Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tizimining boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatish sohasida noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining shu yil 1-martdan boshlab:
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi xodimlarining cheklangan sonini 134 nafar etib belgilab (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), qoʻmita markaziy apparati maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini 25 foizga qisqartirish haqidagi taklifi qabul qilinsin. Apparat tuzilmasiga
1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin;
“Agromashservis” viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) aksiyadorlik birlashmalari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini 20 foizga;
“MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini 15 foizga qisqartirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Agromashservis” aksiyadorlik birlashmalarining va “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlarining namunaviy tuzilmalariga
2 va
3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-martdagi 152-son qaroriga
1a-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov)ga:
maʼmuriy-boshqaruv xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qisqartirilishini taʼminlash va qoʻmitaning koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
1998-yil 15-aprelgacha barcha tarkibiy boʻlinmalarda maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish;
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, Oliy xoʻjalik sudining oʻquv markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Bozor munosabatlari oʻquv-konsalting markazida kurslarda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xoʻjalik yuritish prinsiplari va usullariga oʻqitilishini tashkil etish topshirilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.