toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAHBARLARI VA DELEGATSIYALARINING XORIJIY MAMLAKATLARGA TAShRIFLARI HAMDA ChET EL DELEGATSIYALARINI, DAVLAT VA SIYOSIY ARBOBLARINI QABUL QILISh BILAN BOGʻLIQ TADBIRLARNI UYuShTIRIShDA YaGONA YoNDAShUVNI TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish bilan bogʻliq tadbirlarni uyushtirish hamda oʻtkazishda yagona yondashuvni taʼminlash maqsadida amaldagi xalqaro tajriba va tarkib topgan anʼanalarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi (xarajatlar yoki ularning bir qismi qabul qiluvchi tomoni hisobidan qoplanadigan tashriflar bundan mustasno).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish hamda shu maqsadda davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-martdagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1019-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 28-modda)