1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Buyrugʻi
AUDITORNING MALAKAviy SERTIFIKATINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 19-aprelda 977-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3105, 21.12.2018-y.) asosan 2019-yil 23-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-sentabrda 68-son bilan tasdiqlangan Auditorlik malakaviy sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (2000-yil 13-oktabrdagi 977-son roʻyxat, “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, Davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi” 2000-yil, 19-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.