

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                        
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
                        </div>
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-86020" id="onLBC-86020">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6077"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6125"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-86020" id="onLS-86020">[<b>TSZ:</b><div id="LS3679"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-122337" id="-122337">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-122338" id="-122338">FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-146955" id="-146955">Mazkur Qonun yangi tahrirda qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 758-I-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-86256">Qonuniga</a> qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-122342" id="-122342"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122353" id="-122353">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122356" id="-122356">1-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122359" id="-122359">Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122360" id="-122360">Oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir oʻz huquqlarini roʻyobga chiqarishlarida fuqarolarga koʻmaklashadi, oʻz hududlaridagi ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122365" id="-122365">2-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122370" id="-122370">Oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududiy prinsip boʻyicha tuziladi. Oʻzini oʻzi boshqarish organlari ish olib boradigan hududlarni fuqarolarning taklifiga koʻra tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122371" id="-122371">Yigʻinlar ishida oʻn sakkiz yoshga yetgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolar qatnashadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122372" id="-122372">3-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122374" id="-122374">Oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saylash tartibi, ularning faoliyat koʻrsatishini tashkil etish hamda vakolat koʻlami ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122378" id="-122378">Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a>, ushbu Qonun va Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solib turiladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122381" id="-122381">4-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122383" id="-122383">Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi va gerb tasviri tushirilgan, belgilangan namunadagi muhriga ega boʻladi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-122386" id="onLBC-122386">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6125"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122386" id="-122386">II. FUQAROLAR YIGʻININI ChAQIRISh TARTIBI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122388" id="-122388">5-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122394" id="-122394">Fuqarolar yigʻinini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yigʻini shuningdek xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki oʻn sakkiz yoshga yetgan va ushbu hududda yashayotgan fuqarolar uchdan bir qismining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122396" id="-122396">6-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122399" id="-122399">Yigʻin chaqirishning iloji boʻlmagan taqdirda fuqarolar vakillarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Yigʻilishlarga koʻchalar va turarjoy binolaridan, mahallalardan va boshqa hududiy tuzilmalardan fuqarolarning namoyandalari ushbu Qonun 2-moddasining <a href="/mact/-86020#-122371">ikkinchi qismida</a> koʻzda tutilgan talablarga rioya etilgan holda vakil qilinishi mumkin. Vakillik meʼyorlarini tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki tuman, shahar hokimi belgilaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122401" id="-122401">7-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122406" id="-122406">Fuqarolar yigʻinlarida qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi ularga kelgan taqdirda yigʻinlar vakolatli hisoblanadi, vakillar yigʻilishlari esa ularga delegatlarning kamida uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122409" id="-122409">8-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122412" id="-122412">Fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi)ni olib borish uchun rayosat saylanadi. Yigʻin (yigʻilish)ni rais (oqsoqol) yoki uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122415" id="-122415">9-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122419" id="-122419">Fuqarolarning har bir yigʻini (yigʻilishi)da bayon yuritiladi, unda yigʻin (yigʻilish) oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar qayd etiladi. Yigʻin (yigʻilish) bayoni va qarorlarini rais (oqsoqol), uning yoʻqligida esa maslahatchilaridan biri imzolab, tegishli tuman, shahar hokimiga yuboradi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-122423" id="onLBC-122423">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6127"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122423" id="-122423">III. RAIS (OQSOQOL) VA UNING MASLAHATChILARINI SAYLASh TARTIBI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122425" id="-122425">10-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122428" id="-122428">Rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122429" id="-122429">11-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122431" id="-122431">Maslahatchilarning miqdor tarkibini yigʻin (yigʻilish) belgilaydi. Maslahatchilarning nomzodlarini yigʻin (yigʻilish)ga rais (oqsoqol) tavsiya etadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122433" id="-122433">12-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122436" id="-122436">Rais (oqsoqol) va maslahatchilar ularga yigʻin (yigʻilish)da hozir boʻlgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122438" id="-122438">13-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122443" id="-122443">Rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari tegishli hududdan tashqariga chiqib ketsalar, yoki tuman, shahar hokimining taklifiga binoan, yoxud yigʻin (yigʻilish) qatnashchilari kamida uchdan bir qismining yozma talabiga koʻra muddatidan ilgari qayta saylanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122446" id="-122446">IV. OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI FAOLIYATINING IQTISODIY VA MOLIYAVIY NEGIZI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122449" id="-122449">14-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122453" id="-122453">Oʻzini oʻzi boshqarish organlari qurgan, sotib olgan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat obyektlari, ijtimoiy-maishiy va boshqa obyektlar, shuningdek sotib olingan transport vositalari, xoʻjalik anjomlari hamda boshqa mol-mulk oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulkidir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122456" id="-122456">15-modda.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-146959" id="edi-146959"><a href="/mact/-86020?ONDATE=21.09.1993 00#-122462">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-146959" id="-146959">Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy resurslari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlaridan, maxsus fondlarning yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqa toʻlashga moʻljallangan, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan mablagʻlaridan, fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, xayriya jamgʻarmalari ajratib beradigan mablagʻlardan tarkib topadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-146961" id="-146961">(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son <a href="/mact/-36826?ONDATE=17.05.1997 00#-37310">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122466" id="-122466">Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy mablagʻlari bankdagi mustaqil schyotlarda saqlanadi, ular tomonidan mustaqil tasarruf etiladi va olib qoʻyilishi mumkin emas.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-122469" id="onLBC-122469">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6126"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122469" id="-122469">V. OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARINING VAKOLATLARI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122473" id="-122473">16-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122476" id="-122476">Fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122479" id="-122479">oʻzini oʻzi boshqarish organining faoliyat dasturi hamda xarajatlar smetasini, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122483" id="-122483">rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122488" id="-122488">oʻz hududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining, mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarning mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-146965" id="edi-146965"><a href="/mact/-86020?ONDATE=21.09.1993 00#-146964">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-146965" id="-146965">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaydi va toʻlaydi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-146966" id="-146966">(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son <a href="/mact/-36826?ONDATE=17.05.1997 00#-37315">Qonuniga</a> muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122491" id="-122491">pul mablagʻlari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur boʻlganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122495" id="-122495">qonunlarda belgilangan tartibda oʻz hududida kichik korxonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122499" id="-122499">yigʻinning, maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning chegaralarini oʻzgartirishga, koʻcha, maydon va boshqa joylarning nomini oʻzgartirishga doir masalalarni koʻrib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122502" id="-122502">Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122504" id="-122504">17-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122508" id="-122508">Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari aholi uchun qulay soatlarda ishlashini belgilaydi, maʼmuriy komissiya tuzadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122510" id="-122510">18-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122513" id="-122513">Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) raisning (oqsoqolning) shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun ajratib beriladigan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi taqdimnomasini, raisning (oqsoqolning) korxonalarga, muassasalarga, fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish hamda bu subyektlarning yerlarga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining egaligidagi yerlar tarkibiga kirmaydigan, shaharchalar va qishloq aholi punktlari chegarasidagi yerlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122515" id="-122515">Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal etadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-122519" id="onLBC-122519">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6125"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122519" id="-122519">VI. OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARINING STRUKTURASI VA ULAR FAOLIYATINI TAShKIL ETISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122521" id="-122521">19-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122523" id="-122523">Yigʻin raisi (oqsoqoli) va yigʻin raisi tayinlaydigan kotib yigʻin qarorlari bajarilishini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini tashkil etadi va amalga oshiradi. Raisning (oqsoqolning) kotib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori fuqarolarning yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122524" id="-122524">Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻz apparatiga ega boʻlib, uning miqdori xalq deputatlari tuman Kengashi yoki tuman hokimi bilan kelishilgan holda yigʻin (yigʻilish) tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122525" id="-122525">Rais (oqsoqol), kotib va apparat xodimlariga tuman, shahar budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122527" id="-122527">20-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122528" id="-122528">Kotib hamda yigʻin raisi (oqsoqoli) apparatining xodimlari umumiy yigʻilishlar oʻtkazishga doir materiallar tayyorlaydi, fuqarolarning yigʻini hamda yigʻin raisi (oqsoqoli) qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini kuzatib boradi, ish qogʻozlarini yuritadi, hujjatlar saqlanishi uchun javob beradi, fuqarolarga beriladigan maʼlumotnomalarni rasmiylashtiradi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi harbiy xizmatga majbur shaxslarni va chaqiriluvchilarni dastlabki tarzda hisobga olinishini taʼminlaydi, rais (oqsoqol) topshirigʻiga binoan oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122530" id="-122530">21-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122531" id="-122531">Jamoatchilik asosida ishlaydigan rais (oqsoqol) maslahatchilari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti rais (oqsoqol)ning taqdimiga koʻra fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi) tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-122532" id="onLBC-122532">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6127"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122532" id="-122532">VII. RAIS (OQSOQOL)NING VAKOLATLARI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122533" id="-122533">22-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122534" id="-122534">Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122539" id="-122539">Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va mahalliy hokimiyat organlarining qarorlarini bajarishga doir ishlarni tashkil etadi, fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122541" id="-122541">qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sud idoralarida, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan boʻladigan munosabatlarda fuqarolar manfaatlarini himoya qila oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122544" id="-122544">fuqarolarning hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishda, ommaviy-siyosiy tadbirlarda qatnashishlarini tashkil etadi, aholiga savdo va kommunal-maishiy xizmat koʻrsatilishini yaxshilashga koʻmaklashadi, bu maqsadlarda tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlar taqdim etadigan moddiy va boshqa mablagʻlardan foydalanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122545" id="-122545">doʻkonlar, oshxonalar, choyxonalar, bozorlar ishi, savdo qoidalariga rioya etilishi, fuqarolarga madaniy xizmat koʻrsatish taʼminlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122546" id="-122546">aholi punktlari, suv taʼminoti manbalari, uy-joylar, maktablar va boshqa muassasalarning sanitariya holati ustidan nazorat qilinishiga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122551" id="-122551">qabristonlar, qardoshlik qabrlari va boshqa mozorlarni saranjom saqlash yuzasidan jamoatchilik ishlarini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122554" id="-122554">aloqa organlariga mahalliy telefon va pochta aloqasini rivojlantirishda, radiolashtirish borasida, mahalliy aloqa inshootlarini muhofaza qilishda yordam beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122557" id="-122557">egasiz mol-mulkni, shuningdek davlatga meros tarzida oʻtgan mol-mulkni saqlash va tasarruf etish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122560" id="-122560">dehqon xoʻjaliklarining oilaviy mulk taqsimotlarini roʻyxatga oladi, oʻz hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122563" id="-122563">shaharcha, qishloq va ovullar hududidagi yerlarning ishlatilishi va muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi, fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) muhokamasiga yer munosabatlarini tartibga solish masalalarini kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122566" id="-122566">imorat qurish qoidalariga rioya etish, xonadonlarga tutash joylarni orasta boʻlishi, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalarini bajarish ustidan jamoat nazoratini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122568" id="-122568">aholidan soliq, sugʻurta va boshqa xildagi toʻlovlar oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122569" id="-122569">aholi punktlarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazishni tashkil etadi, zarur boʻlganida esa tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatini tugatishga fuqarolarni jalb etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122570" id="-122570">tegishli hududda jamoat tartibini taʼminlashda huquqni muhofaza qilish organlariga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122572" id="-122572">harbiy xizmatga majbur shaxslar va chaqiriluvchilarni harbiy komissariatlarga chaqirilayotganliklaridan xabardor etishni tashkil qiladi, aholini fuqaro mudofaasiga doir tadbirlar oʻtkazishga jalb etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122573" id="-122573">davlat va jamoat organlariga nogironlar, boquvchisidan mahrum boʻlgan oilalar, koʻp bolali oilalar, yolgʻiz onalar, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122574" id="-122574">voyaga yetmaganlar nazoratsiz qolishining oldini olishga doir jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-onasining qaramogʻisiz qolgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga, shuningdek yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122575" id="-122575">aholi orasida leksiya, maʼruza va suhbatlar oʻtkazishni tashkil qiladi, fuqarolarga muntazam ravishda kino xizmati koʻrsatishga, kitob savdosini rivojlantirishga, gazeta va jurnallarning tarqatilishiga yordamlashadi, mehnatkashlar ommaviy ravishda dam oladigan hududlarni tashkil etishga, sport inshootlari tarmogʻini rivojlantirishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122576" id="-122576">tegishli hududda bayram kunlari va shonli sanalar munosabati bilan ommaviy tadbirlar oʻtkazishni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122578" id="-122578">davlat organlariga fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)ning koʻcha va maydonlar, aholi punktlari tarkibiy qismining nomini oʻzgartirish, uylarni raqamlab chiqish xususida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122579" id="-122579">fuqarolarni qabul qiladi, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqadi, ular yuzasidan zarur choralar koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122582" id="-122582">fuqarolarga ularning shaxsini, oilaviy va mulkiy ahvolini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122584" id="-122584">Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122586" id="-122586">23-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122587" id="-122587">Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolari yigʻinining raisi (oqsoqoli) fuqarolik holati aktlarini roʻyxatga oladi, ayrim notarial harakatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-122588" id="-122588">VIII. YAKUNLOVChI QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122589" id="-122589">24-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122591" id="-122591">Oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qarorlar qabul qiladilar. Bu qarorlarni tegishli hududda yashaydigan barcha fuqarolar ado etishlari shart. Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunlarga zid hujjatlarini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari yoki tegishli hokimlar bekor qiladilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-122592" id="-122592">25-modda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-122593" id="-122593">Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek rais (oqsoqol)ning xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-122594" id="-122594">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-122595" id="-122595">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-122596" id="-122596">1993-yil 2-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-122598" id="-122598">915-XII-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-122340" id="-122340">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 322-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
