OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Tojikiston Respublikasidagi voqealar tufayli yuz bergan vaqtinchalik ogʻir vaziyat munosabati bilan Tojikiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlariga murojaatiga javoban ushbu respublika aholisiga insonparvarlik yordami koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Kotibi oʻrtoq R. R. Rajabovning va Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekovning Oʻzbekistonning Tojikistondagi insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha vakillari ishi, uning hajmlari va muddatlari toʻgʻrisidagi axboroti, shuningdek, MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Bishkek shahridagi kengashida qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tojikiston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur xalq isteʼmoli mollari, dori-darmonlar ilovaga
* muvofiq yuborilsin.
3. Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi (oʻrtoq Jeltouxov), Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi (oʻrtoq Axmetov), Mudofaa vazirligi (oʻrtoq Ahmedov), Ichki ishlar vazirligi (oʻrtoq Almatov), Davlat bojxona qoʻmitasi (oʻrtoq Abdugʻaniyev) insonparvarlik yordami yuklarining Tojikiston Respublikasiga toʻsiqsiz tashilishini, saqlanishini va oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
4. Insonparvarlik yordami yuklari yuborilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi hisobidan ajratilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B. I. Bugrov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq A. N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.