1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShqARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
Qarori
Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 19-mayda 1358-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 395-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-fevraldagi 1-sonli majlisi bayonining 9-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.