonictonlik oʻquvchilar va aspirantlar taʼlim olayotgan vazirliklar va idoralar, Termiz shahar hokimligi ushbu qarorning
1—3-bandlarida belgilangan muddatlarda ularni Toshkent—Termiz marshruti boʻyicha temir yoʻl transportida vataniga uyushgan holda joʻnatishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
6. Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvalga muvofiq Vataniga joʻnab ketayotgan Afgʻoniston Islom Davlati fuqarolarini mahalliy tariflar boʻyicha soʻmlarda toʻlanadigan temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmuiga yuklatilsin.