toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TERI, MO‘YNA XOM AShYoSI VA QORAKO‘L TAYYORLAShNI VA ULARNI RESPUBLIKADAN TAShQARIGA OLIB ChIQIB KETIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika korxonalarida tayyorlanayotgan teri, mo‘yna xomashyosi va qorako‘lni yanada to‘liq qayta ishlash maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teri, mo‘yna xomashyosi va qorako‘l eksportini tartibga solish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
3. Tayyorlanayotgan xomashyoni raqobatbardosh mahsulot qilib yanada chuqurroq qayta ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekbirlashuv, “Mahalliy sanoat” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan xomashyoni qayta ishlovchi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar, ulardan samarali foydalanish, ularni texnika bilan qayta jihozlash, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda qayta jihozlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida savdoni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 1-ilovadan 5-band chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M .Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-avgust,
366-son