Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika korxonalarida tayyorlanayotgan teri, moʻyna xomashyosi va qorakoʻlni yanada toʻliq qayta ishlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Teri, moʻyna xomashyosi va qorakoʻl eksportini tartibga solish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Tayyorlanayotgan xomashyoni raqobatbardosh mahsulot qilib yanada chuqurroq qayta ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Mahalliy sanoat” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan xomashyoni qayta ishlovchi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar, ulardan samarali foydalanish, ularni texnika bilan qayta jihozlash, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda qayta jihozlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasida savdoni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 1-ilovadan
5-band chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M .Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.