Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ilovaga
* muvofiq zarur mablagʻlar ajratilsin.
2. Belgilansinki, “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar)ning, shu jumladan xorijiy hamda qoʻshma korxonalar (tashkilotlar)ning musiqa va raqs sanʼati sohasida shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish yuzasidan buyurtmanomalarini Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son
qarorida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha taklif kiritadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.