Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalarining tugatiladigan hunar-texnika taʼlimi boʻlimlari va metodik kabinetlari shtatlari hisobiga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari 1—4
*-ilovalarga muvofiq tashkil etilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan rahbarlik qiladilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan tayinlanadilar.