1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI “OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI
Qarori
SAYYoHLARGA XIZMAT KOʻRSATILGANI UChUN TURISTIK FIRMA VA MEHMONXONA XOʻJALIKLARIDAN UNDIRILADIGAN TURISTIK YIGʻIMLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 13-sentabrda 1407-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasining 2012-yil 24-dekabrdagi 91, 01/3711-sonli “Sayyohlarga xizmat koʻrsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xoʻjaliklaridan undiriladigan turistik yigʻimlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1407-1, 04.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 360-son qarorining 6-bandini (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 30-son, 346-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi qaror qiladi:
1. Sayyohlarga xizmat koʻrsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xoʻjaliklaridan undiriladigan turistik yigʻimlar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.