Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 16-fevraldagi 1, 338-V-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2767, 2016-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 100-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) ilovaning
321-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-son “Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3552, 2024-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son) ilovaning
64-bandi.