toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Startap va biznes loyihalarni moliyalashtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 20-apreldagi PF-66-son Farmoni, “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son hamda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 20-apreldagi PQ-148-son qarorlariga muvofiq yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mutaxassislarning axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida maqsadli tayyorlanishini hamda ularning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi tomonidan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning yangi instrumentlarini joriy etish.
2. Yoshlar ishlari agentligi ikki oy muddatda:
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samarasi va ish oʻrinlari yaratilishini tahlil qilib borishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun yagona raqamli monitoring tizimini yaratgan holda, Jamgʻarmaning elektron platformasini takomillashtirish chorasini koʻrsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-oktabr,
598-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-oktabrdagi 598-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi 556-son qarorida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mutaxassislarning axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun 2022 — 2024-yillarda Markazga jami 150 mlrd soʻm miqdorida qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan foiz qoʻshgan holda qarz ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Yoshlar ishlari agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining Markaz tomonidan Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga qaytariladigan qarz mablagʻlari hisobidan ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun oldingi yillarda ajratilgan qarz mablagʻlari va ularni qaytarish muddati doirasida mablagʻlar toʻliq shakllangandan soʻng bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan, qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan foiz qoʻshgan holda, Markazga 100 mlrd soʻm miqdorida qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 10-iyuldagi 426-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 426-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akseleratsiya dasturi — startap loyihalarni trenerlik (mentorlik), ixtisoslashtirilgan oʻquv tadbirlari va ekspert maslahatlari orqali qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan dastur;
biznes loyihalar — yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalar, shuningdek, yoshlar ishtirokidagi va qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari loyihalari;
inkubatsiya dasturi — startap loyihalarni dastlabki bosqichda qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan, gʻoyani amaliy biznesga aylantirishga qaratilgan dastur;
Kengash — biznes loyihalarni saralash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya qilish hamda Jamgʻarma faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkordan va ekspertlardan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kollegial organ;
kredit — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banki tomonidan biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladigan imtiyozli kredit;
qarz — Jamgʻarma bilan loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash, jihozlash, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish, shuningdek, olis va chekka hududlarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha xususiy taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun ajratiladigan mablagʻ;
startap loyihaning namunaviy modeli (MVP) — innovatsion mahsulot yoki xizmatning bozordagi real talab darajasini aniqlash, uning iqtisodiy va amaliy samaradorligini dastlabki bosqichda baholash imkonini beruvchi, minimal zarur funksiyalar majmuasiga ega boʻlgan dastlabki ishlaydigan modeli;
startap studiya — startap loyihalarni kelgusida tijoratlashtirish va investitsiyalar jalb qilish maqsadida startap gʻoyalarni generatsiya qilish (muammoni aniqlash, unga yechim topish, bozorni tahlil qilish, startap gipotezasini shakllantirish, istiqbolli gʻoyalarni tanlab olish), jamoalarni shakllantirish, biznes modellarni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish, innovatsion mahsulotning namunaviy modelini (MVP) yaratish, shuningdek, startap loyihalarni tashkiliy, moliyaviy, texnologik qoʻllab-quvvatlash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
xarajatlari qoplanadigan startap loyiha (keyingi oʻrinlarda — startap loyiha) — amalga oshish xavfi mavjud boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan amalga oshirilayotgan yoki mazkur fuqaroga (fuqarolarga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan, davomiyligi 7 yilgacha boʻlgan biznes loyiha;
yangi ishlanma — mavjud oʻxshash intellektual faoliyat natijalariga nisbatan yangi belgilarga ega boʻlgan, amalda qoʻllash mumkin boʻlgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlay oladigan intellektual faoliyat natijasi (ishlab chiqarish, maʼmuriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim.
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Davlat budjetidan 2025-yilda ajratiladigan 200 mlrd soʻm;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hamda ushbu jamgʻarma hisobidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalaridan foydalanishi mumkin:
a) tijorat banki orqali taqdim etiladigan quyidagi miqdorda kredit:
sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha;
xizmatlar ipotekasi yoki boshqa taʼminot turlari asosida 100 mln soʻmdan 500 mln soʻmgacha;
taʼminot turlari asosida 500 mln soʻmdan 5 mlrd soʻmgacha;
taʼminot turlari asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari loyihalari uchun 5 mlrd soʻmgacha;
b) Jamgʻarma tomonidan quyidagi miqdorlarda qarz ajratish:
foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan olis va chekka hududlardagi mahallalarda yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha;
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash, jihozlash, shuningdek, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming baravarigacha;
startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan loyiha tashabbuskoriga ctartap studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun 5 mlrd soʻmgacha;
“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida tadbirkorlikka oʻqitilib, Agentlik sertifikatini olgan yoshlarga biznes loyihasini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha;
kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlik subyektlariga “Book cafe”, kitob doʻkoni faoliyatini kengaytirish uchun 1 mlrd soʻmgacha;
kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1 200 baravarigacha miqdorda;
koʻchma doʻkonlarda savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlash uchun 500 mln soʻmgacha miqdorda ssuda ajratish;
v) Jamgʻarma tomonidan quyidagilar uchun mablagʻ ajratish:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini yaratish darajasiga olib chiqish uchun chet ellik va mahalliy ekspertlar, trenerlarni (mentorlarni) jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismini, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish;
startaplar boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan yoʻnalishlardagi oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish, nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab berish;
Yoshlar texnoparki hamda oliy taʼlim tashkilotlaridagi Tadqiqot va ishlanma markazlarida (R&D center) sinovdan oʻtkazish uchun saralab olingan istiqbolli loyihalarning namunaviy modelini (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi xarajatlar uchun mablagʻ ajratish;
yoshlarning startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik bilan bogʻliq intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini qoplab berish;
“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish xarajatlari uchun subsidiya ajratish;
“Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning xarajatlarini toʻlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ushbu chempionat natijalari boʻyicha gʻolib yoki sovrindor boʻlgan (1 — 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) startap va biznes loyihalari egalariga mablagʻ ajratish;
Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan va xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega biznes loyihalarga ulush kiritish va 5 mlrd soʻmgacha investitsiya ajratish;
“Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalarning har biriga 1 mlrd soʻmgacha investitsiya kiritish;
yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlarini qoplab berish;
g) Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini tizimli rivojlantirish, ularni yirik biznesga aylantirish, yangi milliy brendlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida:
startap yoʻnalishida — “Uz-Combinator” intensiv inkubatsiya dasturi;
biznes va tadbirkorlik yoʻnalishida — “Business-Combinator” dasturi;
kreativ mahsulotlar yaratish yoʻnalishida — “Creative-Combinator” dasturi;
zaruratga koʻra, boshqa soha va yoʻnalishlarda ham “Combinator” dasturlarini amalga oshirish.
5. Jamgʻarma huzurida uning mablagʻlari hisobidan moliyaviy koʻmak olgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi muammolar va masalalarni hal qilishga koʻmaklashuvchi Yoshlar biznes maslahatchilari guruhi tashkil etiladi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banki orqali kreditlar ajratish
1-§. Arizalarni koʻrib chiqish va tijorat bankiga moliyaviy resurs ajratish
6. Tijorat bankiga resurs taqdim etish uchun Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Bosh kelishuv) tuziladi.
Bosh kelishuvda mazkur Nizomda belgilangan shartlarni va tartiblarni inobatga olgan holda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, moliyaviy resurslarni taqdim etish va ulardan foydalanish shartlari hamda muddatlari belgilanadi.
7. Loyiha tashabbuskoriga ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq kredit ajratiladi.
Bunda loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalaridan biridan foydalanish boʻyicha tijorat bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi.
8. Loyiha tashabbuskori oʻz arizasiga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
9. Ariza berilganidan soʻng loyiha tashabbuskori tijorat banki tomonidan skoringdan oʻtkaziladi hamda ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganiladi.
Tijorat banki arizani besh ish kunida koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha kredit ajratish maqsadida moliyaviy resurs olish uchun Jamgʻarmaga talabnoma va biznes loyihalar reyestrini yuborish yoki arizani rad etish haqida qaror qabul qiladi hamda bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.
10. Quyidagi hollarda arizani qanoatlantirish rad etiladi:
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda;
skoring natijasida loyiha tashabbuskorining salbiy kredit tarixi yoki qarz yuki keskin oshgani aniqlansa, qisqa davr ichida bir nechta kredit rasmiylashtirilgan va qarz yuki keskin oshgan boʻlsa;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
11. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish maqsadlari uchun tijorat banki tomonidan kredit ajratilmaydi:
qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish;
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularning savdosini tashkil etish;
ulgurji savdoni tashkil etish va faoliyatini yuritish;
ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
yordam koʻrsatilayotgan loyihalar boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalanilmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish;
qonunchilik hujjatlari va tijorat bankining ichki siyosatida kredit berilmasligi nazarda tutilgan boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar).
12. Tijorat bankining kredit ajratishni rad etish haqidagi qarori boʻyicha loyiha tashabbuskori oʻn kun muddat ichida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali Jamgʻarmaga shikoyat kiritishi mumkin.
13. Ushbu shikoyat Agentlik, Jamgʻarma va tegishli tijorat banki masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tomonidan besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilishining qonuniyligi yuzasidan xulosa tayyorlanib, bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi.
Bunda ishchi guruh tijorat banki tomonidan kredit ajratilmasligini asossiz deb topgan hollarda tegishli tijorat banki bilan kelishilgandan soʻng ushbu Nizomga muvofiq loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish uchun moliyaviy resurs olish maqsadida Jamgʻarmaga ushbu tijorat bankining masʼul rahbari tomonidan imzolangan talabnoma va biznes loyihalar reyestri kiritiladi.
14. Biznes loyihani moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki uch ish kunida moliyaviy resurs olish uchun Jamgʻarmaga tijorat bankining masʼul rahbari tomonidan imzolangan talabnoma va biznes loyihalar reyestrini kiritadi.
Talabnomada biznes loyihani moliyalashtirish turi, miqdori, muddati belgilanadi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali Jamgʻarmaga tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Taqdim etilgan talabnomadagi maʼlumotlarning haqiqiyligiga tijorat banki javobgar hisoblanadi.
15. Talabnoma va biznes loyihalar reyestri kelib tushgan sanadan boshlab Jamgʻarma uch ish kunida ularni koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi.
16. Mazkur hujjatlar Kengash tomonidan uch ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha moliyaviy resurs ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
17. Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan ortigʻi ijobiy ovoz bergan biznes loyihalar (shu jumladan, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan) saralab olingan hisoblanadi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi.
18. Jamgʻarma bir ish kunida:
talabnomani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankiga bildirishnoma (qaror nusxasini ilova qilgan holda) yuboradi;
biznes loyihalar reyestrida koʻrsatilgan kreditlarni ajratish maʼqullanganda, tijorat bankiga Markaziy bank asosiy stavkasidan bir foizlik punkt past stavkada asosiy qarzdan 2 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga moliyaviy resurs ajratadi.
Bunda tijorat bankiga ajratiladigan moliyaviy resursning asosiy qarz va foiz toʻlovlari boʻyicha imtiyoz muddatlari hamda ushbu moliyaviy resursni ajratish muddati tijorat banki talabnomasida koʻrsatilgan loyiha tashabbuskoriga kredit ajratish shartlariga mutanosib ravishda belgilanadi.
Bildirishnomada moliyaviy resurs (toʻliq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda, tijorat banki bu toʻgʻrisida loyiha tashabbuskoriga tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida maʼlum qiladi.
19. Tijorat banki moliyaviy resurslar ajratilgan sanadan boshlab besh ish kunida belgilangan tartibda loyiha tashabbuskori bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi va uning bank hisobvaragʻiga kredit mablagʻlarini oʻtkazadi.
Bunda kreditlar loyiha tashabbuskoriga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada asosiy qarzdan 2 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga beriladi.
20. Jamgʻarma hisobidan tijorat bankiga ajratiladigan moliyaviy resurs alohida hisobvaraqlar ochilgan holda yuritiladi.
21. Tijorat banki olingan moliyaviy resursdan loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishini monitoring qilib boradi hamda moliyaviy resursning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydi.
Bunda biznes loyihalar Jamgʻarma tomonidan tijorat banki bilan birgalikda tanlov asosida joyiga chiqqan holda monitoring qilinishi mumkin.
22. Ajratilgan moliyaviy resurs hisobidan loyiha tashabbuskoriga kredit ajratilmaganda yoki ajratilgan kredit muddatidan oldin qaytarilganda, tijorat banki ushbu ajratilgan moliyaviy resursni Jamgʻarma hisobvaragʻiga Bosh kelishuvda qayd etilgan muddatlarda qaytarishi lozim.
23. Ajratilgan moliyaviy resursdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, ushbu mablagʻlarga nisbatan tijoriy foiz stavkalari tatbiq etiladi va tijorat banki tomonidan muddatidan oldin tadbirkorlik subyektidan undirish choralari koʻriladi. Bunda mazkur shartlar kredit shartnomasida nazarda tutiladi va kredit boʻyicha foiz toʻlovlari toʻlanganligi holatidan qatʼi nazar, tijoriy foiz stavkalari asosida qayta hisob-kitob qilinadi.
24. Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan yoki oshirilgan taqdirda, ajratilgan kredit boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.
25. Loyiha tashabbuskorining soʻroviga asosan uning faoliyatida foydalanish maqsadida xorijiy davlatlardan asbob-uskuna, xomashyo xarid qilish uchun tijorat banki ajratilgan kreditlarni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishi mumkin.
26. Tijorat banklari har chorakda Jamgʻarmaning moliyaviy resurslarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq holatlar toʻgʻrisida, shu jumladan, kredit berilgan loyiha tashabbuskorlari va biznes loyihalar kesimida ushbu Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit, qaytarilgan (undirilgan) mablagʻlar, muddati oʻtgan qarzdorliklar summasi koʻrsatilgan hisobotni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ushbu hisobotlar boʻyicha har chorakda tijorat banki va Jamgʻarma oʻrtasida Jamgʻarmaning moliyaviy resurslaridan foydalanilishi koʻrsatilgan taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
2-§. Biznes loyihalarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
27. Tijorat banki tomonidan sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha kreditlar imtiyozli mikroqarz sifatida quyidagi subyektlarga ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga;
dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yoshlarga;
ijtimoiy soliq toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga;
toʻliq ulushda taʼsischisi yoki taʼsischilari yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.
28. Kredit quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladi:
sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash;
zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yoʻnalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
29. Biznes loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish sharti bilan 36 oygacha muddatga ajratilishi mumkin.
3-§. Biznes loyihalarga 100 mln soʻmdan 500 mln soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
30. Tijorat banklari tomonidan xizmatlar ipotekasi yoki boshqa taʼminot turlari asosida 100 mln soʻmdan 500 mln soʻmgacha kreditlar quyidagi subyektlarga ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga;
dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yoshlarga;
toʻliq ulushda taʼsischisi yoki taʼsischilari yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga. Bunda ushbu kreditni ajratish uchun sugʻurta polisi yoki ariza berilgan sanada Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “V” (56 — 65 ball) koʻrsatkichga ega boʻlgan yuridik shaxsning kafillik xati talab etiladi.
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, kredit foizi ustav fondida yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulush miqdori kamaytirilgan yoki boshqa shaxsga oʻtkazilgan sanadan tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi va tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
Yoshlar oʻrtasidagi ulush yoki taʼsischi (taʼsischilari) boshqa yosh fuqaro (fuqarolar)ga oʻzgarishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
31. Kreditlar tadbirkorlik loyihalariga, shu jumladan, magistral va ichki yoʻllar boʻyi, jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod koʻchalarida) koʻchma yoki yengil konstruksiyali savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari va nuqtalarini (chakana savdo rastalari, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari va sanitariya-gigiyena shoxobchalari kabi) tashkil etish, ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun jihoz va vositalarni xarid qilish uchun ajratiladi.
4-§. Biznes loyihalarga 5 mlrd soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
32. Tijorat banklari tomonidan taʼminot turlari asosida 500 mln soʻmdan 5 mlrd soʻmgacha kreditlar quyidagi subyektlarga ajratiladi:
toʻliq ulushda taʼsischisi yoki taʼsischilari yosh fuqaro boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga;
yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat koʻrsatuvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolarga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, kredit foizi ustav fondida yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulush miqdori kamaytirilgan yoki boshqa shaxsga oʻtkazilgan sanadan tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi va tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
Yoshlar oʻrtasidagi ulush yoki taʼsischi (taʼsischilari) boshqa yosh fuqaro (fuqarolar)ga oʻzgarishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
33. Kredit quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladi:
ichki va tashqi bozorlarda talab koʻp boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi biznes loyihalarni moliyalashtirish;
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalarni sotib olish (shu jumladan, “sanoat ipotekasi” asosida) hamda aylanma mablagʻlarni shakllantirish;
tijorat maqsadlarida foydalanishga moʻljallangan avtotransport vositalarini xarid qilish;
savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil qilish;
yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, shu jumladan, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar kabi yoʻnalishlarda taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladigan biznes loyihalar.
5-§. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining loyihalariga 5 mlrd soʻmgacha kredit ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
34. Tijorat banklari tomonidan taʼminot turlari asosida 5 mlrd soʻmgacha kreditlar quyidagi subyektlarga ajratiladi:
aʼzolarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmatlar koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlariga.
35. Kreditlar minitraktor, kultivator, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, mahsulotlarni saralash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash uskunalarini xarid qilish va sugʻorish tizimlari (quduqlar burgʻilash) loyihalari uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ajratiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz ajratish
1-§. Umumiy qoidalar
36. Loyiha tashabbuskoriga ushbu bobga muvofiq mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga asosan qarz ajratiladi.
Bunda loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza bilan murojaat qiladi.
37. Loyiha tashabbuskori oʻz arizasiga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
38. Jamgʻarma tomonidan oʻn ish kuni ichida arizaning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganiladi.
39. Quyidagi hollarda ariza koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritilmasdan, Jamgʻarma tomonidan loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi:
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
Bunda Jamgʻarma tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat belgilanadi va bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi. Loyiha tashabbuskorining iltimosnomasiga binoan kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddat Jamgʻarma tomonidan besh kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirilishi kerak.
40. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarma tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, belgilangan muddatda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etishi lozim.
Loyiha tashabbuskori belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmasa va bu haqida Jamgʻarmani xabardor qilmasa, Jamgʻarma tomonidan belgilangan muddat tugagandan soʻng qarz berishni rad etish masalasini koʻrib chiqish uchun ariza Kengashga kiritiladi.
41. Ushbu bob talablariga muvofiq boʻlgan arizalar Jamgʻarma tomonidan har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
42. Arizalar Kengash tomonidan besh ish kuni ichida ushbu Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha qarz ajratish yoki qarz ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
43. Quyidagi hollarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan biznes loyihalar (shu jumladan, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan loyihalar) maʼqullangan hisoblanadi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi:
bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming baravarigacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish uchun qarz ajratish boʻyicha Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan maʼqullanganda;
bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xorijiy tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun foizsiz qarz ajratish boʻyicha Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullanganda;
startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan loyiha tashabbuskoriga startap studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun 5 mlrd soʻmgacha foizsiz qarz (ssuda) ajratish Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan maʼqullanganda;
“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida tadbirkorlikka oʻqitilib, Agentlik sertifikatini olgan yoshlarga biznes loyihasini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratish Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullanganda;
kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlik subyektlariga “Book cafe”, kitob doʻkoni faoliyatini kengaytirish uchun 6 oy imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga 1 mlrd soʻmgacha Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida ssuda ajratish Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullanganda;
kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1 200 baravarigacha miqdorda ssuda ajratish Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullanganda;
koʻchma doʻkonlarda savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlash uchun 500 mln soʻmgacha miqdorda ssuda ajratish Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullanganda.
44. Jamgʻarma arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
Xabarnomada qarz ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
45. Kengash tomonidan loyiha tashabbuskorining biznes loyihasiga qarz ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganda, Jamgʻarma va loyiha tashabbuskori oʻrtasida oʻn ish kuni ichida qarz shartnomasi tuziladi.
46. Qarz shartnomasi tuzilgandan soʻng Jamgʻarma tomonidan uch ish kuni ichida qarz shartnomasiga asosan loyiha tashabbuskoriga ushbu Nizomning 4-bandi “b” kichik bandida belgilangan maqsadlar uchun boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarz ajratiladi.
47. Qarz shartnomasida ushbu Nizomda belgilangan shartlarni va tartiblarni inobatga olgan holda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, qarzlarni taqdim etish va qaytarish, ulardan foydalanish shartlari va muddatlari belgilab qoʻyiladi.
2-§. Tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish uchun qarz ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
48. Tadbirkorlik faoliyati uchun bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, bino va inshoot, ishlab chiqarish faoliyati uchun xomashyo, texnologiya va asbob-uskunalarni sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming baravarigacha miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarz ajratiladi. Bunda:
ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasidan loyiha tashabbuskoriga bir vaqtning oʻzida bir nechta biznes loyihalari uchun foydalanishiga ruxsat etiladi;
ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi boʻyicha qarz ajratish 2025-2026-yillarda tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi hamda uni moliyalashtirish uchun 30 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi;
ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi orqali biznes loyihalar alohida hisobvaraq orqali moliyalashtiriladi va unga qaytgan mablagʻlar belgilangan tartibda yangi biznes loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
49. Jamgʻarma tomonidan qarz loyiha tashabbuskori boʻlgan quyidagi subyektlarga ajratiladi:
toʻliq ulushda taʼsischisi yoki taʼsischilari yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga;
yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni (shu jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni) ishga joylashtirish boʻyicha loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga qarz ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi qarz ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Mazkur talab buzilgan taqdirda, Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz summasini va hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
Yoshlar oʻrtasidagi ulush yoki taʼsischi (taʼsischilari) boshqa yosh fuqaro (fuqarolar)ga oʻzgarishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
50. Qarz Jamgʻarma va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan quyidagi talablarga javob beradigan subyektlarga ajratiladi:
tadbirkorlik subyekti ariza bergan sanada Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “VV” (66 — 75 ball) koʻrsatkichga ega boʻlishi;
ajratiladigan mablagʻ qiymatining 125 foizidan kam boʻlmagan mol-mulk garovi taʼminoti taqdim etilishi;
tadbirkorlik subyekti kamida 12 oydan ortiq muddat davomida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlishi;
xarid qilinadigan tovar va xizmatlar qiymatining toʻrtdan bir qismi miqdorida Jamgʻarma daromadini qoʻshgan holda ajratiladigan jami qarzlarni teng ulushlarda boʻlib-boʻlib qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan boʻlishi;
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi maʼlumotnomasiga asosan oʻrtacha va undan yuqori darajaga ega boʻlishi;
olinadigan qarz hisobidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihasi boʻyicha taqdim etilgan biznes reja Kengash tomonidan maʼqullanishi.
51. Qarz tadbirkorlik subyektlariga xarid qilinadigan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati toʻrtdan bir qismi miqdorida Jamgʻarma daromadini qoʻshgan holda, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga mablagʻlarni qismlarga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi.
52. Loyiha tashabbuskori va tovar yetkazib beruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan Jamgʻarma tomonidan qarz boʻyicha boʻnak, tovarni (ish, xizmatni) topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan keyingi toʻlovlar loyiha tashabbuskorining hisobvaragʻiga moliyalashtiriladi.
53. Tovarning topshirilgani, ishlar (xizmatlar) bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlovchi tomonlar javobgar boʻladi.
54. Jamgʻarma tomonidan ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi orqali ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi monitoring qilib boriladi hamda ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Monitoring davomida Jamgʻarmaning xodimlari qarz oluvchining biznes loyiha amalga oshirilayotgan hududiga kirishga, uni koʻzdan kechirishga, qarz oluvchidan zarur hujjatlarni talab qilishga haqli.
Monitoring tadbirlari qarz oluvchini oldindan xabardor qilgan va xabardor qilmagan holda amalga oshiriladi.
Monitoring jarayoniga qarz oluvchi tomonidan toʻsqinlik qilish hamda monitoring qilinadigan biznes loyiha manzilida qarz oluvchining vakillari hozir boʻlmaslik holati ketma-ket ikki marta sodir boʻlganda, shuningdek, talab qilingan hujjatlar oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, Jamgʻarma qarz shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilishga haqli.
Barcha monitoring tadbirlari Jamgʻarma xodimlari hamda qarz oluvchi vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Basharti dalolatnomaga qarz oluvchining vakillari imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida ikki nafar xolis guvoh ishtirokida dalolatnomaga yozib qoʻyiladi.
55. Agentlik tomonidan har chorakda mazkur qoʻllab-quvvatlash vositasi boʻyicha biznes loyihalarga ajratilgan qarzlarning oʻz vaqtida qaytarilishi oʻrganib boriladi hamda natijalariga koʻra, quyidagilarni toʻxtatish masalasi koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi:
ajratilgan mablagʻlarning qaytarilmasligi xatarlari yuqori boʻlgan taqdirda, ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi boʻyicha yangi loyihalarni moliyalashtirish;
tegishli biznes loyiha uchun ajratilgan qarzlarning qaytarilmasligi xavfi yuqori boʻlgan hollarda, mazkur loyihani moliyalashtirish.
56. Qarz shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
3-§. Taʼlim xizmatlari faoliyatini tashkil etish uchun qarz ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
57. Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovadagi olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratiladi.
58. Qarz quyidagi subyektlarga ajratiladi:
repetitorlik faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi fuqarolarga;
nodavlat qoʻshimcha taʼlim faoliyatini, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organini belgilangan tartibda xabardor qilgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga.
59. Qarz ajratishda yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan fuqaro yoki yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining taʼsischisi xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan boʻlishi talab etiladi.
60. Qarz loyiha tashabbuskori tomonidan yillik jami oʻquvchilarining kamida 20 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlishi sharti bilan ajratiladi.
61. Loyiha tashabbuskori qarz (ssuda) qaytarilishining taʼminoti sifatida Jamgʻarmaga quyidagi taʼminot turlaridan biri yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
uchinchi shaxs kafilligi;
sugʻurta polisi;
mol-mulk garovi;
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
62. Qarz Jamgʻarma va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan asosiy qarzni qaytarish boʻyicha 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga mablagʻlarni teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan, qarz oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
63. Jamgʻarma tomonidan ushbu qoʻllab-quvvatlash vositasi orqali ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi loyiha tashabbuskori qoʻshimcha taʼlim faoliyatini amalga oshirayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisi koʻmagida monitoring qilib boriladi hamda ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Ajratilgan qarzlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring qilish va uning natijalari boʻyicha choralarni qoʻllash ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
64. Qarz shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
65. Ssudani qaytarish davrining soʻnggi 6 oyi davomidagi monitoring natijalariga asosan ajratilgan qarzni maqsadli sarflagan hamda qarzni qaytarish muddatini bir martadan ortiq buzmagan loyiha tashabbuskoriga oʻz faoliyatini kengaytirish uchun ushbu Nizomning 3-bobi 1, 3-paragraflarida belgilangan tartibda Jamgʻarma tomonidan Jamgʻarma kengashi qaroriga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining 730 baravarigacha miqdorida qoʻshimcha qarz ajratilishi mumkin.
Mazkur qarz mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi ushbu Nizomning 54-bandida belgilangan tartibda monitoring qilinadi, ushbu mablagʻlar qarz shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan hollarda, Jamgʻarma tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
4-§. Startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan loyiha tashabbuskoriga startap studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun qarz (ssuda) ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
66. Jamgʻarma tomonidan startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan loyiha tashabbuskori (yuridik shaxslar)ga startap studiyalar yoki inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun har yili 20 tagacha loyiha uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan foizsiz qarz ajratiladi.
67. Qarz Jamgʻarma kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng, Jamgʻarma va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan quyidagi talablarga javob beradigan subyektlarga ajratiladi:
startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan startap ekotizimi ishtirokchisi boʻlishi;
startap studiya yoki inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyatini amalga oshirish uchun bino yoki uning bir qismiga nisbatan mulk huquqi, ijara huquqi yoki tekin foydalanish huquqiga ega boʻlishi;
tashkilot ustavida startap studiya yoki inkubatsiya va akseleratsiya markazini tashkil etish hamda uning faoliyatini amalga oshirish nazarda tutilishi;
mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi jamoaning (zaruratga koʻra, menejerlar, dizaynerlar, dasturchilar, marketologlar, moliyachilar, huquqshunoslar, ekspertlar, mentorlar va boshqalar) mavjudligi;
yuridik shaxs, uning taʼsischilari va rahbarining soliq qarzdorligi va majburiy ijro byurosi yurituvida boʻlgan boshqa qarzdorligi boʻlmasligi;
startap studiyalar tashkil etishga qarz ajratish uchun yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda 6 oydan kam boʻlmagan muddatda startap studiya faoliyatini (startap loyihalarni kelgusida tijoratlashtirish va investitsiyalar jalb qilish maqsadida startap gʻoyalarni generatsiya qilish (muammoni aniqlash, unga yechim topish, bozorni tahlil qilish, startap gipotezasini shakllantirish, istiqbolli gʻoyalarni tanlab olish), jamoalarni shakllantirish, biznes modellarni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish, innovatsion mahsulotning namunaviy modelini (MVP) yaratish, shuningdek, startap loyihalarni tashkiliy, moliyaviy, texnologik qoʻllab-quvvatlash) amalga oshirayotgan boʻlishi;
inkubatsiya va akseleratsiya markazini tashkil etishga qarz ajratish uchun yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda 6 oydan kam boʻlmagan muddatda inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyatini (gʻoyani amaliy biznesga aylantirish uchun trenerlik (mentorlik), ixtisoslashtirilgan oʻquv tadbirlari va ekspert maslahatlari orqali startap loyihalarni dastlabki bosqichda qoʻllab-quvvatlash, ularga investitsiya kiritish, investitsiya jalb etishga koʻmaklashish, “Demo Day” (startap loyihani investorlarga taqdimot qilish) amalga oshirayotgan boʻlishi.
68. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarmaga pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali yuborgan arizasida tashkilotning STIR (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami), ajratish soʻralayotgan qarzning summasini koʻrsatishi hamda ushbu Nizomning 67-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi talab etiladi:
startap studiya yoki inkubatsiya va akseleratsiya faoliyatini amalga oshirish rejasi;
ushbu rejani amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi;
300 mln soʻmgacha miqdorda qarz ajratish soʻralganda, loyiha tashabbuskori tomonidan qarz majburiyatlari bajarilmaganda, qarzning qaytarilmagan qismini toʻliq qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga olish haqida sugʻurta polisi yoki ariza berilgan sanada Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “V” (56 — 65 ball) koʻrsatkichga ega boʻlgan yuridik shaxsning kafillik xati yoxud garov taʼminoti;
300 mln soʻmdan ortiq miqdorda qarz ajratish soʻralganda, startap studiya qoʻllab-quvvatlagan yoki inkubatsiya va akseleratsiya dasturini tugatgan startap loyihalar kamida 10 000 AQSH dollari ekvivalentidagi investitsiya jalb qilganini tasdiqlovchi hujjatlar, ariza berilgan sanada Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “VV” (66 — 75 ball) koʻrsatkichga ega boʻlgan yuridik shaxsning kafillik xati yoxud garov taʼminoti.
Bunda kafillik taqdim etilganda, Jamgʻarma kafil bilan kafillik shartnomasini tuzadi.
69. Qarz mablagʻlari startap studiya yoki inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni (bino va inshootni ijaraga olish, taʼmirlash, jihozlash, kommunal toʻlovlar, mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida toʻlovlar, startap studiya yoki inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyatini raqamlashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar) amalga oshirish uchun foizsiz qaytarish sharti bilan loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga bir nechta transhda (kamida 3 ta) boʻlib-boʻlib oʻtkazib beriladi.
Bunda qarz mablagʻlarini startap loyihalarga investitsiya kiritish uchun yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
70. Qarz mablagʻlari boʻlib-boʻlib ajratilganda, dastlabki toʻlovdan keyingi toʻlovlar loyiha tashabbuskori tomonidan qarz mablagʻlari maqsadli ishlatilganligi haqidagi hisobotiga va asoslovchi tegishli hujjatlarga asosan ularda qayd etilgan maʼlumotlar monitoring jarayonida oʻz tasdigʻini topgan hollarda ajratiladi.
71. Ajratilgan qarz mablagʻlari loyiha tashabbuskori tomonidan qarz shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlov grafigiga muvofiq qaytariladi.
72. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz mablagʻlarining loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishi monitoring qilib boriladi hamda ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Monitoring davomida Jamgʻarmaning xodimlari startap studiya yoki inkubatsiya va akseleratsiya markazi binosiga kirishga, uni koʻzdan kechirishga, loyiha tashabbuskoridan qarz mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi bilan bogʻliq zarur hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
73. Monitoring tadbirlari qarz oluvchini oldindan xabardor qilgan yoki xabardor qilmagan holda amalga oshiriladi.
Monitoring jarayoniga loyiha tashabbuskori tomonidan toʻsqinlik qilinishi hamda monitoring qilinadigan manzilda loyiha tashabbuskorining vakillari hozir boʻlmasligi holati ketma-ket ikki marta sodir boʻlganda, shuningdek, talab qilingan hujjatlar oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, Jamgʻarma qarz shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilishga haqli.
Barcha monitoring tadbirlari Jamgʻarma xodimlari hamda loyiha tashabbuskori vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaga loyiha tashabbuskorining vakillari imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida ikki nafar xolis guvoh ishtirokida dalolatnomaga yozib qoʻyiladi.
74. Qarz mablagʻlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
5-§. “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish xarajatlari uchun subsidiya ajratish hamda oʻqishni tamomlab Agentlik sertifikatini olgan yoshlarning biznes loyihasini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha miqdorda ssuda ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
75. “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida 2030-yilga qadar 20 ming nafar yoshlar tadbirkorlikni amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublari asosida uch oygacha boʻlgan muddatda oʻqitiladi.
Bunda:
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan yoshlar Jamgʻarmaning elektron platformasi orqali tadbirkorlik yoʻnalishlarida oʻqish uchun ariza bilan murojaat qiladi;
arizalar Jamgʻarma tomonidan saralanadi va Kengash qarori bilan saralab olingan yoshlarning yakuniy roʻyxati tasdiqlanadi;
yoshlarga biznes loyihasini ishlab chiqish, sotuvga chiqish, bozorni kengaytirish kabi yoʻnalishlarni qamrab oluvchi tadbirkorlik asoslari boʻyicha bilimlar beriladi;
oʻqitilayotgan yoshlarning loyihalariga mentorlik va konsultativ xizmatlar koʻrsatiladi;
oʻqish jarayonini tashkil etishda mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) hamda xususiy sektor bilan Jamgʻarma oʻrtasida shartnoma asosida hamkorlik qilinadi.
76. Belgilangan tartibda saralab olingan talabgorlarni ilgʻor xorijiy taʼlim dasturlari asosida 3 oygacha boʻlgan muddatda tadbirkorlikka oʻqitish uchun har oyda yoki oʻquv dasturi yakuni boʻyicha mahalliy taʼlim tashkilotining (ekspertining) soʻroviga asosan Jamgʻarma tomonidan har bir talabgor uchun umumiy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Bunda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni oʻqitish, oʻqitish xarajatlari uchun subsidiya ajratish, sertifikatga ega boʻlgan yoshlarga ssuda ajratish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
77. Taqdim etilgan biznes loyihalar Jamgʻarma tomonidan quyidagi talablar asosida saralanadi:
talabgorning va kafil boʻluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi, shuningdek, majburiy ijro byurosi yurituvida boʻlgan boshqa qarzdorligi boʻlmasligi;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilmagani, shuningdek, sudlanganlik holati mavjud boʻlsa, tugallangani yoki olib tashlangani;
taqdim etilgan biznes loyihada bajariladigan ish (koʻrsatiladigan xizmat) yoki realizatsiya qilinadigan mahsulotga nisbatan bozorda ehtiyoj mavjudligi asoslangani, loyihaning raqobatbardoshligi, loyihaning unikal jihatlari, uni kengaytirish imkoniyatlari, xarajatlar va daromadlar, loyihaning rentabelligi, daromadga chiqish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilgani.
78. Kengash tomonidan maʼqullangan biznes loyihalarni amalga oshirish uchun Jamgʻarma tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratiladi.
Bunda ssuda talabgor tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga qarz shartnomasi asosida oʻtkazib beriladi.
79. Ajratilgan qarz mablagʻlari loyiha tashabbuskori tomonidan qarz shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlov grafigiga muvofiq qaytariladi.
80. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz mablagʻlarining loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishi ushbu Nizomning 72-73-bandlarida belgilangan tartibda monitoring qilinadi.
81. Qarz mablagʻlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu mablagʻlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
6-§. Kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlik subyektlariga “Book cafe” yoki kitob doʻkoni faoliyatini kengaytirish uchun 1 mlrd soʻmgacha ssuda ajratishning oʻziga xos xususiyatlari
82. Jamgʻarma tomonidan kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlik subyektlariga “Book cafe” yoki kitob doʻkoni faoliyatini kengaytirish uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir hudud uchun jami 1 mlrd soʻmgacha miqdorda ssuda ajratiladi.
83. Ssuda Jamgʻarma va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan quyidagi talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga ajratiladi:
oyiga 10 mingdan oshiq kitob sotilishi;
“Book cafe” yoki kitob doʻkoni faoliyatini kengaytirish uchun bino yoki uning bir qismiga nisbatan mulk huquqi, ijara huquqi yoki tekin foydalanish huquqiga ega boʻlishi;
yuridik shaxs, uning taʼsischilari va rahbarining soliq qarzdorligi va majburiy ijro byurosi yurituvida boʻlgan boshqa qarzdorligi boʻlmasligi;
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi maʼlumotnomasiga asosan oʻrtacha va undan yuqori darajadagi kredit tarixiga ega boʻlishi;
olinadigan qarz hisobidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihasi boʻyicha taqdim etilgan biznes reja Kengash tomonidan maʼqullanishi.
84. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarmaga pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali yuborgan arizasida tashkilotning STIR (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami), ajratish soʻralayotgan qarzning summasini koʻrsatishi hamda ushbu Nizomning 83-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi talab etiladi:
kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirganlikni tasdiqlovchi hujjat;
“Book cafe” yoki kitob doʻkoni faoliyatini kengaytirish boʻyicha rejasi;
ushbu rejani amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi.
85. Kengash qaroriga muvofiq Jamgʻarma tadbirkorlik subyekti bilan qarz shartnomasini, shuningdek, taqdim etilgan kafillik yoki garov taʼminoti boʻyicha kafillik shartnomasini yoki mulk egasi bilan garov shartnomasini tuzadi hamda “Book cafe” yoki kitob doʻkoni faoliyatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar (bino va inshootni ijaraga olish, taʼmirlash, jihozlash, kommunal toʻlovlar, mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida toʻlovlar va faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar) uchun Jamgʻarma hisobidan 3 yilgacha muddatga 1 mlrd soʻmgacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida qarz loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga boʻlib-boʻlib oʻtkazib beriladi.
86. Dastlabki toʻlovdan keyingi toʻlovlar loyiha tashabbuskori tomonidan qarz mablagʻlari maqsadli ishlatilgani haqidagi hisobotiga va asoslovchi tegishli hujjatlarga asosan ularda qayd etilgan maʼlumotlar monitoring jarayonida oʻz tasdigʻini topgan hollarda ajratiladi.
87. Ajratilgan qarz mablagʻlari loyiha tashabbuskori tomonidan qarz shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlov grafigiga muvofiq qaytariladi.
88. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz mablagʻlarining loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishi ushbu Nizomning 72-73-bandlarida belgilangan tartibda monitoring qilinadi.
89. Qarz mablagʻlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu mablagʻlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
7-§. Kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 200 baravarigacha miqdorda ssuda ajratish
90. Jamgʻarma tomonidan texnikum va nodavlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalarini tashkil etish istagini bildirgan loyiha tashabbuskorlariga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir tuman (shahar) uchun jami bazaviy hisoblash miqdorining 1 200 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.
91. Ssuda Jamgʻarma va loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan quyidagi talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga ajratiladi:
oʻzining egaligida yoki uzoq muddatli ijara shartnomasiga asosan foydalanayotgan bino mavjudligi;
yuridik shaxs, uning taʼsischilari va rahbarining soliq qarzdorligi va majburiy ijro byurosi yurituvida boʻlgan boshqa qarzdorligi boʻlmasligi;
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi maʼlumotnomasiga asosan oʻrtacha va undan yuqori darajadagi kredit tarixiga ega boʻlishi;
olinadigan qarz hisobidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihasi boʻyicha taqdim etilgan biznes reja Kengash tomonidan maʼqullanishi;
mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi kasb-hunarga oʻrgatish tajribasiga ega mutaxassislarning mavjudligi;
loyiha tashabbuskori tomonidan qarz majburiyatlari bajarilmaganda, qarzning qaytarilmagan qismini toʻliq qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga olish haqida sugʻurta polisi yoki ariza berilgan sanada Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi boʻyicha kamida “V” (56 — 65 ball) koʻrsatkichga ega boʻlgan yuridik shaxsning kafillik xati.
92. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarmaga pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali yuborgan arizasida tashkilotning STIR, ajratish soʻralayotgan qarzning summasini koʻrsatishi hamda ushbu Nizomning 91-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi talab etiladi.
93. Kengash qaroriga muvofiq, Jamgʻarma loyiha tashabbuskori bilan qarz shartnomasini, shuningdek, taqdim etilgan kafillik boʻyicha kafillik shartnomasini tuzadi hamda texnikum va nodavlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalarini tashkil etish va faoliyatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni (bino va inshootni ijaraga olish, taʼmirlash, jihozlash, kommunal toʻlovlar, mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida toʻlovlar, faoliyatni raqamlashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar) amalga oshirish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1 200 baravarigacha miqdorda qarz loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga boʻlib-boʻlib oʻtkazib beriladi.
94. Dastlabki toʻlovdan keyingi toʻlovlar loyiha tashabbuskori tomonidan qarz mablagʻlari maqsadli ishlatilgani haqidagi hisobotiga va asoslovchi tegishli hujjatlarga asosan ularda qayd etilgan maʼlumotlar monitoring jarayonida oʻz tasdigʻini topgan hollarda ajratiladi. Bunda taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga loyiha tashabbuskori shaxsan javobgar hisoblanadi.
95. Ajratilgan qarz mablagʻlari loyiha tashabbuskori tomonidan qarz shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlov grafigiga muvofiq qaytariladi.
96. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz mablagʻlarining loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishi ushbu Nizomning 72-73-bandlarida belgilangan tartibda monitoring qilinadi.
97. Qarz mablagʻlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu mablagʻlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
8-§. Koʻchma doʻkonlarda savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlash uchun 500 mln soʻmgacha miqdorda ssuda ajratish
98. Kengash qaroriga muvofiq, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻchma doʻkonlarda savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlash uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida har bir tuman (shahar) uchun jami 500 mln soʻmgacha miqdorda ssuda ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolar;
taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari.
99. Ssuda Jamgʻarma va loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan quyidagi talablarga javob beradigan loyiha tashabbuskorlariga ajratiladi:
tadbirkorlik subyektining, uning taʼsischilari va rahbarining soliq qarzdorligi va majburiy ijro byurosi yurituvida boʻlgan boshqa qarzdorligi boʻlmasligi;
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi maʼlumotnomasiga asosan oʻrtacha va undan yuqori darajadagi kredit tarixiga ega boʻlishi;
olinadigan qarz hisobidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihasi boʻyicha taqdim etilgan biznes reja Kengash tomonidan maʼqullanishi.
100. Loyiha tashabbuskori qarz (ssuda) qaytarilishining taʼminoti sifatida Jamgʻarmaga quyidagi taʼminot turlaridan biri yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
uchinchi shaxs kafilligi;
sugʻurta polisi;
mol-mulk garovi;
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
101. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarmaga pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali yuborgan arizasida tashkilotning STIR, ajratish soʻralayotgan qarzning summasini koʻrsatishi hamda ushbu Nizomning 100-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi talab etiladi.
102. Kengash qaroriga muvofiq, Jamgʻarma loyiha tashabbuskori bilan qarz shartnomasini va taqdim etilgan taʼminot turlari boʻyicha tegishli shartnomalarni tuzadi hamda koʻchma doʻkonlarda savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlash (koʻchma doʻkonni xarid qilish, uni jihozlash, zarur asbob-uskunalarni xarid qilish) uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 500 mln soʻmgacha miqdorda qarz loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
103. Ajratilgan qarz mablagʻlari loyiha tashabbuskori tomonidan qarz shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlov grafigiga muvofiq qaytariladi.
104. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan qarz mablagʻlarining loyiha tashabbuskori tomonidan maqsadli foydalanilishi ushbu Nizomning 72-73-bandlarida belgilangan tartibda monitoring qilinadi.
105. Qarz mablagʻlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan hollarda, Jamgʻarma tomonidan ushbu mablagʻlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlarni qisman qoplab berish
1-§. Umumiy qoidalar
106. Loyiha tashabbuskori sifatida startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hamda taʼsischisi yoki taʼsischilari yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ariza berilishi mumkin.
107. Loyiha tashabbuskoriga ushbu bobda belgilangan xarajatlar ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq qisman qoplab beriladi.
Bunda loyiha tashabbuskori quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza bilan murojaat qiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish;
xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish.
108. Loyiha tashabbuskori oʻz arizasiga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
109. Jamgʻarma tomonidan oʻn ish kuni ichida arizaning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganiladi.
110. Quyidagi hollarda ariza koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritilmasdan, Jamgʻarma tomonidan loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi:
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
Bunda Jamgʻarma tomonidan arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat belgilanadi va bu haqida loyiha tashabbuskori xabardor qilinadi. Loyiha tashabbuskorining iltimosnomasiga binoan kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddat Jamgʻarma tomonidan besh kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
111. Loyiha tashabbuskori Jamgʻarma tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, belgilangan muddatda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etishi lozim.
112. Quyidagi hollarda Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomning 113-bandida nazarda tutilgan muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlarni qisman qoplab berishni rad etish masalasi Kengashga kiritiladi:
loyiha tashabbuskori belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmagan va bu haqida Jamgʻarmani xabardor qilmagan hollarda;
tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
loyiha tashabbuskori tomonidan avval ushbu xarajatlarni qisman qoplab berish shaklidagi moliyaviy yordamdan foydalanilganda;
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda.
113. Arizalar Jamgʻarma tomonidan har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
114. Arizalar Kengash tomonidan besh ish kuni ichida ushbu Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha xarajatlarni qisman qoplab berish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Kengash qarori majlis bayonnomasi tarzida rasmiylashtirilib, Kengashning majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
115. Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozi bilan maʼqullangan loyiha tashabbuskorlarining arizalari saralab olingan hisoblanadi va Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi.
116. Jamgʻarma arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
Xabarnomada xarajatlarning qisman qoplab berilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
117. Kengash tomonidan loyiha tashabbuskorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganda, unga quyidagi xarajatlarni qisman qoplab berish uchun zarur mablagʻlar ajratiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun chet ellik va mahalliy ekspertlar, trenerlarni (mentorlarni) jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda;
startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nufuzli inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda.
118. Kengash tomonidan loyiha tashabbuskorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma va loyiha tashabbuskori oʻrtasida oʻn ish kuni ichida xarajatlarni qoplab berish uchun mablagʻ ajratish haqida shartnoma tuziladi.
119. Shartnoma tuzilgandan soʻng Jamgʻarma tomonidan mazkur shartnomaga asosan uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga mablagʻ ajratiladi.
2-§. Xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berishning oʻziga xos xususiyatlari
120. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun quyidagi yoʻnalishlardagi xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi:
raqamli texnologiyalar;
dizaynerlik;
logistika, taʼminot zanjirini boshqarish;
marketing;
brending va reklamaga oid ishlarni tashkil qilish;
biznes strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish, biznes-tahlil;
sifat nazorati;
taʼlim;
tibbiyot va biotexnologiyalar;
muqobil energetika;
chiqindilarni qayta ishlash;
elektron tijorat;
yuridik xizmat koʻrsatish;
moliyaviy rejalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish.
Bunda istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar) tegishli sohada 3 yildan kam boʻlmagan muddat davomidagi ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
121. Xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar qisman qoplab berilishi uchun loyiha tashabbuskoridan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP);
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP) yaratilgani haqidagi jalb etilgan ekspert, trenerlar (mentorlar) xulosasi;
maqsadli biznes model va tijoratlashtirish rejasi;
jalb etilgan ekspert, trener (mentor) bilan tuzilgan shartnoma (yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar asosida jalb qilingan hollarda mehnat shartnomasi);
bajarilgan ishlar boʻyicha loyiha tashabbuskori hamda tegishli ekspert, trener (mentor) tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
toʻlovlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi xizmat koʻrsatuvchi bank (yoki toʻlov tashkilotlari) tomonidan tasdiqlangan hujjatlar nusxalari;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar asosida jalb qilingan hollarda toʻlangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot;
loyiha tashabbuskori faoliyat yuritayotganiga 7 yildan ortiq boʻlgan yuridik shaxs boʻlgan hollarda amalga oshirilayotgan startap loyihasi boʻyicha moliyaviy operatsiyalar boshlanganiga 7 yildan oshmaganini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi.
122. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar (mentorlar)ni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berishda ushbu xarajatlar ariza topshirish vaqtidan koʻpi bilan soʻnggi 1 yil davomida amalga oshirilgan boʻlishi lozim.
3-§. Startaplar boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan yoʻnalishlardagi oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish hamda mahalliy va nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish
123. Jamgʻarma kengashi tomonidan:
a) Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadigan yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladigan startap oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda toʻlab beriladi;
b) Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan Startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan startap tashabbuskoriga mahalliy inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq badal toʻlovlari uchun oyma-oy jami bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha grant ajratiladi.
124. Ushbu paragraf qoidalariga muvofiq xarajatlarga Jamgʻarma tomonidan mablagʻ ajratilishi uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
a) startap oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish xarajatlariga mablagʻ ajratish uchun ariza beruvchi va startap oʻquv kurslari tashkilotchisi oʻrtasida tuzilgan shartnoma. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan startap oʻquv kurslari yoʻnalishi Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadigan yoʻnalishlarga muvofiq boʻlishi talab etiladi;
b) startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan startap tashabbuskori mahalliy inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq badal toʻlovlari uchun ariza beruvchi va tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan mahalliy inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlari tashkilotchisi oʻrtasida imzolangan shartnoma, akseleratsiya dasturi xarajatlari toʻlab berilishi uchun qoʻshimcha tarzda istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP);
v) nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplab berish uchun:
mazkur Nizomning 123-bandiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlaganini tasdiqlovchi mazkur dasturlar tegishli boʻlgan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjat nusxasi;
shartnoma va (yoki) oferta;
xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan toʻlovni tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi), toʻlov qabul qilinganini tasdiqlovchi xalqaro banklararo toʻlov xabarlarini uzatish boʻyicha “Swift” tizimi hujjatlari nusxalari va (yoki) invoys nusxalari;
akseleratsiya dasturi xarajatlarini qoplab berish nazarda tutilgan hollarda istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modeli (MVP).
4-§. Yoshlar texnoparki hamda oliy taʼlim tashkilotlarining Tadqiqot va ishlanma markazlarida (R&D center) sinovdan oʻtkazish uchun saralab olingan istiqbolli loyihalarning namunaviy modelini (MVP) yaratish xarajatlari uchun mablagʻ ajratish
125. Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar texnoparki va oliy taʼlim tashkilotlaridagi Tadqiqot va ishlanma markazlarida (R&D center) sinovdan oʻtkazish uchun istiqbolli loyihalarni saralab olish boʻyicha tanlov oʻtkaziladi.
Bunda tanlov komissiyasi tarkibiga Jamgʻarma vakili doimiy aʼzo sifatida kiritiladi.
126. Tanlov natijalariga koʻra, sinovdan oʻtkazish uchun saralab olingan yiliga 10 tagacha istiqbolli loyihalarga namunaviy model (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 50 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdordagi mablagʻlarni qoplab berish uchun Jamgʻarma hisobidan “R&D” vaucher taqdim etiladi.
Ushbu vaucher hisobidan istiqbolli loyihalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sinovdan oʻtkaziladi.
127. Innovatsion rivojlanish agentligi istiqbolli loyihalarni sinovdan oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va samaradorligini har bir loyiha kesimida doimiy monitoring qilib boradi hamda monitoring natijalarini Jamgʻarmaga axborot tizimi orqali kiritib boradi.
Loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanmagan yoki maqsadsiz foydalanilgan qismi loyiha yakunida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Jamgʻarmaga qaytarib beriladi.
5-§. Yoshlarning startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik subyektining tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini davlat roʻyxatidan oʻtkazish xarajatlarini qoplab berish
128. Jamgʻarma tomonidan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik bilan bogʻliq intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bir talabgor uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha boʻlgan xarajatlari qoplab beriladi.
129. Ushbu paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplab berish uchun ariza beruvchidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
ariza;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan ixtiro, foydali model va sanoat namunasini yoki tadbirkorlik subyektining tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma;
ushbu guvohnomani olish uchun toʻlovlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi xizmat koʻrsatuvchi bank (yoki toʻlov tashkilotlari) tomonidan tasdiqlangan hujjatlar nusxalari.
130. Yoshlarning startap loyihalarini patentlash hamda tadbirkorlik subyektining tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishda ushbu xarajatlar ariza topshirish vaqtidan koʻpi bilan soʻnggi 1 yil davomida amalga oshirilgan boʻlishi talab etiladi.
131. Ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq boʻlganda Kengash qaroriga muvofiq xarajatlarni qoplab berish uchun mablagʻlar ariza beruvchiga toʻlab beriladi.
6-§. “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning xarajatlarini toʻlash uchun mablagʻ ajratish
132. Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha gʻolib yoki sovrindor (1 — 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) boʻlgan startap va biznes loyihalari egalariga loyihalarni brendga aylantirish maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning xarajatlarini toʻlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.
133. Jamgʻarma moliyaviy va marketing xizmatlarini koʻrsatuvchi ekspertlar roʻyxatini ochiq tanlov oʻtkazish orqali belgilangan tartibda shakllantiradi hamda uni Jamgʻarma kengashi maʼqullanganidan keyin elektron axborot tizimida ushbu roʻyxatni eʼlon qiladi yoki yangilab boradi.
134. “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha gʻolib yoki sovrindor boʻlgan (1 — 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) startap va biznes loyihalari egalari ushbu roʻyxatdagi ekspertlardan birini tanlaydi hamda Jamgʻarmaga ushbu ekspert tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy va marketing xizmatlari xizmat haqini toʻlash haqida ariza yuboradi.
Arizaga ekspert tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va ularga toʻlanadigan toʻlovlar, moliyaviy hamda marketing xizmatlari orqali erishiladigan natija haqidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
135. Ariza beruvchining murojaati Jamgʻarma Kengashi tomonidan besh ish kunida koʻrib chiqilib, maʼqullangan taqdirda, ariza beruvchi va ekspert oʻrtasidagi moliyaviy hamda marketing xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq Jamgʻarma tomonidan ekspertning bank toʻlov kartasiga 30 foiz boʻnak toʻlanadi, ishlar toʻliq bajarilib, ariza beruvchi tomonidan qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq qolgan toʻlovlar toʻlab beriladi.
7-§. Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan va xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega biznes loyihalarga ulush kiritish va investitsiya ajratish
136. Taʼsischisi yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi, Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan va xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega biznes loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi tomonidan ulush kiritiladi va 5 mlrd soʻmgacha investitsiya ajratiladi.
137. Investitsiya mablagʻlarini olish uchun loyiha tashabbuskori quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
tadbirkorlik subyekti kamida 6 oydan ortiq muddat davomida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlishi;
toʻliq ulushda taʼsischisi yoki taʼsischilari yosh fuqaro boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti boʻlishi;
Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan va xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlishi, xususan, tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi oʻsish surʼatiga ega, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha yillik aylanmasi kamida 500 mln soʻm hamda kamida 5 ta ish oʻrni yaratgan boʻlishi;
yuridik shaxs, uning taʼsischilari va rahbarining soliq qarzdorligi va majburiy ijro byurosi yurituvida boʻlgan boshqa qarzdorligi boʻlmasligi;
olinadigan investitsiya hisobidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihasi boʻyicha taqdim etilgan biznes reja Kengash tomonidan maʼqullanishi.
138. Investitsiya mablagʻlarini olish uchun loyiha tashabbuskori Jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda ariza topshirishi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim:
ushbu Nizomning 137-bandiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
koʻrsatiladigan xizmat yoki ishlab chiqariladigan mahsulotning Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingani va xorijiy bozorga chiqish imkoniyati mavjudligi, shu jumladan, qaysi davlatga chiqishi, ushbu davlatda talab borligi, raqobatbardoshligi toʻgʻrisida taqdimot;
loyihaning biznes rejasi;
soʻnggi 6 oyda loyihada nazarda tutilgan tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
loyiha avval boshqa manbalar tomonidan moliyalashtirilgan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar;
loyihani amalga oshirayotgan yuridik shaxs ustavining nusxasi.
Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqiqiyligiga loyiha tashabbuskori javobgar hisoblanadi.
139. Taqdim etilgan hujjatlar Kengash tomonidan oʻn besh ish kunida koʻrib chiqiladi.
Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan ortigʻi ijobiy ovoz bergan loyiha saralab olingan hamda ular boʻyicha investitsiya mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan hisoblanadi.
140. Investitsiya mablagʻlarini ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
a) loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 137-bandida koʻrsatilgan shartlarga mos kelmasligi;
b) taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar ushbu Nizom talablariga muvofiq kelmasligi, shuningdek, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani;
v) investitsiya mablagʻlari transhlar asosida berilganda, ikkinchi yoki keyingi transhlarda investitsiya mablagʻlari ajratilishini rad qilish uchun:
jalb qilingan investitsiya mablagʻlaridan investitsiya shartnomasida belgilanmagan maqsadlarda foydalangani;
loyihaning rejalashtirilgan oʻsish surʼati koʻrsatkichlari bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani.
Investitsiya mablagʻlarini ajratish ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslar bilan rad etilgan taqdirda, loyiha tashabbuskori rad etish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish va arizani takroran taqdim etish huquqiga ega.
141. Investitsiya shartnomasi imzolangan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga yuridik shaxs ustav fondi (ustav kapitali)ga “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasining ulushi kiritilishiga oid oʻzgartirishlar kiritiladi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Bunda ushbu venchur jamgʻarma kiritadigan ulush tadbirkorlik subyektining ustav fondi (kapitali)ning 40 foizidan ortib ketmaydigan miqdorda boʻlishi lozim.
142. Investitsiya mablagʻlari (investitsiya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda birinchi transhi) loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Investitsiya mablagʻlarining qolgan qismi investitsiya shartnomasiga ilova qilingan loyihaning rejalashtirilgan oʻsish surʼati koʻrsatkichlariga erishilishi asosida boʻlib-boʻlib ajratiladi.
143. Loyiha tashabbuskori har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasida oʻtgan chorakda investitsiya mablagʻlari sarflanishi haqidagi maʼlumotlarni hamda unga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning moliyaviy hisobotlarini taqdim etib borishi lozim.
144. Jamgʻarma va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya shartnomasi hamda loyihaning rejalashtirilgan oʻsish surʼati koʻrsatkichlariga erishilishini monitoring qilib boradi. Ushbu monitoring davomida, zaruratga koʻra, Jamgʻarma va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi loyiha tashabbuskoridan tegishli maʼlumot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli boʻlib, loyiha tashabbuskori monitoring oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi shart.
145. Loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya shartnomasi shartlari bajarilmasa va (yoki) loyihaning rejalashtirilgan oʻsish surʼati koʻrsatkichlariga erishilmasa yoxud lozim darajada bajarilmasa, Jamgʻarma investitsiya mablagʻlarining navbatdagi transhlarini ajratishni toʻxtatishga, loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali)ga kiritilgan ulushini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilishga va ajratilgan investitsiya mablagʻlarini shartnomada belgilangan tartibda qaytarilishini talab qilishga haqli.
8-§. “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalarining har biriga 1 mlrd soʻmgacha investitsiya kiritish
146. Jamgʻarma tomonidan har yili oʻtkaziladigan “Yosh tadbirkorlar” chempionati natijalari boʻyicha eng yaxshi 100 tagacha biznes va startap loyihalarining har biriga 1 mlrd soʻmgacha investitsiya ajratiladi.
147. Eng yaxshi biznes loyihalarni taqdim etgan tadbirkorlik subyektlari ularga investitsiya ajratish uchun Kengash tomonidan tasdiqlanadigan “Yosh tadbirkorlar” chempionatini oʻtkazish boʻyicha tartibda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq boʻlishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga yangi ishlanmani joriy qilgan boʻlishi talab etiladi.
Shuningdek, ushbu Tartibda Jamgʻarmada Global tadbirkorlar loyiha ofisini tashkil etishni nazarda tutish hamda quyidagilarni inobatga olish:
Chempionatni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha bosqichlarini yoritish (arizalarni qabul qilish, baholash, saralash, gʻoliblarni eʼlon qilish);
nufuzli xalqaro startap akseleratorlari, innovatsiya markazlari va investitsiya tuzilmalari (Startup Chile, HiCool Global Entrepreneurs Competition, Startup India, Plug and Play kabi) hamda yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) bilan shartnoma asosida hamkorlik qilish;
yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash hamda ragʻbatlantirishning talab va shartlarini tasdiqlash;
chempionat gʻoliblarini nufuzli xorijiy akseleratorlar va kompaniyalarga amaliyot oʻtash dasturlariga yuborish.
Belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlgan tadbirkorlik subyektlari va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi oʻrtasida investitsiya shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab oʻn ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining ustav fondiga (ustav kapitaliga) “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasining ulushi kiritilishiga oid oʻzgartirishlar kiritiladi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Bunda “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi kiritadigan ulush tadbirkorlik subyektining ustav fondining (kapitalining) 40 foizidan ortib ketmaydigan miqdorda boʻlishi lozim.
148. Investitsiya mablagʻlari (investitsiya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda birinchi transhi) loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasining ulushini kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Investitsiya mablagʻlarining qolgan qismi investitsiya shartnomasiga ilova qilinadigan biznes loyihaning rejalashtirilgan oʻsish surʼati koʻrsatkichlariga erishilishi asosida boʻlib-boʻlib ajratiladi.
149. Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomning 143-144-bandlarida nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik subyektidan investitsiya mablagʻlarining maqsadli sarflanishi boʻyicha hisobot olinadi va monitoring qilinadi.
Mablagʻlarning maqsadsiz ishlatilgani yoki biznes loyihaning rejalashtirilgan oʻsish surʼati koʻrsatkichlariga erishilmagani aniqlanganda, Jamgʻarma ushbu Nizomning 145-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash huquqiga ega boʻladi.
9-§. Yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlarini qoplab berish
150. Yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlar elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga ulanganda (keyingi oʻrinlarda — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish), ushbu ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish yigʻimini toʻlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda amalga oshirilgan xarajatlar ushbu paragraf qoidalariga muvofiq Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.
151. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlangan yigʻim toʻlovi qoplab berilishi uchun yangi tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining kamida 50 foizi 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti ushbu xarajatlar amalga oshirilganiga 90 kundan oshmagan, xizmat koʻrsatuvchi bank (yoki toʻlov tashkilotlari) tomonidan tasdiqlangan toʻlov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qilishi talab etiladi.
152. Tadbirkorlik subyektining murojaati ushbu Nizomning 150-151-bandlariga muvofiq boʻlganda, Jamgʻarma Kengashi qaroriga muvofiq muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlangan yigʻimning bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha qismini qoplash uchun Jamgʻarma tomonidan mablagʻlar tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
5-bob. “Combinator” dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
153. “Combinator” dasturlari yoshlarning startap, biznes va kreativ gʻoyalarini shakllantirish va loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan dasturlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida Jamgʻarma va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
startap yoʻnalishida — “Uz-Combinator” intensiv inkubatsiya dasturi;
biznes va tadbirkorlik yoʻnalishida — “Business-Combinator” dasturi;
kreativ mahsulotlar yaratish yoʻnalishida — “Creative-Combinator” dasturi.
Zaruratga koʻra, Kengash aʼzolarining kamida 70 foizidan ortigʻining ijobiy ovozi asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq boshqa soha va yoʻnalishlarda ham “Combinator” dasturlarini joriy etish orqali yoshlarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari kengaytiriladi.
154. “Combinator” dasturlari doirasida:
yoshlarni oʻqitish uchun zarur sharoit va moddiy-texnik baza shakllantiriladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida mentor va ekspertlar jalb qilinadi;
Jamgʻarma kengashi tomonidan belgilanadigan mezon va talablarga muvofiq istiqbolli tashabbusga ega yoshlar tanlab olinadi va oʻqitiladi;
Kengash qaroriga asosan dastur ishtirokchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli toʻlab beriladi;
dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashiladi, shu jumladan, “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi hisobidan ularning loyihalariga ulush va investitsiya kiritish orqali qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi.
155. “Combinator” dasturlarida ishtirok etmoqchi boʻlgan talabgorlar Jamgʻarmaning elektron platformasi orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Arizalar Jamgʻarma va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi tomonidan saralanadi hamda Kengash tomonidan tasdiqlangan yoshlarning yakuniy roʻyxati elektron platformada eʼlon qilinadi.
Yoshlarga ushbu Nizomning 153-bandida belgilangan yoʻnalishlarda tadbirkorlik asoslari boʻyicha bilimlar beriladi.
156. “Combinator” dasturlari orqali talabgorlarni oʻqitish uchun tanlab olish mezonlari, talabgorlar oʻqitiladigan taʼlim dasturi yoʻnalishlari, oʻqish muddati hamda ushbu bobda nazarda tutilmagan, talabgorlarni “Combinator” dasturlari orqali oʻqitish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar Kengash tomonidan belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
157. Jamgʻarma direktori har chorakda Kengashga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilgani toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
158. Ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy koʻmak oluvchi subyektlar bilan Agentlik, Kengash aʼzolari, Jamgʻarma va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi oʻrtasida affillanganlik holati boʻlmasligi lozim.
159. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalarni amalga oshirish tartibi Kengash qarori bilan belgilanadi.
160. Loyiha tashabbuskori arizasining rad etilgani, shuningdek, mansabdor shaxslar harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
161. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni tijorat banklari orqali moliyalashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha tijorat bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

Loyiha tashabbus-korining murojaatiga koʻra

2-bosqich

Tijorat banki

1. Loyiha tashabbuskorini skoringdan oʻtkazadi va Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

2. Biznes loyihani moliyalashtirish haqida qaror qabul qilinganda, moliyaviy resurslar olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali Jamgʻarmaga talabnoma va biznes loyihalar reyestrini taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Jamgʻarma

Talabnoma va biznes loyihalar reyestrini umumlashtirib, koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi.

3 ish kunida

4-bosqich

Kengash

Talabnoma va biznes loyihalar reyestrining Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi
va natijasi boʻyicha moliyaviy resurs ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

3 ish kunida

5-bosqich

Jamgʻarma

Talabnomani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankiga bildirishnoma (qaror nusxasini ilova qilgan holda) yuboradi.

Biznes loyihalar reyestrida koʻrsatilgan kreditlarni ajratish maʼqullanganda, tijorat bankiga Markaziy bank asosiy stavkasidan bir foizlik punkt past stavkada asosiy qarzdan 2 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga moliyaviy resurs ajratadi.

1 ish kunida

6-bosqich

Tijorat banki

1. Moliyaviy resurs ajratish rad etilgan hollarda bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.

2. Moliyaviy resurs ajratish maʼqullanganda, loyiha tashabbuskori bilan tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi va Jamgʻarma tomonidan ajratilgan moliyaviy resurs hisobidan uning bank hisobvaragʻiga kreditni oʻtkazadi.

5 ish kunida

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qarz ajratish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

Loyiha tashabbus-korining murojaatiga koʻra

2-bosqich

Jamgʻarma

1. Loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

Oʻrganish natijalariga koʻra loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, arizani Kengashga kiritishni rad etadi va bu haqida loyiha tashabbuskorini xabardor qiladi.

1. 10 ish kuni ichida

2. Loyiha tashabbuskorining arizasi ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, arizani Kengashga kiritadi.

2. Har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar

3-bosqich

Kengash

Biznes loyihalarni koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha qarz ajratish yoki qarz ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Jamgʻarma

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qiladi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Loyiha tashabbuskori, Jamgʻarma

Qarz shartnomasini tuzadi.

10 ish kuni ichida

6-bosqich

Jamgʻarma

Qarz shartnomasiga asosan loyiha tashabbuskoriga qarz ajratadi.

3 ish kuni ichida

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun qarz ajratiladigan olis va chekka hududlar
ROʻYXATI

T/r

Tuman nomi

Olis va chekka hududlar nomi

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Boʻzatov tumani

“Aspantay” OFY

2.

“Koʻksuv” OFY

3.

Qoʻngʻirot tumani

“Qoraqalpogʻiston” SHFY

4.

“Jasliq” SHFY

5.

“Qirqqiz” SHFY

6.

“Suoʻyenli” OFY

7.

“Raoʻshan” OFY

8.

“Ajiniyaz” OFY

9.

“Yelabad” SHFY

10.

“Xorezm” OFY

11.

Moʻynoq tumani

“Qazaqdarya” OFY

12.

“Qiziljar” OFY

13.

“Hakimota” OFY

14.

Taxtakoʻpir tumani

“Marjankoʻl” MFY

15.

“Qostruba” MQFY

16.

“Qoniratkoʻl” OFY

17.

“Beltau” OFY

18.

“Mulk” OFY

19.

Toʻrtkoʻl tumani

“Oqqamish” OFY

20.

“Qumbasqan” OFY

21.

“Paxtaobod” OFY

22.

“Yonboshqalʼa” OFY

23.

“Koʻkcha” OFY

24.

“Atauba” OFY

25.

Qoraoʻzak tumani

“Qoybaq” OFY

26.

Amudaryo tumani

“Nazarxon” OFY

27.

Taxiatosh tumani

“Saraykoʻl” OFY

28.

Kegeyli tumani

“Jalpaqjap” OFY

29.

“Kukuzak” OFY

30.

Shumanay tumani

“Birleshik” OFY

31.

“Ketenler” OFY

32.

Xoʻjayli tumani

“Qumjiqqin” OFY

33.

Nukus tumani

“Kerder” OFY

34.

“Taqirkoʻl” OFY

35.

Chimboy tumani

“Qiziloʻzyak” OFY

36.

Qonlikoʻl tumani

“Sarioltin” OFY

37.

“Jayxun” MFY

38.

Nukus shahri

“Qaratau” MFY

39.

Ellikqalʼa tumani

“Chuqurqaq” MFY

2. Buxoro viloyati

40.

Shofirkon tumani

“Sharof Rashidov” MFY

41.

Romitan tumani

“Gazli” MFY

42.

“Qizilravot” MFY

43.

Gʻijduvon tumani

“Koʻkcha” MFY

44.

Peshkoʻ tumani

“Jongeldi” MFY

3. Jizzax viloyati

45.

Yangiobod tumani

“Sarmich” MFY

46.

“Havotogʻ” QFY

47.

Forish tumani

“Garasha” MFY

48.

“Narvon” MFY

49.

“Oʻxum” MFY

50.

“Darboza” MFY

51.

“Doʻstlik” MFY

52.

Arnasoy tumani

“Boʻston” MFY

53.

Gʻallaorol tumani

“Gulchambar” QFI

54.

“Gʻoʻbdin” MFY

55.

“Koʻkbuloq” QFY

56.

“Qipchoqsuv” MFY

57.

“Jiydali” QFY

58.

“Qoʻytosh” SHFY

59.

“Oqtosh” MFY

60.

“Savruk” MFY

61.

“Korizquduq” QFY

62.

Zafarobod tumani

“Chimqoʻrgʻon” QFY

63.

Zarbdor tumani

“Oqar” MFY

64.

Baxmal tumani

“Baxmal” QFY

65.

“Muzbuloq” MFY

66.

Sharof Rashidov tumani

“Koʻrpasoy” MFY

67.

“Tinchlik” MFY

4. Qashqadaryo viloyati

68.

Qarshi tumani

“Poshton” MFY

69.

“Choʻliboʻston” MFY

70.

“Kerayit” MFY

71.

“Hilol” MFY

72.

“Bogʻobod” MFY

73.

“Xonobod” MFY

74.

Dehqonobod tumani

“Boshchorbogʻ” MFY

75.

“Boyqoʻrgʻon” MFY

76.

“Oqqishloq” MFY

77.

“Tarqopchigʻay” MFY

78.

“Duob” MFY

79.

“Sarchashma” MFY

80.

“Terakli” MFY

81.

“Oybek” MFY

82.

“Chashmaimiron” MFY

83.

“Chilgaz” MFY

84.

Qamashi tumani

“Katta oʻra” MFY

85.

“Bogʻobod” MFY

86.

Koson tumani

“Alachabob” MFY

87.

“Uyrot” MFY

88.

“Xoʻjaquduq” MFY

89.

Nishon tumani

“Doʻstlik” MFY

90.

“Qirqquloch” MFY

91.

Kasbi tumani

“Choʻlquvar” QFY

92.

“Doʻstlik” MFY

93.

Chiroqchi tumani

“Mirzatup” MFY

94.

“Arabbandi” MFY

95.

“Chambil” MFY

96.

“Langar” MFY

97.

“Taragʻay” MFY

98.

“Quruqsoy” MFY

99.

“Mustaqillik” MFY

100.

“Qoʻshanhor” MFY

101.

“Yangihayot” MFY

102.

“Kishmishtepa”  MFY

103.

“Navroʻz” MFY

104.

“Galabek” MFY

105.

Koʻkdala tumani

“Eski anhor” MFY

106.

“Shoʻrquduq” MFY

107.

“Chorvador” MFY

108.

“Shoʻrbozor” MFY

109.

“Guliston” MFY

110.

“Taloqtepa” MFY

111.

“Umakay” MFY

112.

“Ayritom” MFY

113.

“Toshli” MFY

114.

“Harduri” MFY

115.

“Qanoatli” MFY

116.

“Xushali” MFY

117.

Shahrisabz tumani

“Gʻilon” MFY

118.

“Miraki” MFY

119.

“Sarchashma” MFY

120.

“Koʻl” MFY

121.

“Hisorak” MFY

122.

“Sayyod” MFY

123.

Yakkabogʻ tumani

“Tatar” MFY

124.

“Oʻrta” MFY

125.

Mirishkor tumani

“Gulshanbogʻ” MFY

126.

“Navbahor” MFY

127.

“Pomuq” MFY

128.

Kitob tumani

“Kuxsor” MFY

129.

Muborak tumani

“Sardoba” MFY

130.

Gʻuzor tumani

“Qorakoʻl” MFY

131.

“Eshonquduq” MFY

5. Navoiy viloyati

132.

Zarafshon shahri

“Muruntov” MFY

133.

“Daugiztau” MFY

134.

Xatirchi tumani

“Maydon” MFY

135.

“Mirdosh” MFY

136.

“Angidon” MFY

137.

“Langar” MFY

138.

Uchquduq tumani

“Koʻkpatas” OFY

139.

“Altintov” OFY

140.

“Uzunquduq” OFY

141.

“Bozdun” OFY

142.

“Mingbuloq” OFY

143.

“Koʻkayaz” OFY

144.

Nurota tumani

“Yangiturmush” MFY

145.

“Qadoq” MFY

146.

“Sentob” MFY

147.

“Temirqovuq” MFY

148.

“Qizilcha” MFY

149.

“Suvliq” MFY

150.

“Kattasoy” MFY

151.

Konimex tumani

“Qarakata” QFY

152.

“Sarjal” OFY

153.

“Yangiqazgʻon” QFY

154.

“Uchtepa” OFY

155.

“Boymurat” OFY

156.

Qiziltepa tumani

“Yangihayot” MFY

157.

Tomdi tumani

“Ayaqquduq” OFY

158.

“Keregetov” OFY

159.

“Keriz” OFY

160.

“Suketti” OFY

161.

“Tomdibulaq” OFY

162.

“Shiyeli” OFY

6. Namangan viloyati

163.

Pop tumani

“Guliston” MFY

164.

“Yuqori Chodakboshi” MFY

165.

“Navbahor” MFY

166.

“Bogʻishamol” MFY

167.

“Chorkesar” MFY

168.

“Qoʻshminor” MFY

169.

“Imonota” MFY

170.

“Madaniyat” MFY

171.

Yangiqoʻrgʻon tumani

“Zarbdor” MFY

172.

“Mamay” MFY

173.

“Qayroqi” MFY

174.

Chortoq tumani

“Hazratishoh” MFY

175.

“Bogʻiston” MFY

176.

“Sozsoy” MFY

7. Samarqand viloyati

177.

Nurobod tumani

“Sazagʻon” MFY

178.

“Omondara” MFY

179.

“Jom” MFY

180.

“Sahoba” MFY

181.

“Jarquduq” MFY

182.

“Buloqboshi” MFY

183.

“Agʻron” MFY

184.

“Arabota” MFY

185.

“Nurdum” MFY

186.

“Oltinsoy” MFY

187.

“Boshquduq” MFY

188.

“Olgʻa” MFY

189.

“Oʻrtaboʻz” MFY

190.

“Lolazor” MFY

191.

“Tepaqul” MFY

192.

“Saroy” MFY

193.

“Navbahor” MFY

194.

“Bunyodkor” MFY

195.

Payariq tumani

“Nakurt” MFY

196.

“Gʻallakor” MFY

197.

Ishtixon tumani

“Boylota” MFY

198.

“Mirzakoʻl” MFY

199.

“Zarbuloq” MFY

200.

“Barlos” MFY

201.

Pastdargʻom tumani

“Qoʻshquduq” MFY

202.

“Bahor” MFY

203.

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Bunyodkor” MFY

204.

“Jizmonsoy” MFY

205.

Qoʻshrabot tumani

“Toz” MFY

206.

“Yangiqishloq” MFY

207.

“Jonbuloq” MFY

208.

“Qoʻshtamgʻali” MFY

209.

“Oqchobsoy” MFY

210.

“Minishkor” MFY

211.

“Chimmos” MFY

212.

“Qoratosh” MFY

213.

“Doʻstlik” MFY

214.

“Qovunchi” MFY

215.

“Pangat” MFY

216.

“Quvkalla” MFY

217.

“Ozod” MFY

218.

“Yuqorisaroy” MFY

219.

“Yangiqishloq” MFY

220.

“Urganji” MFY

221.

Paxtachi tumani

“Chashma” MFY

8. Sirdaryo viloyati

222.

Sardoba tumani

“Ravot” MFY

223.

“Paxtakor” MFY

224.

“Doʻstlik” MFY

225.

“Birlik” MFY

226.

Oqoltin tumani

“Boʻston” MFY

227.

Sayxunobod tumani

“Oʻrikzor” MFY

228.

Sirdaryo tumani

“Taraqqiyot” MFY

229.

Xovos tumani

“Binokor” MFY

230.

Mirzaobod tumani

“Yoʻldoshobod” MFY

231.

“Yangihayot” MFY

232.

“Bahoriston” MFY

9. Surxondaryo viloyati

233.

Bandixon tumani

“Obikor” MFY

234.

“Limonzor” MFY

235.

“Obod yurt” MFY

236.

Muzrabot tumani

“Chegarachi” MFY

237.

“Fayziobod” MFY

238.

Termiz tumani

“Gulbahor” MFY

239.

Oltinsoy tumani

“Xoʻjaipok” MFY

240.

Shoʻrchi tumani

“Tamshush” MFY

241.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Tebat” MFY

242.

“Xoʻjamulki” MFY

243.

“Ariqoshgan” MFY

244.

Sherobod tumani

“Chorbogʻ” MFY

245.

“Vandop” MFY

246.

“Uzunsoy” MFY

247.

“Gʻurjak-2” MFY

248.

“Qorabogʻ” MFY

249.

“Mehnatobod” MFY

250.

Sariosiyo tumani

“Sangardak” MFY

251.

“Subhidam” MFY

252.

“Chosh” MFY

253.

“Xonjiza” MFY

254.

“Maland” MFY

255.

“Karsh” MFY

256.

“Ehtirom” MFY

257.

“Humoyun” MFY

258.

Uzun tumani

“Xursand” MFY

259.

“Madaniy turmush” MFY

260.

“Toltugay” MFY

261.

“Bobotogʻ” MFY

262.

“Yangiobod” MFY

263.

“Xoʻjakulsin” MFY

264.

“Oʻrmonchi” MFY

265.

“Oqmachit” MFY

266.

“Nurli kelajak” MFY

267.

“Zarkamar” MFY

268.

“Tomchi” MFY

269.

“Pahlavon” MFY

270.

“Jiydabuloq” MFY

271.

Boysun tumani

“Qizilnavr” MFY

272.

“Xoʻjaidod” MFY

273.

“Dexibolo” MFY

274.

“Chilonzor” MFY

275.

“Oʻrmonchi” MFY

276.

“Oʻrta machay” MFY

277.

“Munchoq” MFY

278.

“Gaza” MFY

279.

Denov tumani

“Pojur” MFY

280.

“Ushor” MFY

281.

“Koʻhsor” MFY

282.

“Yoshlik” MFY

10. Toshkent viloyati

283.

Bekobod tumani

“Uyas” MFY

284.

“Nayman” MFY

285.

“Dehqonobod” MFY

286.

“Achamayli” MFY

287.

Parkent tumani

“Yangi Sanganak” MFY

288.

Yuqori Chirchiq tumani

“Qursoy” MFY

289.

Boʻka tumani

“Koʻkorol” MFY

290.

“Istiqlol” MFY

291.

“Samarqand” MFY

292.

“Yangiqoʻrgʻon” MFY

293.

Ohangaron tumani

“Yangihayot” MFY

294.

“Ovjazsoy” MFY

295.

“Gulobod” MFY

296.

“Koʻksaroy” MFY

297.

“Chinor” MFY

298.

“Chetsuv” MFY

299.

“Susam” MFY

300.

“Goʻshsoy” MFY

301.

Boʻstonliq tumani

“Qoramozor” MFY

302.

“Navobod” MFY

303.

“Burchmullo” MFY

304.

“Nanay” MFY

305.

“Qoramanas” MFY

306.

“Bogʻiston” MFY

307.

“Dadabayev” MFY

308.

“Yakkatut” MFY

309.

“Uzun” MFY

310.

“Boladala” MFY

311.

“Pskom” MFY

312.

“Chimgan” MFY

313.

Piskent tumani

“Oqtepa” MFY

314.

“Oqtom” MFY

315.

Angren shahri

“Yangihayot” MFY

316.

“Lashkerak” MFY

317.

“Jigariston” MFY

318.

Parkent tumani

“Tolbuloq” MFY

319.

“Fayzobod” MFY

320.

“Oydin” MFY

11. Fargʻona viloyati

321.

Soʻx tumani

“Yangiariq” MFY

322.

“Sarikanda” MFY

323.

“Oftobru” MFY

324.

“Navobod” MFY

325.

“Mulgon” MFY

326.

“Demursad” MFY

327.

“Zangat” MFY

328.

“Qizilqiyoq” MFY

329.

“Hushyor” MFY

330.

“Sharqobod” MFY

331.

“Lenbur” MFY

332.

“Coʻx” MFY

333.

“Gʻaznov” MFY

334.

“Ravon” MFY

335.

“Saribozorcha” MFY

336.

“Qalʼa” MFY

337.

“Chumoqcha” MFY

338.

“Guliston” MFY

339.

“Chashma” MFY

340.

“Devayron” MFY

341.

“Qalʼacha” MFY

342.

“Tul” MFY

343.

Fargʻona tumani

“Yordon” MFY

344.

“Shohimardonobod” MFY

345.

“Shohimardon” MFY

346.

“Boy mahalla” MFY

347.

“Yuqori Gulshan” MFY

348.

“Gulshan” MFY

349.

“Guzar” MFY

350.

“Sharq haqiqati” MFY

351.

“Ulugʻbek” MFY

352.

“Soyboʻyi” MFY

353.

“Yuqori Archa” MFY

354.

“Qurilish” MFY

355.

“Chimyon” MFY

356.

“Shifokor” MFY

357.

“Mindon” MFY

358.

“Qoʻriq” MFY

359.

“Fargʻona” MFY

360.

“Xonqiz” MFY

361.

“Yangiyoʻl” MFY

362.

“Maydon” MFY

363.

“Qoʻrgʻontepa” MFY

364.

“Hosilot” MFY

365.

Oʻzbekiston tumani

“Tinchlik” MFY

12. Xorazm viloyati

366.

Tuproqqalʼa tumani

“Tuproqqalʼa maskani” MFY

367.

“Sarimay” MFY

368.

“Hazorasp” MFY

369.

“Nukus” MFY

370.

Qoʻshkoʻpir tuman

“Arablar” MFY

Izoh. Ushbu roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taklifiga asosan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarajatlar uchun mablagʻ ajratish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarining biridan foydalanish boʻyicha Jamgʻarmaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali ariza bilan murojaat qiladi
va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

Loyiha tashabbuskorining murojaatiga koʻra

2-bosqich

Jamgʻarma

1. Loyiha tashabbuskorining arizasi Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

1. 10 ish kuni ichida.

2. Loyiha tashabbuskorining arizasi Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda arizani Kengashga kiritadi.

2. Har oyda kamida ikki marta, qoida tariqasida, har oyning 10 va 20-sanasiga qadar.

3-bosqich

Kengash

Arizalarning Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi, natijasi boʻyicha xarajatlar uchun mablagʻ ajratish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Jamgʻarma

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali loyiha tashabbuskoriga xabarnoma yuboradi va xabarnomaga Kengash qaroridan koʻchirma ilova qiladi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Loyiha tashabbuskori, Jamgʻarma

Xarajatlar uchun mablagʻ ajratish haqida shartnoma tuzadi.

10 ish kuni ichida

6-bosqich

Jamgʻarma

Shartnomaga asosan loyiha tashabbuskoriga mablagʻ ajratadi.

3 ish kuni ichida

”;

2-bandning beshinchi xatboshisi “20 nafar tadbirkordan” soʻzlaridan keyin “va ekspertlardan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Venchur jamgʻarma tomonidan yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ideaton va xakaton tanlovlari oʻtkaziladi.”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ushbu Nizomga muvofiq, akseleratsiya yoki inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan yoki startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan yoxud boshqa venchur jamgʻarmalaridan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga Venchur jamgʻarma tomonidan ularning ustav fondi (ustav kapitali)ning 40 foizidan ortib ketmaydigan miqdorda ulush kiritiladi va quyidagi miqdorlarda investitsiya mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — investitsiya mablagʻlari) ajratiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 mln soʻmgacha;
Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 2 mlrd soʻmgacha;
xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihaga — 5 mlrd soʻmgacha.
Bunda har bir startap loyiha tashabbuskori quyidagi talablardan biriga mos boʻlishi lozim:
startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi keyinchalik yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki taʼsischi yosh boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyekti boʻlishi;
akseleratsiya yoki inkubatsiya dasturlarida ishtirok etgan boʻlishi;
Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlardan birida gʻolib deb topilgan boʻlishi;
boshqa venchur jamgʻarmalaridan investitsiya jalb qilgan boʻlishi (boshqa venchur jamgʻarmalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investitsiyaga teng miqdorgacha boʻlgan, biroq ushbu bandda belgilangan miqdordan yuqori boʻlmagan investitsiya mablagʻlari ajratiladi).”;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Eng yaxshi gʻoyalar (ideatonlar) va axborot texnologiyalari yechimlari (xakatonlar) tanlovlari gʻoliblariga boshlangʻich darajadagi startap loyihalarga nufuzli inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish sharti bilan 20 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda mablagʻlar konvertatsiya qilinadigan (keyinchalik startap ustav kapitalidagi ulushga aylantirilishi mumkin boʻlgan) qarz sifatida ajratiladi.”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga investitsiya mablagʻlari mazkur namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish hamda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bosqichlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar hamda ular boʻyicha xarajatlarni nazarda tutuvchi dastur asosida ajratiladi.
Bunda namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish hamda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bosqichlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar hamda ular boʻyicha xarajatlarni nazarda tutuvchi dasturga startap loyiha tashabbuskori Venchur jamgʻarma bilan kelishgan holda startap loyiha doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega boʻladi.”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi, Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan hamda xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihalarga, ular xususiyatidan kelib chiqib, Venchur jamgʻarma tomonidan bir yoki bir nechta transhda investitsiya mablagʻlari ajratiladi.
Bunda investitsiya mablagʻlari bir nechta transhda ajratilgan hollarda dastlabki transhdan keyingi toʻlovlar loyiha tashabbuskori tomonidan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishiga muvofiq ajratiladi.”;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “uchinchi transhda ulush” soʻzlari “investitsiya toʻliq miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “ajratishni rad etish masalasini koʻrib chiqish uchun ariza Kengashga kiritiladi” soʻzlari “ajratish rad etiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshisi “baholash jarayoniga” soʻzlaridan keyin “, shuningdek respublika hududida startap loyihalarini targʻib qilish, istiqbolli startap loyiha tashabbuskorlarini izlab topish va ular bilan aloqa oʻrnatish, taʼlim tashkilotlarida startap madaniyatini shakllantirish faoliyatiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Venchur jamgʻarma tomonidan investitsiya mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlangan taqdirda, Kengashga koʻrib chiqish uchun hujjatlar, shu jumladan, istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyiha boʻyicha mazkur namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish hamda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bosqichlarini oʻz ichiga oluvchi dastur hamda tegishli startap loyiha boʻyicha tasdiqlanadigan erishilishi lozim boʻlgan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) loyihasi kiritiladi.”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Venchur jamgʻarma va jalb qilingan ekspert tavsiyalari.”;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Investitsiya mablagʻlari (investitsiya shartnomasida bir nechta transh asosida investitsiya kiritish nazarda tutilgan hollarda) birinchi transhdagi miqdori loyiha tashabbuskoriga tegishli boʻlgan (ishtirokchi boʻlgan) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida loyiha tashabbuskorining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bir nechta transh nazarda tutilgan hollarda investitsiya mablagʻlarining qolgan qismi investitsiya shartnomasiga ilova qilingan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishi asosida transhlar sonidan kelib chiqib, teng miqdorda boʻlingan summadan kelib chiqib ajratiladi.”;
ilova (“Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish sxemasi)ning izoh qismi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2026-y., 09/26/598/1086-son)