1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.10.00 Vrachlik-mehnat ekspertizasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYALARI (TMEK) HAMDA MEHNATDA MAYIBLANGANLIK YOKI KASB KASALLIGI TUFAYLI TAYINLANGAN PENSIYALARNI BOShQA DAVLATLARGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning Davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda TMEK ishini yaxshilash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1985-yil 4-martdagi 121-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga 2-ILOVA
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” 1993-yil 3-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlagan pensiyalarni oʻtkazish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomning amal qilishi mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli pensiya tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elliklarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ular doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan taqdirda, tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan chet elga vaqtincha ketayotgan shaxslarga pensiya “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan umumiy asoslarda toʻlanadi.
II. Pensiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga oʻtkazish va ularni mablagʻ bilan taʼminlash tartibi
3. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan shaxslarga pensiya oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar 35-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son , 32-modda)
4. Pensiya quyidagi hujjatlar asosida oʻtkaziladi:
pensiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
pensiya oluvchi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasining pensiya oluvchining doimiy yashash joyi koʻrsatilgan maʼlumotnomasi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi pensiya oluvchi doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgandan keyin uning pensiya yigʻmajildini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi apparatiga beradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
7. Pensiyalarni chet elga oʻtkazish tomonlarning savdoga bogʻliq boʻlmagan operatsiyalar toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitimiga muvofiq tomonlarning banklari tomonidan belgilanadigan korrespondentlik schyotlari orqali vazirliklar va idoralarning ikki tomonlama bitimlarida qayd etilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Pensiyalarni milliy valyutada qayta hisoblab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, operatsiyalar bajarilgan kunda amalda boʻlgan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Pensiyalarni oʻtkazish chet elga joʻnab ketishgacha pensiya toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
9. Chet elga oʻtkaziladigan pensiyalar summasi Oʻzbekiston Respublikasi pensiya qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, agar davlatlararo bitimlar (shartnomalar) bilan oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qayta hisoblab chiqiladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi apparati mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan hamda chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan pensiya pullarining oʻz vaqtida erkin muomaladagi valyutaga almashtirilishini va joʻnatilishini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali taʼminlaydi. Erkin muomaladagi valyutaga almashtirish uchun resurslar Respublika valyuta jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)