1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer qaʼridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yer qaʼridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-martdagi 133-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolarga chiqarishning boshlangʻich narxlarini qayta tasdiqlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomani “birinchi kelgan birinchi oladi” tamoyiliga asosan rasmiylashtirganda, elektron onlayn-auksion savdolarga chiqarishning boshlangʻich narxlari miqdorida toʻlovni undirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishning boshlangʻich narxini har bir gektariga bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravaridan 100 baravarigacha oshirish.
2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
2026-yil 1-oktabrga qadar qazib olish faoliyati uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning boshlangʻich narxini aniqlashda foydali qazilmalar zaxiralari bahosini hisoblash tartibi tasdiqlanishini;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2027-yil 1-martga qadar kon va istiqbolli maydonlarni oʻzlashtirish ishlarini jadallashtirish uchun respublikadagi yer qaʼri uchastkalari kadastr kvadratlariga oid maʼlumotlar “Geomonitoring” axborot tizimiga joylashtirilishini taʼminlasin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-iyul,
421-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 421-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-martdagi 133-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga muvofiq. Bunda ushbu qaror va farmoyishlarga asosan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilganda, talabgor tomonidan savdoga chiqarishning boshlangʻich narxi miqdorida mablagʻlar toʻlanadi hamda mazkur mablagʻlar “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq taqsimlanadi”;
“Bunday hollarda auksionga qoʻyilgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha “birinchi kelgan birinchi oladi” tamoyiliga binoan arizalarni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib chiqish tashabbus qilinganda, u Kon-geologiya vazirligining qaroriga asosan auksiondan chiqarilishi mumkin. Bunda ushbu arizalarga asosan ruxsatnoma rasmiylashtirilganda yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi miqdoridagi toʻlovni amalga oshiradi. Ushbu mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori boʻyicha taqsimlanadi”;
ikkinchi xatboshidagi “oʻttiz olti baravari” soʻzlari “uch yuz baravari” soʻzlari bilan;
uchinchi xatboshidagi “bazaviy hisoblash miqdorining yetmish ikki baravari” soʻzlari “qazib olinadigan hajmining bahosiga nisbatan 0,3 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;