

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;07.06.2023
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-849713">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7280"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-849713">[<b>TSZ:</b><div id="LS3745"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-857250">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-857251">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-857253">ELEKTRON RAQAMLI IMZODAN FOYDALANISh SOHASIDA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857256"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-6489938">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli ““Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi <a href="/mact/-6485503?ONDATE=07.06.2023 00#-6487582">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857257">“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-64467">Qonunini</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son <a href="/mact/-636453">qarorini </a>ijro etish yuzasidan hamda elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857259">1. Quyidagilar:</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-857260">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6804"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857260">Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-857270)">nizom </a>1-ilovaga muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857261">Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining faoliyat yuritishi tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-857463)">nizom </a>2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2110314"><a href="/mact/-849713?ONDATE=26.09.2005 00#-857262">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2110314">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli <a href="/mact/-2105019?ONDATE=19.12.2012 00#-2107182">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857265">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-857266">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-857267">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-857268">2005-yil 26-sentabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-857269">215-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857270"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-857271">Vazirlar Mahkamasining<br />2005-yil 26-sentabrdagi 215-son <a href="javascript:scrollText(-857250)">qaroriga </a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-857273">Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-857274">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857275"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857277">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857278">1. Mazkur Nizom “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-64467">Qonuniga </a>muvofiq ishlab chiqilgan va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2698311"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2698315">2. Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazi (keyingi oʻrinlarda matnda “Roʻyxatga olish markazi” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida (keyingi oʻrinlarda matnda “Roʻyxatga olish organi” deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs hisoblanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2698319">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/mact/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692476">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857282">3. Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857285">arizani koʻrib chiqishni va Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857286">davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berishni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857287">Roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini berishni oʻz ichiga oladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857290">II. Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857291">4. Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi Roʻyxatga olish organiga <a href="javascript:scrollText(-857432)">1-ilovaga </a>muvofiq shakl boʻyicha ariza beruvchi tashkilotning rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizani yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857292">Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5798758"><a href="/mact/-849713?ONDATE=12.01.2015 00#-2537073">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5798758">(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli <a href="/mact/-5795033?ONDATE=27.12.2021 00#-5795421">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857296">ariza beruvchi tashkilotning rahbari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857297">Roʻyxatga olish organi bilan oʻzaro aloqa qilish tanlangan shaxsga ishonch xati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857298">Roʻyxatga olish markazining axborot xavfsizligi talablarini oʻz ichiga oladigan uning axborot tizimi boʻyicha loyiha hujjatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857299">ochiq kalit (agar u mavjud boʻlsa) va uning qoʻllanish sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumot.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2537082"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2537084">Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2537086">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-2534723?ONDATE=12.01.2015 00#-2535053">qaroriga</a> asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857302">5. Ariza beruvchi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857303">sertifikatlar, litsenziyalar va boshqa texnik hujjatlarni ilova qilgan holda belgilangan sertifikatsiyalangan apparat va litsenziya dasturiy vositalari roʻyxatini taqdim etishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857304">axborot xavfsizligi, texnika xavfsizligi talablariga va yongʻinga qarshi talablarga javob beradigan zarur xonalarga ega boʻlishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857305">maxfiy axborotning saqlanishini va ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilishni taʼminlashga majburdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857306">6. Ariza beruvchi arizada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha ishlarni olib borish uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligini hamda faoliyatni amalga oshirish vakolati berilgan shaxslarning kasbiy yaroqliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga egadir. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857307">7. Roʻyxatga olish organi roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab bir oy muddatda arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857310">8. Arizani koʻrib chiqish jarayonida Roʻyxatga olish organi davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni talab qilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857311">9. Roʻyxatga olish markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857313">III. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857318">10. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Roʻyxatga olish organi davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi. Roʻyxatga olish markazlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857327">Roʻyxatga olish organi rahbari guvohnomalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857329">Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma 5 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857332">11. Quyidagi hollarda Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857333">ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-857291)">4 </a>va <a href="javascript:scrollText(-857302)">5</a>-bandlarida bayon qilingan talablarning bajarilmasligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857335">Oʻzbekiston Respublikasida ana shunday nomdagi Roʻyxatga olish markazi roʻyxatdan oʻtkazilganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857337">ariza beruvchi tashkilot muassislaridan hech boʻlmaganda bittasi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanmasligi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857339">Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror asoslanishi va qaror qabul qilingandan soʻng 3 kun mobaynida yozma shaklda ariza beruvchiga yuborilishi kerak. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857341">12. Roʻyxatga olish organining Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857342">13. Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taqdim etishda bayon qilingan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi bu haqda uch kun muddatda yozma shaklda Roʻyxatga olish organini xabardor qilishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857344">Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolganda (yoʻqotilganda, yoʻq qilinganda va boshqa hollarda) roʻyxatga olish markazining murojaati asosida Roʻyxatga olish organi tomonidan “Dublikat” belgisi bilan yangi guvohnoma beriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857346">IV. Roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini berish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857348">14. Roʻyxatga olish organi<a href="javascript:scrollText(-857448)"> 2-ilovaga </a>muvofiq shakl boʻyicha tuzilgan ariza asosida Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolar kalitlarini tayyorlaydi va elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini (keyingi oʻrinlarda matnda “Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikati” deb yuritiladi) beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857349">Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos kelishini tasdiqlovchi va Roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasiga berilgan hujjat Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857350">Ustav, shartnoma, tegishli xatti-harakatlari sodir etish huquqiga ishonchnoma asosida Roʻyxatga olish markazi nomidan ish koʻruvchi uning xodimi Roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857351">Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qoʻygan) va uning nomiga Roʻyxatga olish markazi tomonidan Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi (keyingi oʻrinlarda matnda “elektron raqamli imzo egasi” deb yuritiladi) hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857354">15. Vakolatli shaxslarning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini olish uchun Roʻyxatga olish markazi Roʻyxatga olish organiga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlariga kiritish uchun zarur boʻlgan ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ularning oʻz qoʻli bilan qoʻyilgan imzolari, ariza beruvchi tashkilotning rahbari imzosi va dumaloq (rasmiy) muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotlarni qogʻoz hujjat shaklida taqdim etishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857355">16. Vakolatli shaxsning elektron raqamli imzo kaliti sertifikati elektron hujjat shaklda hamda ikki nusxada qogʻoz hujjat shaklida yaratiladi. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlari Roʻyxatga olish organi masʼul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi hamda sertifikat egasi (vakolatli shaxs)ning oʻz qoʻli bilan imzolanadi. Qogʻoz hujjat shaklidagi sertifikatning bir nusxasi vakolatli shaxsga beriladi. Sertifikatning qogʻoz hujjat shaklidagi ikkinchi nusxasi Roʻyxatga olish organida saqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857357">17. Sertifikat pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjat koʻrsatilgan holda shaxsan vakolatli shaxs tomonidan olinadi. Sertifikat egasi sertifikat qogʻoz hujjat shaklida va elektron hujjat shaklda olinganligi toʻgʻrisida tegishli jurnalga imzo chekadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857358">V. Roʻyxatga olish markazini qayta roʻyxatga olish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857360">18. Roʻyxatga olish markazi Roʻyxatga olish markazining muassisi (muassislari) nomi, manzili oʻzgarishi, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857361">19. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin Roʻyxatga olish markazi guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan kamida bir oy oldin qayta roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857362">Qayta roʻyxatga olish roʻyxatga olish singari tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857363">VI. Roʻyxatga olish markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va uni bekor qilish </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024569"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024571">20. Roʻyxatga olish markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Roʻyxatga olish markazi faoliyatida qonunchilik va mazkur Nizom talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda Roʻyxatga olish organining qarori bilan toʻxtatib turilishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024575">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938245">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857365">21. Roʻyxatga olish markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma quyidagi hollarda Roʻyxatga olish organi qarori bilan bekor qilinishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857366">ariza beruvchi tashkilotning arizasiga koʻra;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857367">davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishiga koʻra;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857368">Roʻyxatga olish markazini taʼsis etgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bekor qilinganda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857370">Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning bekor qilinishi shuningdek:</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024602"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024605">qonunchilikka, shu jumladan axborot xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka muntazam ravishda rioya qilinmagan taqdirda; </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024612">(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938245">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857372">davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan qonunni buzishlar Roʻyxatga olish organi tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024616"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024618">qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qarori boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024621">(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938245">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857374">22. Roʻyxatga olish organining Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Roʻyxatga olish markazi belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857375">23. Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgandan yoki bekor qilingandan keyin Roʻyxatga olish organi tomonidan Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reyestriga yozuv qayd etiladi va Roʻyxatga olish markaziga rasmiy bildirishnoma yuboriladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024626"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024630">24. Roʻyxatga olish markazini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024634">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938245">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857377">25. Roʻyxatga olish markazi tugatilgan taqdirda ushbu Roʻyxatga olish markaziga berilgan elektron raqamli imzo kalitlari reyestri va elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari elektron raqamli imzo egalarining roziligi bilan boshqa Roʻyxatga olish markazlariga berilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857378">Boshqa Roʻyxatga olish markazlariga berilmagan elektron raqamli imzo kalitlari reyestri va elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bekor qilinadi va saqlash uchun Roʻyxatga olish organiga beriladi. Elektron raqamli imzoning ochiq kalitlaridan foydalanuvchilar bundan xabardor qilinadi. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzoning ochiq kalitlaridan foydalanuvchi (keyingi oʻrinlarda “Elektron imzodan foydalanuvchi” deb yuritiladi) hisoblanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857379">VII. Roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857380">26. Roʻyxatga olish organi roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalanishini taʼminlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857401">27. Yagona davlat reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857402">quyidagilarni oʻz ichiga oladigan Roʻyxatga olish markazi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857403">Markazning nomi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857404">pochta manzili; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857406">telefon/faks raqami; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857408">elektron pochta manzili;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857411">davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana, tartib raqami va uning amal qilish muddati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857413">davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi, amal qilishining toʻxtatib turilishi va qayta tiklanishi, bekor qilinishining asosi va sanasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857415">Markazning vakolatli shaxslari — elektron raqamli imzo egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857416">elektron raqamli imzo kaliti sertifikati uzaytirilishi, toʻxtatib turilishi, qayta tiklanishi va bekor qilinishining asosi va sanasi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857417">28. Roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi kalitlari sertifikatlaridan faqat davlat yagona reyestriga kiritilgandan keyin foydalanish mumkin. Ushbu sertifikatlardan imzolar kalitlari sertifikatlarini tasdiqlash bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857418">29. Sertifikat yagona davlat reyestridan chiqarilgandan keyin Roʻyxatga olish organi bir ish kuni mobaynida Roʻyxatga olish markaziga tegishli bildirishnoma yuboradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857420">Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining sertifikati yagona davlat reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857423">30. Foydalanilayotgan elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga ishonch yoʻqolgan taqdirda Roʻyxatga olish markazi Roʻyxatga olish organini bundan xabardor qiladi. Roʻyxatga olish organi bildirishnoma olingandan keyin sertifikatning amal qilinishini toʻxtatib qoʻyadi va mazkur Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining sertifikatini bekor qilingan sertifikatlar roʻyxatiga kiritadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857424">VIII. Yakuniy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857426">31. Mazkur Nizomni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857432"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-857435">Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-857270)">nizomga</a><br /> 1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-857440">Elektron raqamli imzo kalitlarini Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-857442">A R I Z A </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857443"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857445">Ariza beruvchi tashkilot blankasiga</a></div><div class="TEXT_RIGHT"><a id="-877758">Kimga: _____________________________ <br />(Roʻyxatga olish organining nomi) </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-877759">Elektron raqamli imzo kalitlarini Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida<br /> A R I Z A </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877760">1. ___________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877761">(ariza beruvchining—yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877762">_____________________________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877763">___________________________________ ni roʻyxatdan oʻtkazishni iltimos qiladi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877764">(Roʻyxatga olish markazining nomi va manzili)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877765">2. Xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877766">Bank hisob varagʻi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877767">MFO</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877768">3. Pochta manzili:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877769">4. Telefon, faks, elektron pochta:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877770">5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877771">1) _____________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877772">2) _____________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877773">3) _____________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877774">4) _____________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877775">5) _____________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877776"><br />muhr </a></div><div class="TEXT_RIGHT"><a id="-877777">Ariza beruvchi tashkilot rahbari<br /> /imzo/ <br />______________________________________ <br />(Rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi) </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857448"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-857450">Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-857270)">nizomga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-857456">Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatini tayyorlashga va kalitlar sertifikatlari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishga </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-857457">A R I Z A </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857458"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857461">Elektron raqamli imzo kalitlarini <br /></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877778">Roʻyxatdan oʻtkazish markazining blankasida </a></div><div class="TEXT_RIGHT"><a id="-877779">Kimga: _____________________________ <br />(Roʻyxatga olish organining nomi) </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-877780">Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatini tayyorlashga va kalitlar sertifikatlari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishga <br />A R I Z A </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877781">Nomlariga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilishi zarur boʻlgan vakolatli shaxslar roʻyxati:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877782">1. Vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877783">2. Vakolatli shaxsning lavozimi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877784">3. Pasportiga doir maʼlumotlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877785">4. Pochta manzili.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877786">5. Telefon/faks.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877787">6. Elektron pochta. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-877788">muhr</a></div><div class="TEXT_RIGHT"><a id="-877789">Elektron raqamli imzo kalitlarini<br /> Roʻyxatga olish markazi rahbari <br />/imzo/ ______________________________________ <br />(Rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi) </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857463"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-857465">Vazirlar Mahkamasining <br />2005-yil 26-sentabrdagi 215-son <a href="javascript:scrollText(-857250)">qaroriga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-857468">Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-857469">NIZOM </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-857471"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857474">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857476">1. Ushbu Nizom “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-64467">Qonuniga </a>muvofiq ishlab chiqilgan hamda elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining (keyingi oʻrinlarda matnda “Roʻyxatga olish markazi” deb yuritiladi) funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilab beradi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024640"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024645">2. Roʻyxatga olish markazlari oʻz faoliyatida “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-64467">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligiga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024656">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857479">II. Roʻyxatga olish markazlarining asosiy funksiyalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857481">3. Quyidagilar roʻyxatga olish markazlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857483">elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlarini yaratish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857485">elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini va uning maxfiyligini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857487">elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritish, uning oʻz vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857489">yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qogʻoz hujjatlar shaklida berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857490">elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash, shuningdek ularni bekor qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857491">yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining koʻchirma nusxalari berilishini, shuningdek elektron raqamli imzo kalitlarining toʻxtatib turilgan va bekor qilingan sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan erkin foydalanilishini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857495">yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857497">elektron raqamli imzoli qogʻozdagi elektron hujjatlarning koʻchirma nusxalarini tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857499">elektron raqamli imzo kalitining sertifikatidan bundan buyon foydalanish imkoniyatiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857501">elektron raqamli imzo yopiq kalitining egalarini elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalariga oʻqitish imkoniyatini taʼminlash.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857503">III. Roʻyxatga olish markazlari faoliyatiga qoʻyiladigan asosiy talablar </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2698322"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2698326">4. Roʻyxatga olish markazi elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish boʻyicha oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida (keyingi oʻrinlarda matnda “Roʻyxatga olish organi” deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin va Roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikati olingandan keyin amalga oshirishi kerak.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2698330">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/mact/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692477">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857507">5. Roʻyxatga olish markazi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857508">elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, kalitlar sertifikatlarini saqlash, shakllantirishning sertifikatlashtirilgan apparat vositalariga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857510">litsenziyali tizimli va amaliy dasturiy taʼminlashga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857513">elektron raqamli imzo kalitlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha zarur hujjatlarga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857515">axborotlarni muhofaza qilish sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857520">maxfiy axborot saqlanishini taʼminlaydigan sharoitlarga ega boʻlishi kerak.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024658"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024661">6. Elektron raqamli imzo vositalarini sertifikatsiyalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024662">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857524">7. Roʻyxatga olish markazining axborot tizimi belgilangan talablarga muvofiq ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilingan boʻlishi kerak.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857526">IV. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857528">8. Elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga koʻra Roʻyxatga olish markazi tomonidan beriladi. Murojaat qilgan shaxs elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olish uchun Roʻyxatga olish markazining ommaviy ofertasi bilan oldindan tanishishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857531">9. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish uchun murojaat qilgan shaxs elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olish uchun imzolangan ariza taqdim etishi kerak. Imzolangan ariza ommaviy ofertada belgilangan shartlarga rozilikdan dalolat beradi. Arizani koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857533">10. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olish uchun beriladigan ariza shakli hamda Roʻyxatga olish markazi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, shuningdek elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrini yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati Roʻyxatga olish markazi tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857535">Roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlarni soʻrab olish taqiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857537">11. Ariza berilgunga qadar ariza beruvchi elektron raqamli imzo kalitini mustaqil yaratishi va uni roʻyxatga olish uchun Roʻyxatga olish markaziga taqdim etishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857539">Elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish yuridik va jismoniy shaxslarning arizasiga koʻra Roʻyxatga olish markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857541">12. Elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini yaratishda Roʻyxatga olish markazi bir vaqtning oʻzida elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857543">13. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo egasiga elektron hujjat shaklida va qogʻoz hujjat shaklida beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857545">14. Yuridik va jismoniy shaxslar elektron raqamli imzoning bir nechta kalitlariga ega boʻlishi mumkin. Elektron raqamli imzo har bir kalitining sertifikati belgilangan tartibda alohida roʻyxatga olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857546">15. Elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kalitlarini yaratish, elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish boʻyicha xizmatlar pulli hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857553">Koʻrsatiladigan pulli xizmatlar tarkibi va qiymati belgilangan tartibda shartnomaviy asosda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857555">16. Roʻyxatga olish markazi oʻzi tomonidan yaratilgan elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kalitlari muhofaza qilinishini taʼminlashi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857557">17. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857560">elektron raqamli imzoning egasi boʻlgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857563">agar elektron raqamli imzoning egasi yuridik shaxsning vakili boʻlsa, shu yuridik shaxsning nomi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857566">elektron raqamli imzoning tartib raqami va amal qilish muddati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857568">elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857572">elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin boʻlgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857576">mazkur sertifikatni bergan Roʻyxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857578">elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857581">elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrining elektron manzili.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857584">Elektron raqamli imzo egasi tashabbusi bilan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2426638"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2426639">18. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Keyinchalik elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati shartnoma bilan uzaytiriladi, biroq ikki martadan ortiq uzaytirilmaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2426640">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 185-sonli <a href="/mact/-2425099?ONDATE=14.07.2014 00#-2425132">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 343-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857590">19. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857596">20. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi Roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va Roʻyxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa Roʻyxatga olish markazida saqlanadi. Roʻyxatga olish markazida saqlanadigan elektron raqamli imzo kaliti sertifikati nusxasi elektron raqamli imzo egasi tomonidan imzolanishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857598">21. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berishda Roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo egasiga elektron raqamli imzodan foydalanish va uni saqlash qoidalari toʻgʻrisida, shuningdek elektron raqamli imzo egasining majburiyatlari va javobgarligi toʻgʻrisida toʻliq axborot berilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857601">22. Elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini Roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857604">V. Elektron raqamli imzo ochiq kalitlari foydalanuvchilariga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari koʻchirma nusxalarini berish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857612">23. Roʻyxatga olish markazi yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga binoan elektron hujjatlar shaklida va/yoki qogʻoz hujjatlar shaklida elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining koʻchirma nusxalarini berishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857615">24. Yuridik va jismoniy shaxsga beriladigan qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kaliti sertifikati koʻchirma nusxasi Roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857617">25. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati koʻchirma nusxasi quyidagi majburiy rekvizitlarni oʻz ichiga oladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857618">elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining seriyali tartib raqami; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857620">elektron raqamli imzo egasining identifikatsiya maʼlumotlari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857622">elektron raqamli imzo kalitining sertifikati nashr etuvchisining identifikatsiya maʼlumotlari (Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatidan identifikatsiya maʼlumotlari); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857625">Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzo vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857628">elektron raqamli imzo egasining elektron raqamli imzo kaliti va uning shakllantirilishi qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857630">elektron raqamli imzo kalitidan va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatidan foydalanish sohalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857632">Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining oʻz qoʻli bilan qoʻygan imzosi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857634">elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857636">Roʻyxatga olish markazi muhri.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857638">26. Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining koʻchirma nusxalarini berishga doir xizmatlar Roʻyxatga olish markazi tomonidan bepul koʻrsatiladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857641">VI. Imzolangan qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo elektron hujjatlar koʻchirma nusxalarini tasdiqlash </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857643">27. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron hujjatning tasdiqlangan koʻchirma nusxasida quyidagilar boʻlishi kerak:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857644">elektron raqamli imzo;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857649">elektron hujjatni joʻnatuvchining — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857651">elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta manzili va elektron pochta manzili; uning yaratilgan sanasi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857664">Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining oʻz qoʻli bilan qoʻygan imzosi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857665">Roʻyxatga olish markazi muhri.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024666"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024668">28. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron hujjatning koʻchirma nusxasi amaldagi qonunchilik talablariga va davlat standartlariga muvofiq boʻlishi, shuningdek “Elektron hujjatning koʻchirma nusxasi” majburiy belgisiga ega boʻlishi kerak</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024671">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857740">VII. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrini yuritish va ularni saqlash tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857742">29. Kalitlar sertifikatlari reyestri qogʻoz va elektron shaklda yuritiladi, elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar uchun uning elektron versiyasiga kirish bemalol boʻlishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857746">30. Roʻyxatga olish markazi elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestri oʻz vaqtida yangilanib borilishini taʼminlashi shart. Reyestrdagi oʻzgartirishlar elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, toʻxtatib turish va uning amal qilishini tiklash hamda uni bekor qilish vaqtidan boshlab amalga oshirilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857747">31. Reyestrda elektron hujjatlar shaklida berilgan, amalda boʻlgan, toʻxtatib qoʻyilgan va bekor qilingan elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari boʻlishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857748">32. Roʻyxatga olish markazining kalitlar sertifikatlari reyestrida elektron raqamli imzo egasi toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857749">elektron raqamli imzo egasining familiyasi, ismi va otasining ismi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857750">pochta manzili; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857751">telefon/faks raqami; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857752">elektron pochta manzili; .</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857753">soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857754">elektron raqamli imzo kaliti sertifikati amal qilishini uzaytirish, toʻxtatib turish va qayta tiklash, uni bekor qilish asosi va sanasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857755">33. Roʻyxatga olish markazida elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini saqlash tartibi va muddati Roʻyxatga olish markazi va elektron raqamli imzo egasi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857756">34. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini saqlash muddati tugagandan keyin u Roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestridan chiqariladi va arxivda saqlash rejimiga oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857757">35. Bekor qilingan elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kaliti sertifikati Roʻyxatga olish markazida kamida uch yilgacha saqlanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024673"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024674">36. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kaliti sertifikati qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024675">(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857760">VIII. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857761">37. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish elektron raqamli imzo egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857764">38. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish muddati ushbu elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857766">39. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilganda Roʻyxatga olish markazi Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda uch kun mobaynida bu toʻgʻrisida elektron raqamli imzo egasini yozma ravishda xabardor qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857768">40. Elektron raqamli imzo kaliti ushbu sertifikatining amal qilishini qayta tiklash elektron raqamli imzo egasining arizasiga asosan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilgan muddat mobaynida amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857769">41. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikati elektron raqamli imzo egasining arizasiga asosan bekor qilinadi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bekor qilish uchun ariza ariza beruvchi tomonidan elektron yoki qogʻoz shaklida beriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857771">42. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikati shuningdek Roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo egasining roziligisiz quyidagi hollarda: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857774">ushbu sertifikatning amal qilish muddati tugaganda; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857776">elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilishiga asos boʻlgan hujjatning amal qilishi toʻxtatilganda; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857780">elektron raqamli imzo kalitining egasi “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining <a href="/mact/-64467#-64819">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollar aniqlanganda; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857782">elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilgan muddat tugaganda va uni qayta tiklash uchun elektron raqamli imzo egasining arizasi mavjud boʻlmaganda bekor qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857784">43. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini bekor qilish elektron raqamli imzo egasining arizasi olingan yoki ushbu Nizomning <a href="javascript:scrollText(-857771)">42-bandida </a>bayon qilingan holatlar vujudga kelgan kunda Roʻyxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857786">44. Elektron raqamli imzo kaliti bekor qilingandan keyin Roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestriga yozuv kiritiladi va uning egasiga rasmiy bildirishnoma (bekor qilingan sertifikatlar roʻyxati) yuboriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857789">IX. Roʻyxatga olish markazlarining huquq va majburiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857791">45. Roʻyxatga olish markazi tegishli yopiq kalitga putur yetkazish holati aniqlangan taqdirda, bekor qilingan elektron raqamli imzo kaliti sertifikati egasini xabardor qilgan hamda asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bekor qilish huquqiga egadir. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857793">46. Roʻyxatga olish markazi aybi bilan elektron raqamli imzo egasining yopiq kalitiga putur yetkazilganda, Markaz elektron raqamli imzo egasi oldida yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgar boʻladi, shuningdek elektron raqamli imzo egasiga yangi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bepul tayyorlaydi va beradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857794">47. Roʻyxatga olish markazi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857796">Roʻyxatga olish markazidan belgilangan tartibda foydalanish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857798">Roʻyxatga olish organini axborot texnologiyalaridagi, vositalar tarkibi va joylashuvidagi hamda axborotlashtirish tizimlaridagi, ulardan foydalanishda chora-tadbirlar samaradorligi va axborotlarni muhofaza qilish vositalariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlardagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857800">Roʻyxatga olish organiga quyidagilarni taqdim etishi shart: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857801">davlat roʻyxatidan oʻtgan Roʻyxatga olish markazining faoliyati yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar; </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024687"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024688">qonunchilikda belgilangan va cheklangan tartibda boshqa zarur axborotlar, hujjatlar va materiallar; </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024692">(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857804"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857805">Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzo yopiq kalitidan faqat ularga berilgan ochiq kalitlar sertifikatlari imzosi va bekor qilingan sertifikatlar roʻyxatlari uchun foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857807">ushbu Nizomga muvofiq Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining yopiq kalitini muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857808">elektron raqamli imzo egalarining roʻyxatga olish axborotlarini oshkor qilmaslik, elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari egalarini identifikatsiyalash uchun foydalaniladigan va tayyorlanayotgan sertifikatlarga kiritiladigan axborotlar bundan mustasno;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024695"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024698">roʻyxatga olingan elektron raqamli imzo egasiga uning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlashtirilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda yopiq va ochiq kalitlar tayyorlash;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024701">(47-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857811">kalitlar paydo boʻlishi tartib-qoidasini bajaruvchi dasturiy va/yoki apparat vositalaridan foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq kalitni oʻzga maʼlumotlar manbaiga yozib qoʻyish; </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6024703"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6024706">kalitlar paydo boʻlishi tartib-qoidasini bajarish va faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlashtirilgan dasturiy va/yoki apparat vositalaridan foydalangan holda kalitlarni oʻzga maʼlumotlar manbaiga yozish;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6024710">(47-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938246">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857814">elektron raqamli imzo egalarining tayyorlanadigan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish (seriyali) tartib raqamlarining noyobligini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857816">elektron raqamli imzo foydalanuvchilarining tayyorlangan ochiq kalitlari sertifikatlaridagi ochiq kalitlar ahamiyatining noyobligini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857818">toʻliq Internet manzil — URLni Roʻyxatga olish markazi foydalanuvchilarining elektron raqamli imzo kalitlarining nashr etilayotgan sertifikatlari elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestriga kiritish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857819">X. Elektron raqamli imzo foydalanuvchilari va egalarining huquq va majburiyatlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857822">48. Elektron raqamli imzo foydalanuvchisi quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857824">Roʻyxatga olish markazi tomonidan tayyorlangan, berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan va bekor qilingan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatlarini olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857826">Roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini elektron shaklda olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857829">Roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrida boʻlgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikati koʻchirma nusxasini elektron shaklda olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857830">Roʻyxatga olish markazi tomonidan tayyorlangan bekor qilingan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatini elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari maqomini tekshirish uchun qoʻllash.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857832">49. Elektron raqamli imzo egasi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini yangilash uchun soʻrov yuborish huquqiga ega. Soʻrov Roʻyxatga olish markaziga amalda boʻlgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin yuborilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857834">50. Roʻyxatga olish tartib-qoidasidan oʻtgan elektron raqamli imzo egalari ushbu Nizom va tegishli shartnoma bilan belgilanadigan hajmda roʻyxatga olish va identifikatsiya axborotini taqdim etishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857836">51. Elektron raqamli imzo egasi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857838">yopiq kalitni maxfiy saqlashi, uning yoʻqotilishi, oshkor boʻlishi, oʻzgartirilishi yoki undan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarini koʻrishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857839">agar unga ushbu kalitlardan foydalanilayotganligi yoki ilgari boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi maʼlum boʻlsa, elektron raqamli imzo yopiq kalitlaridan foydalanmasligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857840">elektron raqamli imzo yopiq kalitidan faqat sertifikatda belgilangan tegishli sohalarda foydalanish ruxsat berilgan maqsadlarda foydalanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857843">elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan Roʻyxatga olish markazini qonun buzilishlari yoki elektron raqamli imzo yopiq kalitiga kirish rejimini buzish mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini toʻxtatib turishni yoki uni bekor qilishni talab qilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857845">oʻz vakili hisoblangan yuridik shaxsni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida Roʻyxatga olish markaziga xabardor qilishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857846">52. Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo egasi toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarning muhofaza qilinishini taʼminlashi lozim.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-857848">XI. Yakuniy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-857854">53. Mazkur Nizomni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2110315"><a href="/mact/-849713?ONDATE=26.09.2005 00#-857855">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2110315">(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli <a href="/mact/-2105019?ONDATE=19.12.2012 00#-2107182">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-857255">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 297-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 28-son, 343-modda, 37-son, 473-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 26-son, 338-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
