Oʻzbekiston Respublikasi nomidan
2026-yil oktabr oyining 13 kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, oʻz binosida, ochiq sud majlisida
raislik qiluvchi, sudya U. Xolov,
hayʼat aʼzolari D. Abdukaxarova va Z. Karimovdan iborat tarkibda, S. Beshimovning kotibligida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori I. Aydusov, arizachi G. Ergasheva, javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi vakillari J. Mingishov va S. Xayritdinovning ishtirokida, arizachi Ergasheva Gulnora Xoldarovnaning javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasiga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizachi boʻyicha 5-1-267/13-sonli maʼmuriy ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Arizachi G. Ergasheva sud majlisidagi tushuntirishida, arizada keltirilgan vajlarni quvvatlab, Nizomni
9-bandi Soliq
kodeksi va boshqa qonunchilik talablariga zid ekanligini bildirib, Nizomning ushbu bandini haqiqiy emas deb topishni soʻradi.
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi vakili J. Abduraxmonov oʻz tushuntirishida, nizoli boʻlgan Nizom 2010-yilda qabul qilinganligi va shu davrdagi Soliq kodeksi mazmuniga zid boʻlmaganligini, vazirlikda qonun osti hujjatlari doimiy monitoring qilib borilishi va qonunchilikka zid boʻlganlarini bekor qilish choralari koʻrilishini bildirib, shikoyatni qonunda belgilangan tartibda hal qilishni soʻradi.
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi vakillari J. Mingishov va S. Xayritdinov arizaga nisbatan eʼtiroz bildirib, Nizomning
9-bandiga muvofiq, hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻlar bir yil ichida qaytarib olingan taqdirda daromad soligʻi hisoblanishini, soliq imtiyozlari eski va yangi tahrirdagi Soliq
kodeksida bir xil belgilanganligi, shuningdek, Adliya vazirligining xatida Nizomning qoʻllanilgan normasi Soliq kodeksining avvalgi tahririga muvofiqligi, yangi tahrirdagi Kodeksni esa qayta koʻrib chiqish zarurligi bildirilganligini, Nizom yoki Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritish masalasi hozirga qadar muhokama qilinmaganligini koʻrsatib, arizani rad etishni soʻradilar.
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili S. Abdurayimov oʻz tushuntirishida, yangi tahrirdagi Soliq
kodeksiga oʻzgartirish kiritish taklifi berilganligi, ushbu holatda Nizom talablari Soliq kodeksiga zid deb hisoblamasligini bildirdi.
Sudlov hayʼati ish hujjatlarini oʻrganib, chiqib, taraflar vakillarining tushuntirishlarini, prokurorning arizani qanoatlantirish haqidagi fikrini eshitib, quyidagi asoslarga koʻra arizani qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 181-moddasining
uchinchi qismiga koʻra, sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda uning toʻlaligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatiga muvofiqligini, shuningdek, nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganligini tekshiradi.
Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-iyunda 2111-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning
9-bandida, agar jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy badallar tarzida tushgan mablagʻlar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ushbu mablagʻlarga jismoniy shaxsning jami yillik deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi, deb belgilangan.
Arizada keltirilgan vajlarga koʻra, yuqoridagi Nizomga asosan, ishlovchi pensionerlar nomidan soliq organlari tomonidan ularning xabarisiz va roziligisiz “Soliq.uz” portalidagi shaxsiy kabinetlariga kirish orqali, 2026-yil aprel — iyun oylarida daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar rasmiylashtirilib, bir yoʻla bir necha yil uchun daromad soligʻi hisoblangan holda taqdim etilgan.
Bundan norozi boʻlgan arizachi yuqoridagi talab bilan sudga murojaat qilgan.
Konstitutsiyaviylik, qonuniylik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi, oshkoralik, ilmiylik, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va komplektliligi, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonunining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Mazkur Qonunning
8-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlarining soʻzsiz ustuvorligi tan olinishi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi hamda uning normalari va prinsiplariga zid boʻlishi mumkin emasligi koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasiga yoʻllangan 2026-yil 2-iyuldagi 10/12-11936/8-sonli xatda, Soliq kodeksining
378-moddasi va “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning
14-moddasiga asosan soliq toʻlovchining fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinishi belgilanganligi, biroq, Soliq
kodeksida yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (roʻyxat raqami 2111, 2010-yil 4-iyun) qabul qilish toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilmaganligi hamda mazkur Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida ixtiyoriy badallar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ularga daromad soligʻi solinishi belgilanmaganligi koʻrsatilib, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning
18-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerakligidan kelib chiqib, ijtimoiy munosabatlarni oʻz vaqtida va samarali huquqiy tartibga solish va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Soliq
kodeksiga qisqa muddatlarda jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy badallar tarzida tushgan mablagʻlar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ushbu mablagʻlarga jismoniy shaxsning jami yillik deklaratsiyasi asosida daromad soligʻi solinishini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish soʻralgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 387-moddasi 16-bandida, soliq toʻlovchining fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi, deb belgilangan.
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning
18-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ish holatlaridan aniqlanishicha, Nizomning
9-bandi oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga muvofiq emas.
Sudda javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari oʻz eʼtirozlarini isbotlab bera olmadi.
Shu bois, sudlov hayʼati arizachi G. Ergashevaning arizasini asosli deb hisoblab, uni qisman qanoatlantirishni va “Oʻzbekiston Respublikasi DT “Xalq banki” dagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning
9-bandini Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi qonuniy kuchga kirgan sanadan, yaʼni 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran haqiqiy emas deb topishni lozim deb topadi.
Sudlov hayʼati, sud xarajatlari taqsimoti masalasini muhokama qilib, arizachi sudga murojaat qilishda davlat boji toʻlamaganligini, ariza qanoatlantirilganligini, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi
Qonunga koʻra soliq organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinganligini inobatga oladi.
Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining
30,
154,
182-moddasiga amal qilib, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Arizachi Ergasheva Gulnora Xoldarovnaning arizasi qisman qanoatlantirilsin.
Hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.