Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-son “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-oktabrdagi 6, 01-02/12-61-son qarori (roʻyxat raqami 3194, 2019-yil 8-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 10/19/3194/4006-son) bilan tasdiqlangan Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va
tartibiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur hujjat avtotransport vositasida amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini belgilaydi.”.
“Oʻzbekiston ruxsatnomasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro tashishni amalga oshirish uchun xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi hujjat.”.
3.
6-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.