

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-878448" id="onLBC-878448">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7364"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-878448" id="onLS-878448">[<b>TSZ:</b><div id="LS3705"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-887127" id="-887127">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-887128" id="-887128">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-887132" id="-887132">Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-887139" id="-887139"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887143" id="-887143">Mamlakatda huquqiy demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishning gʻoyat muhim sharti aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirishdan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning amaliy ishtirokidan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887148" id="-887148">Ushbu vazifalarni amalga oshirishda aholining huquqiy savodxonligi, siyosiy madaniyatini oshirishga, fuqarolarning xilma-xil huquqiy axborotlardan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratishga, shuningdek, davlat-huquqiy va sud tizimini takomillashtirishning dolzarb muammolarini hal etishga koʻmaklashishi lozim boʻlgan huquqiy davriy nashrlar muhim rol oʻynaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887152" id="-887152">Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining siyosiy-huquqiy masalalari, qonun ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotini yoritadigan 8 ta yuridik jurnal (umumiy tiraji 55 ming nusxadan koʻproq) chop etilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887153" id="-887153">Shu bilan birga yuridik jurnallarning mazmuni hali zamon talablariga toʻliq javob bermaydi. Mavjud nashrlar oʻz mazmun yoʻnalishi va maqsadli vazifalarini belgilab beruvchi chuqur oʻylangan, aniq oʻquvchilar doirasiga moʻljallangan konsepsiyaga ega emas. Mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning dolzarb siyosiy-huquqiy masalalariga tegishli darajada eʼtibor berilmayapti. Jurnallar tahririyati mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad-vazifalari va mazmun-mohiyatini anglaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan yetarlicha taʼminlanmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887158" id="-887158">Davlat-huquqiy va sud tizimi, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish va huquqiy savodxonligini oshirishning dolzarb muammolarini hal etishda yuridik jurnallar rolini kuchaytirish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-887163" id="onLBC-887163">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7291"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot;</span></div><div id="LBC22726"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887163" id="-887163">1. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi va chop etiladigan yuridik nashrlar (jurnallar) roʻyxati 1-2-ilovalarga<a href="/mact/-878448#-933412">*</a> muvofiq maʼqullansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-933412" id="-933412">* 1-2-ilovalar <a href="/mact/878596">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887164" id="-887164">Belgilansinki, davlat-huquqiy, sud-huquq sohalarida olib borilayotgan demokratik islohotlardan jamiyatning keng xabardor boʻlishi, fuqarolarning huquqiy madaniyati va maʼrifiy saviyasi yuksalishi jamiyat va davlatni demokratik yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishning gʻoyat muhim sharti boʻlib qolmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887166" id="-887166">2. Chop etilayotgan jurnallarning sifati, samaradorligi va saviyasi uchun javobgarlik jurnallarning bosh muassislari zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887167" id="-887167">3. Quyidagilar yuridik jurnallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887169" id="-887169">davlat va jamiyat qurilishining dolzarb siyosiy-huquqiy muammolari, qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, sud-huquq tizimini liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, insonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy huquq va erkinliklarini taʼminlash muammolari keng muhokama qilinishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887178" id="-887178">qonuniylikni taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilish, profilaktika ishlari va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilish, jamoat tartibini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini huquqiy jihatdan taʼminlash borasida sud va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini yoritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887181" id="-887181">fuqarolarning, birinchi navbatda yoshlarning huquqiy ongini, ularning siyosiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan materiallarni chop etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887183" id="-887183">nashrlar sahifalarida yuridik fan rivojiga, milliy huquq maktabini shakllantirishga, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga oid dolzarb muammolar boʻyicha munozaralar tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887184" id="-887184">qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini, xalqaro huquqni rivojlantirish, uning normalarini milliy qonunchilikka tadbiq etishning dolzarb muammolarini yoritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887186" id="-887186">4. Adliya vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, yuridik jurnallarning boshqa muassislari va tahrir hayʼatlari bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887188" id="-887188">jurnallarning tahririyatlarini chuqur huquqiy bilimlarga va ommaviy axborot vositalaridagi zarur ish tajribasiga ega boʻlgan, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat-huquqiy, sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining mohiyatini, maqsadli vazifalarini anglaydigan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887191" id="-887191">tahririyat xodimlari va faol mualliflar mehnatini chop etilayotgan materiallarning yuksak sifatli boʻlishi hamda tahririyatlar jamoalari oldida turgan vazifalarning bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirishni taʼminlash imkonini beradigan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887194" id="-887194">yuridik jurnallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tahrir hayʼatlarining zamonaviy talab va andozalarni hisobga olgan holda jurnallarning badiiy saviyasini oshirish, ularni rasmiylashtirish hamda dizayni sifatini yaxshilash maqsadida jurnalistlar, yozuvchilar, rassomlar ijodiy uyushmalari bilan mustahkam hamkorligini oʻrnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887196" id="-887196">ilmiy-tadqiqot, taʼlim muassasalari bilan birgalikda jurnallarning faoliyatiga, davlat-huquqiy va sud tizimlarini isloh qilish maqsad va vazifalarini amalga oshirishning dolzarb muammolarini muhokama qilishga yetakchi huquqshunos olimlar, tarixchilar, iqtisodchilar, sotsiolog va faylasuflar jalb etilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887200" id="-887200">5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yuridik jurnallarning elektron versiyalari (saytlari)ni yaratish va ularni global Internet tarmogʻida joylashtirishda mazkur nashrlarga yordam koʻrsatsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3789040" id="edi-3789040"><a href="/mact/-878448?ONDATE=22.05.2017 00#-3212748">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3789040" id="-3789040"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3789042" id="-3789042">6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoat birlashmalari bilan birgalikda yuridik jurnallarning maqolalaridan mamlakatning muayyan yoʻnalishdagi oliy oʻquv muassasalari, kollejlari, litseylari, maktablari va boshqa tarbiya muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanishni taʼminlasin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3789047" id="-3789047">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli <a href="/mact/-3765918?ONDATE=07.06.2018 00#-3777572">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-887204" id="-887204">7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-887208" id="-887208">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-887211" id="-887211">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-887212" id="-887212">2005-yil 18-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-887214" id="-887214">PQ-203-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-933409" id="-933409">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 315-modda; 2013-y., 47-son, 616-modda; 2014-y., 30-son, 365-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
