1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIONERLIK ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konsernining tugatilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hamda ilovaga muvofiq korxonalar jamoalarining koʻrsatilgan korxonalar negizida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi (“Oʻzmetkombinat” AIB)ni tuzish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Oʻzmetkombinat” AIBning taʼsischilari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, shuningdek, ilovaga muvofiq korxonalar belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
“Oʻzmetkombinat” AIBni boshqarish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aksionerlar yigʻilishi tomonidan qabul qilinadigan Ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Boshqaruv raisi — “Oʻzmetkombinat” AIBning bosh direktori aksionerlik jamiyati yigʻilishi tomonidan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
ilovada koʻrsatilgan korxonalar bilan birgalikda 2 oy muddatda aksiyalarni quyidagi tartibda joylashtirishni nazarda tutgan holda aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasini tuzish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
28 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga;
23 foizgachasi — mehnat jamoalari aʼzolariga, shu jumladan, 5 foizi — bepul;
qolgan qismi — turdosh korxonalarga, shu jumladan, boshqa davlatlardagi turdosh korxonalarga, xorijiy investorlarga va qiymatli qogʻozlar bozorida erkin sotishga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
“Oʻzmetkombinat” AIB boshqaruviga davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq jamiyat faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini bersin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
4. “Oʻzmetkombinat” AIBga “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda 3 oy muddatda aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasini rivojlantirish va eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish uchun zarur boʻlgan chet el investitsiyalarini jalb qilish dasturini ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda va statistika hisobotlarida “Oʻzmetkombinat” AIBning koʻrsatkichlarini alohida satrda koʻrsatsinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi abonent — “Oʻzmetkombinat” AIBga Toshkent raqami boʻlgan telefon aloqasi oʻrnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 24-mart,
159-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-martdagi 159-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi, Bekobod shahri, Toshkent viloyati
2. Shirin mashinasozlik zavodi, Shirin shahri, Sirdaryo viloyati
3. Xoʻjalik hisobidagi “Ikkilamchiqorametall” boshqarmasi, Toshkent shahri
4. “Qorametall” aksionerlik jamiyati, Bekobod shahri, Toshkent viloyati