

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;18.10.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-838054" id="onLBC-838054">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8849"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-838054" id="onLS-838054">[<b>TSZ:</b><div id="LS3748"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-838068" id="-838068">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-838069" id="-838069">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-838073" id="-838073">DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TOʻGʻRILIGINI TEKShIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-904740" id="-904740"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5688752" id="-5688752">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5681623?ONDATE=18.10.2021 00#-5684857">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904749" id="-904749">Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904752" id="-904752">1. Respublikaning barcha mintaqalarida debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini yoppasiga solishtirib chiqish ishlari tashkil etilganligi, ularning natijalari belgilangan muddatlarga muvofiq Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga taqdim etilishi kerakligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904754" id="-904754">2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish <a href="/mact/-838054#-904777">tartibi </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904755" id="-904755">3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari va tegishli tarmoq idoralari rahbarlaridan iborat 2-ilovaga<a href="/mact/-838054#-990358">*</a> muvofiq tarmoq ekspert komissiyalari tuzilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-990358" id="-990358">* 2-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904758" id="-904758">4. Tarmoq ekspert komissiyalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904759" id="-904759"><a href="/mact/-838054#-904921">3-ilovada </a>koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlariga qarashli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini 1998-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra tasdiqlangan tartibga muvofiq tarmoqlar boʻyicha tekshirib chiqsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904762" id="-904762">oʻtkazilgan tekshirishlarning yakuniy materiallarini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish boʻyicha takliflari Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga 1998-yil 1-sentabrgacha taqdim etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904764" id="-904764">5. Oʻzlariga qarashli xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida va toʻliq tekshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904769" id="-904769">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-904770" id="-904770">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-904772" id="-904772">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-904774" id="-904774">1998-yil 4-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-904775" id="-904775">332-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-904777" id="-904777"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-904785" id="-904785">Vazirlar Mahkamasining 1998-yil<br />4-avgustdagi 332-son <a href="/mact/-838054#-838068">qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-904833" id="-904833">Respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini oʻzaro tekshirish </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-904836" id="-904836">TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-904840" id="-904840"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904843" id="-904843">1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1998-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra xizmat koʻrsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904847" id="-904847">Axborotni toʻplash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904848" id="-904848">2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini oʻzaro tekshirish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari boʻyicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904851" id="-904851">3. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904853" id="-904853">barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻliq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish sifatli oʻtkazilishi taʼminlanishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904857" id="-904857">debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish natijalarini umumlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904859" id="-904859">Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun bajarilgan ish yakunlari boʻyicha va undirib olinishi gumon boʻlgan oʻzaro qarzdorlik miqdorlari toʻgʻrisida takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904861" id="-904861">4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik toʻgʻriligini tekshirish oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi hamda muddatni va toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek oʻzaro qarzlar boʻyicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904863" id="-904863">5. Oʻzaro qarzdorlik toʻgʻriligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar joyning oʻziga borib kreditorlik qarzi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan oʻz qarzlarini solishtirib chiqadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904864" id="-904864">6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari bosh daftar bilan solishtirib chiqilgan dalolatnoma jurnallar yoki kundalik kirim-chiqim dalolatnomalari asosida schyotlar boʻyicha (09, 19, 45, 60, 61, 62, 63, 64, 65, 67, 68, 69, 70, 71, 73, 75, 76, 78) debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904866" id="-904866">7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligi uzil-kesil tekshirib chiqilgandan keyin mazkur Tartibga ilova<a href="/mact/-838054#-990377">*</a> boʻyicha maʼlumotlar toʻldiriladi. Ushbu maʼlumotlarda tizim ichki qarzdorligi, respublika doirasida va uning tashqarisidagi qarzdorlik (MDH mamlakatlari va olis xorij mamlakatlari boʻyicha) alohida satrda koʻrsatiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan gʻayriqonuniy ravishda undirilganligi tufayli paydo boʻlgan debitor qarzdorlik miqdori ham alohida koʻrsatiladi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-990377" id="-990377">* Ilovalar <a href="/mact/762856#-764321">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904868" id="-904868">Bundan tashqari, kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumotlarda Hukumat qarorlariga koʻra muddati kechiktirilgan kreditorlik qarzlari ajratib koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904869" id="-904869">Xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlariga solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari maʼlumotlarda koʻrsatib qoʻyilgan mablagʻni tekshirish va umumlashtirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904871" id="-904871">Tuman statistika organlari, xizmat koʻrsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi maʼlumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini maʼlumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat koʻrsatuvchi banklarda qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904873" id="-904873">Agar xoʻjalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobi va hisoboti oʻz holiga tashlab qoʻyilgan boʻlsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, maʼlumotlarda qoloqlikka yoʻq qoʻyilgan boʻlsa, bu haqda qayt etib qoʻyiladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yoʻl qoʻyilgan qoidani buzishlar, hujjatlar yoʻqolib qolishi hollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlariga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904876" id="-904876">Xizmat koʻrsatuvchi banklar va soliq organlari joyning oʻziga borib maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda maʼlumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat boʻlganda taʼsir koʻrsatishning tegishli chora-tadbirlari koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904877" id="-904877">8. Har bir debitor yoki kreditor boʻyicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning oʻz qarzlarini kelishilgan miqdorda tan olganligi toʻgʻrisidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda debitor yoki kreditorga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904880" id="-904880">9. Agar debitor (kreditor) tugatilgan boʻlsa yoki uning joylashgan joyi aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904881" id="-904881">10. Har bir debitor (kreditor) boʻyicha qarzdorlik miqdori izchil ravishda ular hosil boʻlishi muddatlari boʻyicha (60 kungacha, 60 kundan 1 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904883" id="-904883">11. Qarzdorlikning toʻgʻriligini oʻzaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari 2-kartotekadagi toʻlov hujjatlarini solishtirib chiqish dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904885" id="-904885">12. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar toʻldiriladi. Jadvallarda xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari yozib qoʻyilishi shart. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi qoʻyilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, jadvallarning nusxalari bankning xizmat koʻrsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. Jadvallar ham qogʻozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel elektron jadvallari) taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904887" id="-904887">13. Toʻplangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni vaqtda toʻplangan maʼlumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904889" id="-904889">14. Xizmat koʻrsatuvchi banklarning boʻlimlari xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olingan maʼlumotlarni vazirliklar boʻyicha umumlashtiradilar va xizmat koʻrsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalariga yuboradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904890" id="-904890">15. Xizmat koʻrsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalari maʼlumotlarning tumanlar boʻyicha tuzilishi toʻgʻriligini tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar boʻyicha solishtirib chiqadilar hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va xizmat koʻrsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904892" id="-904892">16. Xizmat koʻrsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish boʻyicha takliflar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish boʻyicha tarmoq ishchi komissiyalariga yuboradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-904894" id="-904894">17. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritadilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-904921" id="-904921"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-904923" id="-904923">Vazirlar Mahkamasining 1998-yil<br />4-avgustdagi 332-son <a href="/mact/-838054#-838068">qaroriga</a><br />3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-904926" id="-904926">Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligi tekshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-904927" id="-904927">roʻyxati</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-904929" id="-904929"></div></div><div class="BY_DEFAULT" id="theDefCssID"><div name="-904931" id="-904931" class="tabBox"><table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 2px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; PADDING-TOP: 0px; TOP: 0px" cellspacing="1" cols="3" border="1">
<colgroup>
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="WIDTH: 67px; TEXT-ALIGN: center">
<p align="center">T/r</p></td>
<td>
<p align="center">Vazirlik (idora)</p></td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">
<p align="center">Xizmat koʻrsatuvchi bank</p></td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">1‎</td>
<td>“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Oʻzsanoatqurilishbank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">2‎</td>
<td>“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">3‎</td>
<td>“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Oʻzsanoatqurilishbank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">4‎</td>
<td>Energetika vazirligi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Oʻzsanoatqurilishbank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">5‎</td>
<td>Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">6‎</td>
<td>“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Asakabank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">7‎</td>
<td>“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi (qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">Oʻzmevasabzavotbank, “Paxta-bank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">8‎</td>
<td>Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Paxta-bank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">9‎</td>
<td>“Qishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Paxta-bank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">10‎</td>
<td>“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">11‎</td>
<td>“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki</td></tr></tbody></table></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
