1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN IShLAR, XIZMATLARGA NISBATAN QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1123-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23, 24-son, 168-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 28-yanvardagi 26 va 2002-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1123. Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son, 2003-yil, 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 124-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.