toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2016
Hujjat 27.05.1993 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta xomashyosi, chorva va sut, meva-sabzavot mahsulotlari ayrim turlarining xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaga yetkazib berilayotgan yoqilgʻi, moddiy-texnika va boshqa resurslarning qimmatlashib borayotganligi munosabati bilan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻproq mustaqillik berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan:
1993-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlarini 1-ilovaga muvofiq;
chorva va sutning xarid narxlarini 2-ilovaga muvofiq oshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. 1993-yil hosilidan:
meva-sabzavot mahsulotlarining chegaralangan xarid narxlari 3-ilovaga muvofiq;
sholi, yangi qizil va sanoatda qayta ishlashga moʻljallangan yangi qizil pomidorlar, karam, sabzi va olma uchun erkin (shartnomaviy) narxlar belgilansin.
3. Respublikadan tashqariga olib ketiladigan meva-sabzavot mahsulotlaridan olinadigan boj miqdorlari 1993-yil 1-iyundan boshlab 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasining “Kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari va quruq mevalarning xarid narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 14-apreldagi 188-son qarori 2-bandi 3-xat boshining amal qilishi saqlab qolinsin. Unda belgilab qoʻyilganidek, meva-sabzavot mahsulotlarini respublikadan tashqariga hukumatlararo bitimlar va toʻgʻridan toʻgʻrixoʻjalik aloqalari boʻyicha yetkazib beradigan korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar boj toʻlashdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-maydagi 250-son va 1993-yil 17-apreldagi 180-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-may,
257-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 27-maydagi 257-son qaroriga
1-ILOVA
1993-yil hosili paxta xomashyosining
xarid narxlari

‎‎(har bir tonnasi uchun soʻmda)

‎‏Paxta tolasi tiplari

‎‎Paxta xomashyosining sanoat sortlari

1‎

2‎

3‎

4‎

Ingichka tolali

1 tip‎

160000‎

141000‎

72000‎

25300‎

2 tip‎

143000‎

130000‎

72000‎

25300‎

3 tip‎

132000‎

117000‎

72000‎

25300‎

‎‎Oʻrta tolali‎

4 tip‎

127500‎

110000‎

68900‎

25300‎

5 tip‎

119400‎

103000‎

68900‎

25300‎

6 tip‎

94000‎

85000‎

65500‎

25300‎

7 tip‎

90800‎

81600‎

63200‎

25300‎

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 27-maydagi
257-son qaroriga
2-ILOVA
Chorva va sut xarid narxlarining
ChEGARALANGAN MIQDORLARI
‎‎
‎‎har bir tonnasi uchun soʻmda
‎‎ (oʻrta hisobda) ‎‎ ‎‎
Koramol, yilqi va tuyalar‎‎
‎‎393600
‎‎Choʻchqalar
495600‎‎
‎‎Koʻy va echkilar
325600 ‎‎
‎‎yogʻliligi 3,6% boʻlgan sut
‎‎50000
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 27-maydagi
257-son qaroriga
3-ILOVA
Kartoshka va meva-sabzavotning chegaralangan
ShARTNOMAVIY NARXLARI

Mahsulot nomi

Sotish davri‎‎ *

‎‏Har bir tonnasi
‎ uchun soʻmda‎


‎Kartoshka‎‏


‎21-maydan 10-iyulgacha ‎


‎36000‎

11-iyuldan yil oxirigacha‎

30000‎

Boshpiyoz‎

21-iyuldan yil oxirigacha‎

14000‎

* yilning qolgan davrlarida mahsulotlarning ushbu turlari shartnomaviy (erkin) narxlarda sotiladi. ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 27-maydagi
257-son qaroriga
4-ILOVA
Respublikadan tashqariga chiqariladigan qishloq
xoʻjaligi mahsulotlariga solinadigan
BOJ MIKDORLARI

‎‎(har bir tonnasi uchun soʻmda)‎

‎‏

‎‎‎‎Davlat boji miqdorlari‎

may-iyun‎‎

iyul—sentyabr

oktyabr—dekabr‎

Kartoshka‎ 7200‎

4500‎

-‎
Boshpiyoz‎ 3200‎ 2800‎ 3600‎
Karam‎ 3200‎ 2000‎ 4800‎
Yangi sabzi‎ 3200‎ 3200‎ 4800‎
Qizil pomidor‎ 40000‎ 10000‎ 12000‎‎
Yangi uzilgan‎
bodring‎ 16000‎ 2400‎ 4500‎
Bulgʻor qalampiri‎ 12000‎ 3000‎ 6000‎
Baqlajon‎ 8000‎ 2000‎ 2400‎
Sholgʻom va turp‎ 4000‎ 2000‎ 3000‎
Qovun‎ -‎ 2000‎ 2400‎
Tarvuz‎ -‎ 1400‎ 1800‎
Olma‎ 20000‎ 5000‎ 7500‎
Nok‎ 24000‎ 6000‎ 9000‎
Behi‎ -‎ 4000‎ 6000‎
Shaftoli va oʻrik‎ 12000‎ 4000‎ 6000‎
Olxoʻri‎ -‎ 4000‎ 6000‎
Olcha va togʻolcha‎ -‎ 6000‎ 9000‎
Lior‎ 16000‎ 6000‎ 12000‎
Uzum‎ 20000‎ 10000‎ 12000‎
Kovunqoqi‎ 20000‎ 10000‎ 15000‎
Yomgʻoq‎ 100000‎ 30000‎ 60000‎
Bodom‎ 100000‎ 60000‎ 90000‎
Yer yongoq‎ 50000‎ 20000‎ 30000‎
Limon‎ 125000‎ 40000‎ 75000‎
Xurmo‎ -‎ -‎ 30000‎
‎Eslatma: Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan boj miqdorlari 10 tonnagacha boʻlgan mahsulot bir marta chetga chiqarilganda belgilanadi, 10,1 tonnadan 20 tonnagacha boʻlganda boj miqdori 1,5 baravar, 20 tonnadan koʻp boʻlganda 2 baravar koʻpayadi.‎‎‎
Keyingi tahrirga qarang.