1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 10-sentabrda 1405-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSRning qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari. I qism”, tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab SSSRning energetika va elektrlashtirish vaziri tomonidan 1989-yil 20-fevralda tasdiqlangan “Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 405-modda; 2010-y., 46-son, 419-modda; 2013-y., 46-son, 614-modda)