1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 28-yanvarda 106-V-son bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 28-yanvarda 99-14-son bilan
TASDIQLANGAN
SOLIQ SOLISh MAQSADIDA SOLIQ TOʻLOVChILARNING AVTOMATLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh UChUN BANK DEPOZITORLARI MILLIY AXBOROT BAZASI MAʼLUMOTLARIDAN FOYDALANISh
TARTIBI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 614-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh Markazi (ABM) DSQ soʻrovi asosida BDMABda roʻyxatga olingan barcha yuridik shaxs va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tarkibda taqdim qiladi.
2.2. ABM BDMAB maʼlumotlarini taqdim qilish uchun DSQga alohida pochta qutisi ochadi, unga identifikatsiya raqami va yashirin shartli soʻz (parol) orqali kiriladi.
2.3. 1999-yil 1-aprelga qadar ABM BDMAB maʼlumotlarini DSQ pochta qutisiga toʻliq hajmda tashlab beradi. Shundan soʻng faqat BDMAB maʼlumotlarida sodir boʻlgan oʻzgarishlar har kuni DSQ pochta qutisiga tashlab turiladi.
DSQsining qoʻshimcha yozma soʻrovi boʻyicha BDMAB maʼlumotlari toʻliq hajmda qayta uzatilishi mumkin.
Pochta qutisidan maʼlumotlarni oʻz vaqtida qabul qilish javobgarligi DSQsiga yuklatiladi.
2.4. Maʼlumotlarning ishonchliligini, toʻliqligini, saqlanilishini va maxfiyligini taʼminlash maqsadida BDMAB maʼlumotlari shifrlangan holda taqdim qilinadi.
Markaziy bank DSQga deshifratsiyalash dasturini beradi.
Berilayotgan maʼlumotlar buzib koʻrsatilishining oldini olish va ularni joʻnatuvchini identifikatsiyalash maqsadida maʼlumotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Olinayotgan maʼlumotlarning maxfiyligi va sir saqlanishini taʼminlash uchun DSQ mazkur maʼlumotlardan foydalana olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini belgilaydi.
2.5. DSQ pochta qutisiga tashlanadigan BDMAB maʼlumotlari quyidagi tuzilishga ega:
mijoz nomi;
mijoz turi;
mijozning unikal kodi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
viloyat kodi;
bank kodi;
bank turi;
20 belgilik hisobvaraq raqami;
hisobvaraqdagi soʻnggi harakat sanasi;
hisobvaraq ochilgan sana;
hisobvaraq yopilgan sana;
hisobvaraqni yopish uchun asos belgisi;
aktiv operatsiyalar yoki blokirovka qilishni vaqtincha toʻxtatish sanasi;
aktiv operatsiyalar yoki blokirovka qilishni vaqtincha toʻxtatish yoki hisobvaraq holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchun asos belgisi;
vaqtincha toʻxtatilgan aktiv operatsiyalarni blokirovkadan chiqarish yoki blokirovka qilingan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi;
hisobvaraqni boshqa bankka oʻtkazish sanasi;
hisobvaraq oʻtkazilgan bank kodi;
mijozning faoliyatni toʻxtatish sanasi;
hisobvaraq holatini oʻzgartirish uchun asos vujudga kelgan sana.
Izoh. Asos belgilari Oʻzbekiston Respublikasi Bank depozitorlarining milliy axborot bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomning 1-ilovasiga muvofiq bajariladi (roʻyxat raqami 1863-son, 2008-yil 27-sentabr) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2008-yil, 40-41-son, 414-modda).
2.6. BDMAB maʼlumotlarining DSQga taqdim qilinishi, banklarni tegishli organlar soʻrovlari boʻyicha qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda soliq toʻlovchilarning depozit hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
2.7. Bir oy ichida joʻnatilgan va olingan pochta fayllarini solishtirish maqsadida ABM har oyning birinchi kunida DSQga bir oyda joʻnatilgan pochta fayllari roʻyxati keltirilgan elektron koʻrinishdagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Maʼlumotnomani taqdim etish va qabul qilish joʻnatuvchi va qabul qiluvchining elektron raqamli imzolari (ERI) bilan tasdiqlanadi. Elektron maʼlumotnomaning shakli 1-ilovada keltirilgan.
3. MAʼLUMOTLARDAN FOYDALANISh
3.1. DSQ BDMABdan olingan depozit hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi, ularni viloyatlar boʻyicha ajratadi hamda ushbu maʼlumotlarni joylardagi soliq organlariga amaliy ishda foydalanish uchun yetkazilishini taʼminlaydi.
3.2. DSQdan olingan maʼlumotlar joylardagi soliq organlari tomonidan tahlil qilib boriladi, DSQdan olingan maʼlumotlar bilan mos kelmagan hollar aniqlanganda, joylardagi banklarga .BDMAB bazasiga tegishli oʻzgartirish kiritish uchun maʼlumotlar taqdim qiladi.
3.3. Banklar soliq organlaridan olingan maʼlumotlarni tahlil qiladi va 2 ish kuni davomida zarur oʻzgarishlarni BDMABga uzatadi. .
3.4. Joylardagi soliq organlari soliq toʻlovchilarning depozit hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi barcha kerakli maʼlumotlarni DSQdan oladilar.
3.5. DSQ ham tahlil natijalari toʻgʻrisidagi xulosani ABMga uzatadi.
3.6. ABM Markaziy bank bilan hamkorlikda DSQdan olingan xulosalarni oʻrganib chiqib, zarur hollarda bank muassasalariga tegishli koʻrsatmalar beradi.
3.7. DSQ BDMABdan olgan maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
3.8. DSQ BDMABdan olgan maʼlumotlardan amaldagi qonunchilik doirasida foydalanadi va maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari M. JUMAGALDIYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sh. SATTOROV
Axborotlashtirish bosh markazi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etilgan pochta fayllari roʻyxati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTNOMA
Faylning nomi
Faylning
hajmi
Yaratilgan
vaqt
Yaratilgan
sana
Fayldagi satrlar soni, jami
“INSERT” operatsiyasi
qoʻllangan fayldagi
satrlar soni
Davr boshidagi BDMAB baz�si qismidagi BDMABning DSQdagi nusxasiga muvofiq
keluvchi satrlar soni
Davr oxiridagi (maʼlumotnoma
shakllantirilgan paytda) BDMAB bazasi qismidagi BDMABning DSQdagi nusxasiga muvofiq
keluvchi satrlar soni
Masʼul shaxs ___________________
_________________(F.I.O.)
___________________.
_____(vaqti, sanasi)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 17-modda)