1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Tashqi siyosat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DELEGATSIYALARINING XORIJIY MAMLAKATLARGA TASHRIFLARINI VA CHET EL DELEGATSIYALARINI, DAVLAT VA SIYOSIY ARBOBLARINI QABUL QILISHNI UYUSHTIRISH HAMDA SHU MAQSADLAR UCHUN DAVLAT BUDJETIDAN AJRATILADIGAN MABLAGʻLARNI SARFLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish bilan bogʻliq tadbirlarni uyushtirishda yagona yondashuvni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.04.00 Muzokaralar olib borish. Bayonnoma masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.06.00 Tashqi aloqalarni tashkil etishning boshqa masalalari]
2. Belgilab qoʻyilsinki, rahbarlar tashriflari va delegatsiyalarni, shuningdek ayrim shaxslarni qabul qilish xarajatlari smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-mart,
158-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-martdagi 158-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlariga va delegatsiyalarining tashriflari
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi]
1.1. Tashriflar — bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri yoki Oliy Majlisi Senati Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda ular boshchilik qilgan delegatsiyalarning xorijiy mamlakatlar rahbarlarining rasmiy taklifi bilan xorijiy davlatga borishlaridir.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.04.00 Muzokaralar olib borish. Bayonnoma masalalari]
1.2. Tashrifning hajmi deganda tashrif dasturiga kiruvchi amaliy va protokol tusidagi tadbirlarning jami nazarda tutiladi. Tomonlar davlat boshliqlari yoki delegatsiyalarning boʻlajak tashriflarining muddatlari, turi va shakli toʻgʻrisida oldindan kelishib oladilar. Xorijiy mamlakatda boʻlish dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oldindan tuziladi hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
1.3. Delegatsiya aʼzolari va hamrohlik qiluvchi shaxslarning xavfsizligini taʼminlash tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.06.00 Tashqi aloqalarni tashkil etishning boshqa masalalari]
1.4. Tashriflar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan esdalik sovgʻalari topshirilishi nazarda tutiladi hamda qabul marosimlari uyushtirilishi mumkin.
1.5. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining tashriflarini tashkiliy taʼminlash tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni va Oliy Majlisi Senati devoni tomonidan amalga oshiriladi. Protokol tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklatiladi.
(1.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.06.00 Tashqi aloqalarni tashkil etishning boshqa masalalari]
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining tashriflarini uyushtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (shu jumladan, hukumat nomidan qabul marosimiga, qimmatli sovgʻalar, esdalik sovgʻalari va boshqalarga sarflangan xarajatlar) davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
2. Chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarni qabul qilish
2.1. Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy, amaliy, norasmiy tashriflar bilan, yoxud yoʻl-yoʻlakay tashriflar bilan keluvchi xorijiy davlatlar boshliqlari, delegatsiyalar, siyosiy arboblar Davlat diplomatik protokoli toʻgʻrisidagi nizomga yoki ikki tomonlama ahdlashuvga muvofiq qabul qilinadilar.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi aʼzolari boʻlgan davlatlar boshliqlari, hukumatlar boshliqlari va tashqi ishlar vazirlarining Oʻzbekistonga tashriflari chogʻida kutib olish, kuzatib qoʻyish va Oʻzbekistonda boʻlish dasturi MDH mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarda shakllangan amaliyotni hisobga olgan holda va oʻzarolik asosida amalga oshiriladi.
BMT Bosh kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining mehmoni sifatida qabul qilinadi. BMT Bosh kotibi tashrifining hajmi umuman olganda Tashqi ishlar vazirlarining rasmiy tashriflari darajasiga muvofiq boʻladi.
2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlar boshligʻi, delegatsiyalar, davlat va siyosiy arboblar sharafiga qabul marosimlari oliy darajadagi qabul marosimi hisoblanadi.
2.3. Oʻzbekistonda boʻlish dasturi loyihalari asosiy protokol tadbirlar bayon qilingan boshqa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining tegishli xizmati va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Xorijiy davlat va hukumat boshliqlarini qabul qilishning vaqti va tartibi toʻgʻrisidagi prinsipial qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi.
Mehmonning xohishiga koʻra tashrif dasturida Oʻzbekiston boʻylab safar qilish nazarda tutilishi mumkin.
2.4. Qabul qilish darajasi (oliy, 1, 2-razryadlar) respublika rahbariyati tomonidan ilovaga muvofiq belgilanadi.
2.5. Asosiy protokol tadbirlarga va qabul qilish darajasiga muvofiq Maslahatchi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti protokol xizmatining rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qabul qilish tartibi, vaqti va joyi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklif kiritadilar.
(2.5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Qabulni uyushtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining barcha manfaatdor vazirliklari va idoralari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etilishi mumkin.
Delegatsiyalarni va mehmonlarni qabul qilish chogʻida ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati nomidan esdalik sovgʻalari topshirilishi nazarda tutiladi. Topshiriladigan sovgʻalar va esdalik sovgʻalarining roʻyxati aniq har bir holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi.
Agar qabul marosimi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi yoki Oliy Majlisi Senati nomidan uyushtirilgan boʻlsa, esdalik sovgʻalari parlament nomidan topshiriladi. Bunda tashkiliy masalalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri yoki Oliy Majlisi Senati Raisi bilan kelishgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni va Oliy Majlis Senati devoni tomonidan hal etiladi.
(2.5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
2.6. Xorijiy delegatsiyalarni, davlat va siyosiy arboblarni qabul qilish bilan bogʻliq xarajatlarning barcha turlari haqiqiy sarf-xarajatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
2.7. Xorijiy davlatlar rahbarlari va delegatsiyalari Oʻzbekistonda boʻlgan paytda Toshkent shahrini bezash Toshkent shahar hokimi zimmasiga yuklatiladi.
Xorijiy mehmon tashrifining dasturiga Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida boʻlish kiritilgan taqdirda, bu shaharlarni bezash va delegatsiyalarni qabul qilish mahalliy budjet hisobidan tegishli hokim tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy delegatsiyalarni, mansabdor shaxslar va mehmonlarni rasmiy qabul qilish darajasi
Oliy darajada
1. Xorijiy davlatlarning boshliqlari
2. Bosh vazirlar, kanslerlar, davlat kotiblari, davlat vazirlari, vitse-prezidentlar
3. Tashqi ishlar vazirligi
4. Xalqaro tashkilotlarning rahbarlari
I razryad
1. Xorijiy davlatlarning vazirlari
2. Elchilar
3. Xorijiy davlatlar boshliqlarining shaxsiy vakillari
4. Yirik nufuzli biznesmenlar, korporatsiyalar va konsernlarning rahbarlari
II razryad
1. Taniqli xalqaro jamoat arboblari
2. Xorijiy mamlakatlarning jamoat va siyosiy rahbarlari
3. Biznesmenlar, tadbirkorlar
4. Ommaviy axborot vositalarining vakillari
Izoh: Yuqorida koʻrsatilgan mehmonlardan istalgan birining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi oliy darajadagi qabul hisoblanadi.