1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
2026-2027-yillarda hududlardagi ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligi loyihalari koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni energiya samarador hududlarga aylantirish, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha muassasalari, davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlarida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha islohotlarni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Jizzax viloyatida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha muassasalarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Denov va Gʻallaorol tumanlarida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarning manzilli dasturi 2-ilovaga;
Ijtimoiy soha muassasalarini geliokollektorlar bilan jihozlash maqsadli parametrlari 3-ilovaga;
Binolarni “Nol energiya sarfli binolar” tamoyillari asosida modernizatsiya qilish, qayta taʼmirlash va qurish konsepsiyasi 4-ilovaga;
“Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilinadigan ijtimoiy soha muassasalari va boshqa muassasalarning manzilli roʻyxati 5-ilovaga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Markazlashgan mablagʻlar hisobidan davlat tashkilotlari, shu jumladan, ijtimoiy soha muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlashda energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablar 6-ilovaga;
“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida energiya samaradorligi tamoyillari asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadigan ijtimoiy soha muassasalarining manzilli roʻyxati 7-ilovaga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ijtimoiy soha muassasalari, iqtisodiyot tarmoqlari, koʻp kvartirali uylar va aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish “yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq ijtimoiy soha muassasalarida amalga oshiriladigan energiya samaradorligi loyihalari uchun talab qilinadigan mablagʻlar alohida hududlarni rivojlantirish uchun respublika budjetidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat tashkilotlari, shu jumladan, ijtimoiy soha muassasalari obyektlarini rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlashda energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq quyidagi talablar joriy qilinadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
obyektlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish, ularni qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish hamda mukammal taʼmirlash jarayonida energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va ish hajmlarining maqbullashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
obyektlarning loyiha hujjatlari belgilangan tartibda oʻtkaziladigan energiya auditi hisobotlari asosida ishlab chiqiladi (yangi quriladigan obyektlar bundan mustasno). Bunda energiya auditi hisobotlarini buyurtmachilarga Agentlikning Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali taqdim etish imkoniyati yaratiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
markazlashgan mablagʻlar hisobidan barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan, ijtimoiy soha muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlashda mazkur qarorga 6-ilovaga muvofiq energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablar qoʻllanadi. Bu borada ushbu binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha xalqaro talablar va normalarni qoʻllashga ruxsat beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
obyektlarning loyiha hujjatlari ular foydalanishga topshirilgandan soʻng energiya samaradorligi koʻrsatkichi “C” toifasidan kam boʻlmasligini nazarda tutgan holda ishlab chiqiladi hamda ularni shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazishda energiya samaradorligi boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalari qatʼiy inobatga olinadi. Bunda loyihalar doirasida energiya samaradorligi boʻyicha erishiladigan koʻrsatkichlar monitoringi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DMning axborot tizimlarini Platformaga integratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi doimiy ravishda:
rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan, ijtimoiy soha muassasalari binolari loyihalarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablarning inobatga olinishini;
Agentlik bilan birgalikda minimal talablarning takomillashtirib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Agentlik 2026-yil 1-iyuldan boshlab budjet tashkilotlari tomonidan energiya samarador uskunalar va materiallar, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari Platforma orqali amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq raqobatli shakllarda xarid qilinishini joriy qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6. Energiya samarador loyihalarni amalga oshirishda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) 1, 2, 3 va 5-ilovalarda koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha — Agentlik muassisligidagi “UzESCO” masʼuliyati cheklangan jamiyati buyurtmachi etib belgilanadi va bunda buyurtmachini saqlash xarajatlari uchun mablagʻlar obyekt qiymatidan kelib chiqib, belgilangan tartibda ajratiladi;
b) 7-ilovada koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi etib belgilanadi.
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlik 2026-yil 1-avgustga qadar davlat obyektlarini ijaraga berishda ularda oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi va amalga oshirilgan energiya samaradorligi tadbirlarining darajasidan kelib chiqqan holda, ijara toʻloviga tabaqalashtirilgan chegirmani qoʻllash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
8. Turizm qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda mehmonxonalar hamda ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalarini (sanatoriy, dam olish uylari, dam olish markazlari, dam olish zonalari, kurortlar, resort) balli asosda tasniflash hamda yulduz toifalarini berish boʻyicha milliy standartlarga ushbu obyektlarga nisbatan energiya samaradorligi talablarini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Agentlik bilan birgalikda mazkur qarorning sifatli bajarilishi boʻyicha masʼul hisoblanadi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-iyun,
277-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 1-ILOVA
Jizzax viloyatida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha muassasalarining
MANZILLI ROʻYXATI
mln soʻm
T/r
Obyekt nomi va manzili
Amalga oshirish muddati
Oʻlchov birligi
Loyiha quvvati
Foydalanishga topshiriladigan quvvat
shu jumladan:
Ajratilgan limit
yangi qurilish
mukammal taʼmirlash
Jami 2026-2027-yillarda
x
x
x
x
x
x
277 000
Umumtaʼlim maktablari (24 ta)
x
oʻquv oʻrni
13 779
13 779
13 779
197 088
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (11 ta)
x
oʻrin
2 296
2 296
50
2 246
31 663
Sogʻliqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (9 ta)
x
oʻrin
84
84
84
48 250
qatnov
1250
1 250
1250
Arnasoy tumani
1.
Oltin vodiy mahallasidagi 1-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
536
536
536
7 774
2.
Baxtli mahallasidagi 3-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
120
120
120
1 800
3.
Arnasoy tumani markaziy shifoxonasi asosiy binosining pastki qavatini mukammal taʼmirlash orqali poliklinika uchun moslashtirish
2026-yil
oʻrin
84
84
84
10 500
qatnov
250
250
250
Baxmal tumani
4.
Oyqor mahallasidagi 14-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
540
540
540
8 832
5.
Qutlugʻobod mahallasidagi 3-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
315
315
315
4 568
6.
Baxmal mahallasidagi 18-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
380
380
380
5 753
7.
Oyqor mahallasidagi 5-son oilaviy poliklinikani mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
100
100
100
2 500
Gʻallaorol tumani
8.
Oqtosh mahallasidagi 9-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
420
420
420
6 091
9.
Qipchoqsuv mahallasidagi 38-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
210
210
210
3 046
10.
Qashqabuloq mahallasidagi 91-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
420
420
420
6 091
11.
Mirzabuloq mahallasidagi 16-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
140
140
140
2 100
Doʻstlik tumani
12.
Chinobod mahallasidagi 2-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
640
640
640
8 782
13.
Navroʻz mahallasidagi 12-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
200
200
50
150
2 325
14.
Tuman markaziy poliklinikasi Bogʻzor filialini mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
50
50
50
2 250
Sh.Rashidov tumani
15.
Boʻston mahallasidagi 8-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
320
320
320
4 641
16.
Mulkanlik mahallasidagi 29-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
710
710
710
10 297
17.
Qoʻshkoʻprik mahallasidagi 36-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
900
900
900
11 000
Zafarobod tumani
18.
Chimqurgʻon mahallasidagi 20-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
624
624
624
6 912
19.
Nurafshon mahallasidagi 5-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
536
536
536
5 938
Zarbdor tumani
20.
Shodlik mahallasidagi 26-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
624
624
624
9 050
21.
Navoiy mahallasidagi 2-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
140
140
140
2 100
22.
Andijon mahallasidagi 10-maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
140
140
140
2 100
23.
Shodlik mahallasidagi 28-son oilaviy poliklinikani mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
100
100
100
5 250
Mirzachoʻl tumani
24.
Mirzadala mahallasidagi 5-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
524
524
524
7 600
25.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli eski poliklinika binosini mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
250
250
250
8 750
Zomin tumani
26.
Toʻrttom mahallasidagi 68-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
180
180
180
2 611
27.
Shirin mahallasidagi 45-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
360
360
360
5 221
28.
Faravon mahallasidagi 24-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
210
210
210
3 046
29.
Gʻ. Gʻulom mahallasidagi 8-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
140
140
140
2 100
Forish tumani
30.
Amir Temur mahallasidagi 5-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
210
210
210
3 046
31.
Oybek mahallasidagi 33-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
1 090
1 090
1 090
15 808
32.
Osmonsoy mahallasidagi 26-son oilaviy poliklinikani mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
100
100
100
4 500
33.
Nurak mahallasidagi Nurak oilaviy shifokorlik punktini mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
50
50
50
2 250
Yangiobod tumani
34.
Yangiobod mahallasidagi 12-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
744
744
744
10 790
Jizzax shahri
35.
Xalqabod mahallasidagi 25-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
1 176
1 176
1 176
17 056
36.
Ittifoq mahallasidagi 17-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
1 176
1 176
1 176
17 056
37.
Ravalliq mahallasidagi 11-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
1 050
1 050
1 050
15 228
38.
A. Navoiy mahallasidagi 8-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
280
280
280
4 200
39.
Ulugʻbek mahallasidagi 24-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
140
140
140
2 100
40.
Navroʻz mahallasidagi 3-son oilaviy poliklinikani mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
150
150
150
5 250
41.
Madaniyat mahallasidagi 5-son oilaviy poliklinikani mukammal taʼmirlash
2026-yil
qatnov
200
200
200
7 000
Paxtakor tumani
42.
Oqbuloq mahallasidagi 13-son maktabni mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻquv oʻrni
420
420
420
6 791
43.
Dilorom mahallasidagi 6-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
240
240
240
3 600
44.
Doʻstlik mahallasidagi 10-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
2026-yil
oʻrin
220
220
220
3 300
Izohlar.
1. Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi.
2. Loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Zarur hollarda, ajratilgan limit doirasida ushbu roʻyxatdagi obyektlarga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 2-ILOVA
Denov va Gʻallaorol tumanlarida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarning
MANZILLI DASTURI
T/r
Koʻcha nomi
Uy raqami
Uylar soni
Energiya yoʻqotishlarini bartaraf qilish tadbirlari
Barqaror issiqlik taʼminoti va sovitish bilan taʼminlash tadbirlari
Jami talab etiladigan mablagʻlar
Fasadni bazalt qoplamasi bilan qoplash
Tom qismini izolyatsiyalash maydoni
Deraza romlarini oʻrnatish
Oynalarga quyosh nuri toʻsiqlarini oʻrnatish
Kirish yoʻlaklari va eshiklar
Talab etiladigan mablagʻ
Issiqlik nasoslari va isitish qozonxonasi quvvati
Oʻrnatiladigan IIPlar
Fotoelektr stansiyasi quvvati
Fankoyl va isitish radiatorlari
Geliokollektor
(200 l.)
Issiqlik tarmoqlari
Ichki tizimni tiklash xarajati
Talab etiladigan mablagʻ
kv.m
kv.m
dona
kv.m
dona
kv.m
soni
mln.soʻm
kVt/s
dona
kVt/s
dona
dona
km
mln.soʻm
mln.soʻm
mln.soʻm
Jami 2026-2027-yillarda:
29
47 757
31 524
2 859
4 153
4 084
5 933
144
54 497
7 198
29
5 038
4 020
938
6,4
7 250
65 807
120 305
Gʻallaorol tumani Marjonbuloq mahallasi
17
17 805
17 484
1 224
2 293
1 748
3 276
76
25 233
4 066
17
2 846
2 004
468
3,7
4 250
35 719
60 952
1.
Marvarid
9/2
1
2 224
1 872
129
160
184
228
8
2 710
478
1
335
216
50
0,2
250
3 456
6 166
2.
Marvarid
10/1
1
1 346
1 404
84
188
120
269
6
1 987
372
1
260
168
39
0,2
250
2 824
4 811
3.
Marvarid
10/2
1
1 346
1 404
84
188
120
269
6
1 987
372
1
260
168
39
0,2
250
2 824
4 811
4.
Navroʻz
12
1
1 382
1 404
84
188
120
269
6
2 007
319
1
223
144
34
0,2
250
2 508
4 515
5.
Navroʻz
13
1
880
836
64
80
92
114
4
1 163
239
1
167
108
25
0,2
250
2 033
3 197
6.
Navroʻz
14
1
476
468
45
101
64
144
2
755
106
1
74
48
11
0,2
250
1 243
1 997
7.
Navroʻz
15
1
476
468
45
101
64
144
2
755
106
1
74
48
11
0,2
250
1 243
1 997
8.
Navroʻz
16
1
476
468
45
101
64
144
2
755
106
1
74
48
11
0,2
250
1 243
1 997
9.
Gavhar
18
1
880
836
64
80
92
114
4
1 163
239
1
167
108
25
0,2
250
2 033
3 197
10.
Gavhar
19
1
476
468
45
101
64
144
2
755
106
1
74
48
11
0,2
250
1 243
1 997
11.
Gavhar
20
1
476
468
45
101
64
144
2
755
106
1
74
48
11
0,2
250
1 243
1 997
12.
Gavhar
21
1
476
468
45
101
64
144
2
755
106
1
74
48
11
0,2
250
1 243
1 997
13.
Navroʻz
22/2
1
1 382
1 404
84
188
120
269
6
2 007
372
1
260
168
39
0,2
250
2 824
4 831
14.
Navroʻz
23
1
880
836
64
80
92
114
4
1 163
239
1
167
108
25
0,2
250
2 033
3 197
15.
Gavhar
11
1
1 862
1 872
129
160
184
228
8
2 503
478
1
335
216
50
0,2
250
3 456
5 959
16.
Gavhar
17
1
1 382
1 404
84
188
120
269
6
2 007
319
1
223
144
34
0,2
250
2 508
4 515
17.
Navroʻz
22/1
1
1 382
1 404
84
188
120
269
6
2 007
0,4
1,0
0,3
168
39
0,2
250
1 765
3 772
Denov tumani
Mehr-Oqibat mahallasi
12
29 952
14 040
1 635
1 860
2 336
2 657
68
29 264
3 132
12
2 192
2 016
470
2,6
3 000
30 089
59 353
1.
Sh. Rashidov
4
1
2 496
1 170
196
318
280
454
6
2 767
247
1
173
168
39
0,2
250
2 467
5 233
2.
Sh. Rashidov
6
1
2 496
1 170
196
318
280
454
6
2 767
247
1
173
168
39
0,2
250
2 467
5 233
3.
Sh. Rashidov
8
1
2 496
1 170
196
318
280
454
6
2 767
285
1
199
168
39
0,2
250
2 575
5 342
4.
Sh. Rashidov
12
1
2 496
1 170
196
91
280
130
6
2 310
285
1
199
168
39
0,2
250
2 575
4 885
5.
Sh. Rashidov
16
1
2 496
1 170
196
91
280
130
6
2 310
247
1
173
168
39
0,2
250
2 467
4 777
6.
Sh. Rashidov
22
1
2 496
1 170
118
102
168
146
6
2 333
256
1
179
168
39
0,2
250
2 494
4 826
7.
Sh. Rashidov
24
1
2 496
1 170
118
113
168
162
6
2 355
247
1
173
168
39
0,2
250
2 467
4 822
8.
Sh. Rashidov
26
1
2 496
1 170
118
113
168
162
6
2 355
247
1
173
168
39
0,2
250
2 467
4 822
9.
Sh. Rashidov
28
1
2 496
1 170
118
113
168
162
6
2 355
256
1
179
168
39
0,2
250
2 494
4 849
10.
Sh. Rashidov
30
1
2 496
1 170
118
102
168
146
6
2 333
285
1
199
168
39
0,2
250
2 575
4 908
11.
Sh. Rashidov
32
1
2 496
1 170
34
108
48
154
4
2 341
285
1
199
168
39
0,2
250
2 575
4 916
12.
Sh. Rashidov
34
1
2 496
1 170
34
74
48
105
4
2 272
247
1
173
168
39
0,2
250
2 467
4 739
Izohlar.
1. Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi.
2. Loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Zarur hollarda, ajratilgan limit doirasida ushbu roʻyxatdagi obyektlarga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 3-ILOVA
Ijtimoiy soha muassasalarini geliokollektorlar bilan jihozlash
MAQSADLI PARAMETRLARI
T/r
Hudud nomi
2026-yilda
jumladan,
Geliokollektorlar oʻrnatish
umumtaʼlim maktablari
sport muassasalari
tibbiyot muassasalari
obyekt soni
soni
summasi
(mlrd soʻm)
muassasa soni
soni
muassasa soni
soni
muassasa soni
soni
Jami
3 584
8 140
80,0
497
1 896
243
858
2 844
5 386
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
293
580
5,7
40
127
9
30
244
423
2.
Andijon viloyati
341
917
9,0
49
176
39
168
253
573
3.
Buxoro viloyati
292
605
5,9
38
132
29
90
225
383
4.
Jizzax viloyati
203
405
4,0
20
69
15
37
168
299
5.
Qashqadaryo viloyati
311
623
6,1
43
139
13
40
255
444
6.
Navoiy viloyati
194
383
3,8
22
77
13
37
159
269
7.
Namangan viloyati
299
612
6,0
39
137
11
36
249
439
8.
Samarqand viloyati
295
1 036
10,2
119
592
15
43
161
401
9.
Surxondaryo viloyati
338
744
7,3
26
118
21
88
291
538
10.
Sirdaryo viloyati
168
362
3,6
13
44
18
81
137
237
11.
Toshkent viloyati
252
652
6,4
15
41
28
95
209
516
12.
Fargʻona viloyati
395
740
7,3
45
154
16
48
334
538
13.
Xorazm viloyati
203
481
4,7
28
90
16
65
159
326
Izohlar.
1. Ijtimoiy soha muassasalari manzilli roʻyxatlari Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
2. Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi.
3. Loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 4-ILOVA
Binolarni “Nol energiya sarfli binolar” tamoyillari asosida modernizatsiya qilish, qayta taʼmirlash va qurish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Konsepsiya mamlakatdagi binolarning energiya samaradorligini oshirish hamda “Nol energiya sarfli binolar” (ZEB) tizimini joriy etishning huquqiy, tashkiliy va texnik asoslarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Konsepsiya davlat va ijtimoiy soha muassasalari binolarining energiya samaradorligini oshirish, ularda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, ularni modernizatsiya qilish, qayta taʼmirlash va qurishda energiya sarfini kamaytirish (nolga tenglashtirish) tamoyillariga asoslangan tadbirlar majmuini qamrab oladi.
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlari, qonunosti hujjatlari, shuningdek, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan.
2-bob. Asosiy tushunchalar
2. Ushbu konsepsiyada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
aktiv texnologiyalar — energiya tejaydigan, intellektual boshqariladigan va ekologik barqaror texnologiyalar kompleksi;
nol energiya sarfli bino turkumi (“ZEB family”) — nol energiya sarfli bino oilasi boʻlib, unga energiya sarfi nolga yaqin bino, nol energiya sarfiga oʻtishga tayyor bino, energiya sarfi nolga qaratilgan binolar kiradi;
nol energiya sarfli bino (“ZEB”) — binoning yil davomidagi energiya sarfi binoda ishlab chiqariladigan qayta tiklanuvchi energiya miqdoriga teng yoki undan kam boʻlmagan, energiya samaradorligi yuqori darajadagi bino;
nol energiya sarfiga oʻtishga tayyor bino (“ZEB Ready”) — binoda energiya tejaydigan va yuqori samaradorlikdagi texnik yechimlar joriy etilgan, biroq qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻliq oʻrnatilmagan yoki qisman mavjud boʻlgan hamda energiya samaradorligini oshirish tadbirlari orqali energiya sarfi 50 foizga qisqartirilgan bino;
passiv texnologiyalar — binoning konstruktiv elementlari orqali energiya sarfini kamaytiruvchi qurilma, uskuna va konstruksiyalar;
energiya sarfi nolga yaqin bino (“NZEB”) — binoning energiya samaradorligini yuqori va energiya samarador texnologiyalar toʻliq joriy etilgan, umumiy energiya sarfining kamida 75 foizi qisqartirilgan bino;
energiya sarfi nolga qaratilgan bino (“ZEB Oriented”) — umumiy maydoni 10 000 m2dan kam boʻlmagan yirik yoki murakkab obyektlar (masalan, maktablar, shifoxonalar, ofislar, mehmonxonalar, savdo markazlari va boshqalar) uchun energiya isteʼmolini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilgan, umumiy energiya sarfi kamida 30 foizga qisqartirilgan bino.
3. Nol energiya sarfli binolar quyidagi 1-jadvalga asosan turkumlanadi.
1-jadval
Daraja
Energiya sarfi
Energiya samaradorligi
Qayta tiklanadigan energiya ulushi
Holati
“ZEB”
≈ 0 yoki manfiy
eng yuqori
100% yoki ortiq
Toʻliq nol energiya sarfli bino
“NZEB”
juda past
juda yuqori
60 — 75%
Deyarli nol energiya sarfli bino
“ZEB Ready”
past
yuqori
qisman
ZEB tizimiga tayyor bino
“ZEB Oriented”
oʻrta
oʻrta
kam yoki yoʻq
ZEB yoʻnalishidagi bino
3-bob. Joriy holat va mavjud muammolar
4. Oʻzbekistonda ijtimoiy va maʼmuriy binolarning katta qismi 1970 — 1980-yillarda qurilgan boʻlib, ularning energiya samaradorligi past, issiqlik izolyatsiyasi yetarli emas, yoritish va shamollatish tizimlari eskirgan yoki umuman mavjud emas.
Mavjud binolarning oʻrtacha yillik energiya sarfi bir kvadrat metr maydon uchun 300 — 350 kVt·soatni tashkil etadi, bu esa xalqaro meʼyorlardan ikki baravar yuqori koʻrsatkichdir.
Energiya samarador texnologiyalarni qoʻllash, monitoring tizimlarini raqamlashtirish, “yashil” binolar boʻyicha texnik normativ hujjatlar ishlab chiqish ishlari yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagan, “ZEB” yoʻnalishida mutaxassislarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish tizimi shakllanmagan, xalqaro tajriba bilan integratsiya sust.
Tahlillarga koʻra mavjud eski binolarda energiya isteʼmoli va energiya yoʻqotishlari hajmining yuqoriligiga quyidagi omillar sabab boʻlmoqda:
binolarning normativ va texnologik kamchiliklar bilan qurilgani va rekonstruksiya qilingani;
issiqlik saqlovchi materiallarning notoʻgʻri qoʻllanishi natijasida ularning issiqlikni saqlash xususiyatlari pasayib ketgani;
isitish va havoni konditsiyalash tizimlari samaradorligining pastligi, ventilyatsiya tizimlarining mavjud emasligi;
oldingi yillarda qurilgan binolarning texnik koʻrsatkichlari hozirgi zamon energiya samaradorligi talablariga javob bermasligi va boshqalar.
Hisob-kitoblarga koʻra amaldagi energiya isteʼmolidagi yoʻqotishlarning 60 foizi binolarni isitish va havoni normallashtirish tizimlarida, 11 foizi issiq suv taʼminoti tizimlarida sodir boʻladi.
Shu sababli mavjud binolarni bosqichma-bosqich “ZEB”tamoyillariga oʻtkazish choralarini boshlash zarur hisoblanadi.
4-bob. Maqsad va ustuvor yoʻnalishlar
5. Konsepsiyaning asosiy maqsadi — Oʻzbekiston Respublikasida binolarning energiya samaradorligini oshirish, nol energiya sarfli binolar ulushini bosqichma-bosqich kengaytirish va “yashil qurilish” tamoyillarini joriy etishdir.
6. Ushbu maqsadga quyidagi ustuvor yoʻnalishlar orqali erishiladi:
“ZEB” binolari uchun standartlar va texnik reglament hamda sertifikatlash tizimini ishlab chiqish;
milliy iqtisodiyotda energiya resurslari (tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv va boshqalar) xarajatlari va isteʼmolini optimallashtirish;
“Yashil bino” tamoyili asosida qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish;
tabiiy yorugʻlik va shamollatishdan maksimal darajada foydalanish;
qurish va taʼmirlash ishlarida binolarning pol, devor, deraza va tom qismlarining issiqlik izolyatsiyasi uchun qatʼiy talablarni joriy qilish;
“Zero Carbon”ga erishish va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish;
operatsion xarajatlarni kamaytirish orqali obyektning bozor qiymatini oshirish;
binolarning energiya boshqaruv tizimlari “Building Energy Management System”ni joriy etish, sensorli va avtomat tizimlarni koʻpaytirish.
5-bob. Binolarni “ZEB” tamoyillari asosida qurish, modernizatsiya qilish va qayta taʼmirlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
7. Binolar tashqi qismining barcha konstruktiv elementlarida issiqlik izolyatsiyasini yaxshilash — bunda fundament, fasad, tom (shift) va pol qoplamalari, shuningdek, deraza va eshiklarda yuqori sifatli izolyatsiya materiallarini qoʻllash hisobidan binolarning issiqlik yoʻqotishlari koʻrsatkichlari minimumga keltiriladi.
8. Passiv texnologiyalarni qoʻllash orqali binolarning energiya samaradorligini oshirish — bunda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash hisobidan binoning energiya sarfi isteʼmoli kamaytiriladi hamda binoning asosiy tuzilish elementlari orqali issiqlik va yorugʻlik bilan tabiiy taʼminlanish darajasi oshiriladi.
9. Aktiv texnologiyalardan keng foydalanish — bunda binolarni yangidan qurish yoki mavjudlarini taʼmirlashda (rekonstruksiya qilishda) energiya tejaydigan, intellektual boshqariladigan va ekologik barqaror texnologiyalardan kompleks ravishda foydalanish lozim. Aktiv texnologiyalar binoning energiya isteʼmol qiluvchi muhandislik tizimlarining yuqori samaradorlik asosida ishlashini taʼminlaydi.
10. Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlashda (“HVAC”) yuqori samarali tizimlardan foydalanish (“HVAC”) — bunda isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash (“HVAC”) tizimlari zamonaviy, kam energiya isteʼmol qiladigan va yuqori samaradorlik koeffitsiyentiga (“COP — Coefficiyent of Performance”) ega boʻlishi lozim. Quriladigan markaziy yoki lokal isitish, sovitish qurilmalarining “COP” koʻrsatkichi 3.0 dan kam boʻlmasligi lozim.
Bundan tashqari, ventilyatsiya tizimlarida issiqlikni tiklovchi qurilmalar (rekuperatorlar) majburiy oʻrnatiladi, ular chiqindi havodan issiqlikni olib, tashqaridan kirgan toza havoga oʻtkazadi va isitish/sovitish energiyasini tejashga xizmat qiladi.
11. Tabiiy shamollatish va yorugʻlikdan foydalanish — loyihalashtirish bosqichida binoning tabiiy shamollatish va yorugʻlik bilan taʼminlanishi hisobga olinishi kerak. Bu yorugʻlik uchun foydalaniladigan elektr energiyasini kamaytirishga va binolarning ichki qismida vizual qulaylikni oshirishga xizmat qiladi.
12. Ichimlik suv va oqova suv taʼminoti tizimi — ichimlik suv va oqova suv taʼminotini alohida (avtonom) boʻlishiga ustunlik beriladi. Bunda yomgʻir suvlaridan va binoda foydalanilgan suvlarni bir joyga yigʻish, suvlarni qayta ishlashga moʻljallangan qurilmalar orqali mexanik va kimyoviy tozalash texnologiyalaridan oʻtkazish hamda qayta ishlangan suvni texnik suv sifatida ikkilamchi sanuzel va sugʻorishga uzatish tizimi joriy etilishi mumkin.
13. Energiya tejaydigan yoritish tizimlari — barcha ichki va tashqi yoritish tizimlari LED texnologiyalari asosida qurilishi lozim. Yoritish tizimi harorat va harakat sezgichlari bilan jihozlangan avtomatik boshqaruv tizimiga ega boʻlishi lozim. Bu xonalarda odam yoʻqligida yorugʻlikni avtomatik oʻchirib qoʻyish yoki tabiiy yorugʻlik yetarli boʻlgan hududlarda sunʼiy yorugʻlikni pasaytirish orqali energiya tejashni taʼminlaydi.
14. Binoning energetika boshqaruvi tizimi (BEMS) — binoning barcha energetika oqimlarini boshqarish va monitoring qilish uchun “Bino energetika boshqaruvi tizimi”ning (BEMS — Building Energy Management System) joriy etilishi, ushbu tizim real vaqt rejimida elektr, issiqlik, sovitish va suv isteʼmolini kuzatib, maʼlumotlarni tahlil qilib boradi.
15. Invertorli boshqaruv — binoda qoʻllanadigan elektr dvigatelli qurilmalar (liftlar, nasoslar, ventilyatorlar, sovitish kompressorlari) invertorli boshqaruv bilan taʼminlashish lozim. Invertor yuklamaga qarab, dvigatel tezligini va shu bilan birga energiya isteʼmolini boshqaradi, bu anʼanaviy “oʻchirish/yoqish” prinsipiga qaraganda energiya resurslarini 30 — 50 foizgacha tejash imkonini beradi.
16. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining joriy etilishi — binoning energiya talabini qisman yoki toʻliq qoplash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.
17. Quyosh fotoelektr stansiyasi (quyosh paneli) — binoning tom yoki yuqori qavatlarida, shuningdek qurilish maydonchasida quyosh paneli oʻrnatiladi. Ushbu tizim binoning umumiy yillik elektr energiyasi talabining 100 foizgacha qismini qoplaydigan quvvatlarda loyihalashtirilishi va qurilishi lozim.
18. Elektr saqlovchi akkumulyator quvvatlarini oʻrnatish — binoga oʻrnatiladigan quyosh paneli va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlaridan kelib chiqib, akkumulyatorlarni oʻrnatish elektr energiyasini uzluksizligini taʼminlashga yordam beradi.
19. Geotermal va quyosh issiqlik tizimlari — loyihaning iqtisodiy va geologik jihatdan maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilgan holda, issiqlik manbai sifatida yerosti issiqligidan foydalanadigan geotermal nasoslar yoki issiq suv taʼminoti uchun quyosh kollektorlari tizimlarini joriy etish tavsiya etiladi.
20. Energiya balansining hisobi — binoning energiya isteʼmoli va ishlab chiqarilishi (masalan, quyosh paneli tomonidan) yillik asosda hisob-kitob qilinadi.
21. Doimiy monitoring va optimallashtirish — bunda binoning energiya isteʼmoli “BEMS” tizimi orqali olingan maʼlumotlar asosida doimiy monitoring qilinadi va meʼyordan oshib ketish holatlari (anomaliyalar) aniqlanganda, isteʼmolni kamaytirish choralari koʻriladi. Tizim orqali ishlash parametrlari muntazam ravishda optimallashtiriladi.
22. Ekspluatatsiya — binoning butun foydalanish davomida uning samaradorligini taʼminlash uchun qatʼiy ekspluatatsiya qoidalari belgilanishi shart.
23. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish — “ZEB” loyihalarining koʻrsatkichlari Energiya samaradorligi milliy agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil qilingan “Situatsion markaz” da shakllantirilib boriladi hamda monitoringi yuritiladi.
“ZEB” loyihalarida “IoT”, sunʼiy intellekt (“AI”) texnologiyalarini tatbiq etish mexanizmlari ishlab chiqiladi hamda energiya samaradorligi madaniyatini oshirish maqsadida axborot-taʼlim kompaniyalari va jamoatchilik bilan ishlash dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.
6-bob. Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
24. Agentlik tomonidan “ZEB” sohasida faoliyat yurituvchi muhandis, energetik va auditor mutaxassislar uchun malaka oshirish va sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Xalqaro tashkilotlar (JICA, ADB va boshqalar) bilan hamkorlikda malaka oshirish dasturlari amalga oshiriladi.
7-bob. Binolarga “ZEB” konsepsiyalarini joriy etish bosqichlari
25. Quyidagilar binolarga “ZEB” konsepsiyalarini joriy etish bosqichlari hisoblanadi:
qisqa muddatli — 2026-2027-yillarda “ZEB” obyekti va normativlarni qabul qilish;
oʻrta muddatli — 2028 — 2030-yillarda davlat binolarida “ZEB Ready” toifasini majburiy joriy etish;
uzoq muddatli — 2031 — 2040-yillarda yangi binolar uchun ZEB/NZEB toifasini majburiy qoidalar sifatida joriy etish.
26. 2026-yilda 33 ta tuman (shahar)da bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini “ZEB” tamoyillariga asoslangan holda modernizatsiya qilish boshlanadi.
Buning natijasida:
binolarning energiya samaradorligi koʻrsatkichlari 30 — 35 foizga oshiriladi, tabiiy gaz sarfini 100 foizgacha tejash imkoniyatlari hamda qurilish sohasida “Nol energiya sarfli binolar” (“ZEB”) tizimini joriy etish koʻnikmasi yaratiladi;
energiya samaradorligi yoʻnalishida 50 nafardan ortiq “ZEB” mutaxassislari tayyorlanadi.
8-bob. Monitoring va baholash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
27. Konsepsiyaning amalga oshirilishi Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi va monitoring qilinadi.
28. Monitoring quyidagi indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
“ZEB”obyektlarining yillik joylashuvi va soni;
energiya sarfining oʻrtacha kamayish darajasi;
qayta tiklanuvchi energiya ulushi;
tayyorlangan mutaxassislar soni;
iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
29. Har yil yakunida Konsepsiya ijrosi boʻyicha yillik erishiladigan natijalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritiladi.
30. Monitoring hisobotlari asosida har yili “ZEB” binolarini rivojlantirish boʻyicha yillik hisobot” eʼlon qilinadi hamda ochiq manbalarda (Agentlik veb-saytida) joylashtiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
31. Quyidagilar Konsepsiya ijrosini taʼminlash uchun masʼul organlar etib belgilanadi:
Agentlik;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 5-ILOVA
“Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilinadigan ijtimoiy soha muassasalari va boshqa muassasalarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r
Tuman/shahar nomi
Obyekt nomi
Obyekt quvvati
Loyiha qiymati
(mln soʻmda)
Oʻlchov birligi
miqdori
Jami 2026 — 2027-yillarda
33 ta
x
x
182 700
1.
Qoʻngʻirot tumani
17-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
180
10 000,0
2.
Chimboy tumani
22-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
140
7 000,0
3.
Asaka tumani
19-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
50
2 800,0
4.
Shahrixon tumani
Oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
75
4 000,0
5.
Gʻijduvon tumani
1-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
100
5 800,0
6.
Shofirkon tumani
Sport maktabi binosi
oʻrin
120
6 000,0
7.
Gʻallaorol tumani
11-son oilaviy poliklinikasi binosi
qatnov
100
5 800,0
8.
Zafarobod tumani
Sport maktabi binosi
obyekt
1
6 400,0
9.
Qamashi tumani
50-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
100
5 800,0
10.
Yakkabogʻ tumani
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaning 2-son filiali binosi
qatnov
100
5 800,0
11.
Nurota tumani
Nurota bolalar poliklinikasi binosi
obyekt
1
5 800,0
12.
Xatirchi tumani
6-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
150
6 900,0
13.
Kosonsoy tumani
“Doʻstlik” oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
50
3 100,0
14.
Norin tumani
19-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
100
5 800,0
15.
Bulungʻur tumani
“Barkamol avlod” bolalar maktabi binosi
oʻrin
320
5 700,0
16.
Ishtixon tumani
Suzish havzasi binosi
oʻrin
300
11 800,0
17.
Payariq tumani
Koʻpaki oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
50
3 100,0
18.
Kattaqoʻrgʻon tumani
Zarafshon oilaviy poliklinika binosi
qatnov
100
5 000,0
19.
Denov tumani
1-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
140
7 000,0
20.
Muzrabod tumani
12-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
90
4 100,0
21.
Qiziriq tumani
40-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
100
5 800,0
22.
Sardoba tumani
Sh. Rashidov oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
50
3 100,0
23.
Sirdaryo tumani
11-son oilaviy poliklinika punkti binosi
qatnov
110
2 200,0
24.
Margʻilon shahri
3-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
50
2 800,0
25.
Oʻzbekiston tumani
Shakarobod oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
50
3 100,0
26.
Quva tumani
8-son oilaviy poliklinika binosi
qatnov
100
5 800,0
27.
Yozyovon tumani
9-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
90
4 100,0
28.
Shovot tumani
14-son oilaviy poliklinika punkti binosi
qatnov
100
2 200,0
29.
Yangiariq tumani
60-son oilaviy poliklinika punkti binosi
qatnov
50
2 200,0
30.
Boʻka tumani
Y. Xojimetov oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
436
3 100,0
31.
Chinoz tumani
S. Rahimov oilaviy shifokorlik punkti binosi
qatnov
40
2 600,0
32.
Chirchiq shahri
11-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
360
14 000,0
33.
Yangiyoʻl shahri
9-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi
oʻrin
360
14 000,0
Izohlar.
1. “Nol energiya sarfli binolar”ga aylantiriladigan ijtimoiy soha obyektlari uchun talab etiladigan mablagʻlarga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.
2. Zarur hollarda, ushbu roʻyxatdagi obyektlarga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 6-ILOVA
Markazlashgan mablagʻlar hisobidan davlat tashkilotlari, shu jumladan, ijtimoiy soha muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlashda energiya samaradorligi boʻyicha
MINIMAL TALABLAR
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlashda loyiha hujjatlari tarkibida “Energiya samaradorligi” boʻlimi kiritilishi shart.
Ushbu boʻlim loyihaning umumiy energiya samaradorligi koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda, loyihaoldi va loyiha hujjatlari tasdiqlanish bosqichida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bunda obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablari bilan birgalikda quyidagi xalqaro talablar va normalar asosida loyiha yechimlari qoʻllanadi:
Muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishda:
loyiha obyekti binolarining isteʼmol qiladigan elektr energiyasi sarfining kamida 50 — 60 foizini qoplashga yetadigan quyosh panellarini oʻrnatish;
obyekt uchun talab qilinadigan issiq suv taʼminotining kamida 60 foizini qoplashga yetadigan quvvatlarda geliokollektorlar bilan jihozlash.
Isitish va sovitish tizimi boʻyicha:
isitishda issiqlik nasoslari va fankoyllar hamda issiq pol hamda issiq devor tizimlaridan foydalanish;
issiqlik tizimlarini issiqlik energiyasi manbaiga faqatgina oldindan izolyatsiyalangan quvurlar (PPU) orqali ulash va har bir tizimda energiya saqlovchi “buffer tank” (bufer bak) oʻrnatish;
sovitish tizimida polga, devorga va shiftga oʻrnatiladigan fankoyllardan foydalanish;
xonalarni haroratni meʼyorda saqlab turish va sunʼiy iqlim yaratishni taʼminlovchi dispetcherlashgan “aqlli tizim”lar va datchiklar bilan jihozlash.
Eshik va romlar hamda quyoshdan himoyalanish boʻyicha:
binolarning tashqi deraza romlarini oʻrnatishda 2 kamerali (3 qavat oynali) hamda shamollatish uchun ogʻma ochiladigan fortochkali energiya tejamkor polivinilxlorid profillaridan (PVC) foydalanish;
binoga kirish yoʻlaklariga qatʼiy ravishda “tambur-vestibyullar” oʻrnatish hamda yopuvchi mexanizmlar bilan jihozlangan, ichki tomonidan issiqlik izolyatsiyalangan hamda germetik berk tashqi eshiklar oʻrnatish;
tashqi oynalarga quyosh nurini tik burchak ostida kesish uchun tashqi jalyuzilar oʻrnatish.
Issiqlik himoya qatlamlari boʻyicha:
tashqi devor qismini shamollatiladigan fasad konstruksiyasi bilan qoplash, bunda fasad konstruksiyasi tagida zichligi 50 kg/m3gacha va qalinligi 100 millimetrdan kam boʻlmagan bazalt hamda shamol va namlikdan saqlovchi membrana qoplamasi bilan qoplash;
poydevor qismini sovuqdan, namlikdan, muzlashdan saqlash uchun tashqi tomonidan ekstrudlangan penopolistirol (XPS) qoplamasi bilan qoplash;
birinchi qavat (yerga yaqin qavat) pol qismini ekstrudlangan penopolistirol (XPS) plitalar bilan issiqlik izolyatsiya qilish;
tom qismini ekstrudlangan penopolistirol (XPS) plitalar bilan qoplab, issiqlik izolyatsiya qilish.
Konstruktiv yechimlardan foydalanishda:
binolarning konstruktiv holati boʻyicha loyiha yechimlari amaldagi shaharsozlik hamda qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 7-ILOVA
“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida energiya samaradorligi tamoyillari asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadigan ijtimoiy soha muassasalarining
MANZILLI DASTURI
mln soʻm
T/r
Hududlar nomi
Mahalla nomi
Muassasa nomi
Quvvati
Loyiha qiymati
oʻlchov birligi
miqdori
Tuman (shahar)lar boʻyicha jami
Jami obyektlar (26 ta)
x
x
157 390
Umumtaʼlim maktablari (13 ta)
oʻquv oʻrin
7 062
90 700
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (12 ta)
oʻrin
2 090
62 490
Tibbiyot muassasasi (1 ta)
koyka
100
4 200
Andijon viloyati
1.
Shahrixon tumani
Doʻlan
54-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
644
5 950
Buxoro viloyati
2.
Shofirkon tumani
Guliston
21-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
140
3 100
Jizzax viloyati
3.
Zafarobod tumani
Samarqand
Tuman markaziy shifoxonasi
koyka
100
4 200
4.
Zafarobod tumani
Samarqand
18-son umumtaʼlim maktabi (mukammal taʼmirlash va 240 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish)
oʻquv oʻrin
400
10 550
Qashqadaryo viloyati
5.
Yakkabogʻ tumani
Bogʻzor
23-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
300
1 500
6.
Qamashi tumani
Chim
4-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
640
9 000
Navoiy viloyati
7.
Nurota tumani
Oqmachit
20-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
417
8 000
8.
Nurota tumani
Eshon Sudur
42-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
240
5 000
9.
Nurota tumani
Nurobod
90 oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish
oʻrin
90
2 500
Namangan viloyati
10.
Kosonsoy tumani
Tagijar
41-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
320
5 000
11.
Norin tumani
Xoʻjaobod
27-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
824
5 000
12.
Norin tumani
Yuqori Choʻja
10-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
110
3 500
13.
Norin tumani
Yangi Namangan
13-son maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrnida yangi 330 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish
oʻrin
330
12 800
Samarqand viloyati
14.
Ishtixon tumani
Oʻzbekiston
12-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
100
5 000
15.
Kattaqoʻrgʻon tumani
Yodgorxoʻja
5-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
1 041
10 000
16.
Payariq tumani
Farovon
2-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash va 90 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish
oʻrin
140
7 000
Surxondaryo viloyati
17.
Qiziriq tumani
Yangihayot
8-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
160
6 000
18.
Muzrabod tumani
Yangidiyor
45-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
476
5 000
Sirdaryo viloyati
19.
Sardoba tumani
Quyitosh
1-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
140
8 000
Fargʻona viloyati
20.
Yozyovon tumani
Qorasoqol
4-son maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha 120 oʻrinli bino qurish va mavjud binolarni taʼmirlash
oʻrin
220
5 290
21.
Oʻzbekiston tumani
Shoʻrqishloq
46-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
180
5 000
Xorazm viloyati
22.
Yangiariq tumani
Yangiariq
36-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
540
8 000
Toshkent viloyati
23.
Boʻka tumani
Jagʻaybayli
3-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
940
8 000
24.
Chirchiq shahri
Ishonch
2-son maktabgacha taʼlim tashkiloti
oʻrin
180
2 800
25.
Chirchiq shahri
Ishonch
25-son umumtaʼlim maktabi
oʻquv oʻrin
360
3 200
26.
Yangiyoʻl shahri
Oltin Obod
Toshkent viloyati ixtisoslashtirishgan madaniyat maktabi (bino va yotoqxonasi)
oʻquv oʻrin
220
8 000
Izoh.
Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 8-ILOVA
Ijtimoiy soha muassasalari, iqtisodiyot tarmoqlari, koʻp kvartirali uylar va aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish
“YOʻL XARITASI”
T/r
Maqsadlar va chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmlari
Bajarish muddatlari
Moliyalashtirish hajmi va manbai
Masʼullar
1.
Alohida hududlarni energiya samarador hududlarga aylantirish boʻyicha dastlabki reja-koʻrsatkichlarni belgilash va amalga oshirish.
Hududlarni energiya samarador hududga aylantirish boʻyicha dastlabki reja-koʻrsatkichlarni belgilash va amalga oshirish, bunda:
energiya samaradorligi oshiriladigan ijtimoiy soha muassasalari, davlat tashkilotlari, davlat ishtirokidagi korxonalar, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlarining dastlabki reja-koʻrsatkichlarini shakllantirish, hududiy hokimliklarga yetkazish;
hududiy hokimliklar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu dastlabki reja-koʻrsatkichlar amalga oshirilishini taʼminlash.
2026-yil davomida
Tegishliligi boʻyicha davlat tashkilotlari,
davlat ishtirokidagi korxonalarning oʻz mablagʻlari,
kreditlar va aholiga beriladigan subsidiyalar
Energiya samaradorligi milliy agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
tanlangan tuman (shahar) hokimliklari,
vazirlik va idoralar
2.
Bino va inshootlar qurilishida energiya samaradorligi talablarini takomillashtirish.
1. Markazlashgan mablagʻlar hisobidan qurilish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari loyihalarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda energiya samaradorligining minimal talablari qatʼiy inobatga olinishini taʼminlash.
Bir oy muddatda
Mablagʻ talab etilmaydi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Energiya samaradorligi milliy agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2. Amaldagi milliy shaharsozlik normalari va qoidalari hamda tegishli qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqib, energiya samaradorligi talablari asosida takomillashtirish.
2026-yil 1-avgustga qadar
3. Davlat dasturlari uchun tayyorlangan namunaviy loyihalarni energiya samaradorligining minimal talablaridan kelib chiqib, toʻliq qayta koʻrib chiqish.
4. Bino va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurishda energiya samaradorligini oshirish yoʻnalishida oʻquv kurslarini tashkil etish hamda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari xodimlari malakasini oshirib borish.
Doimiy
3.
Energiya auditi xizmatini va energiya samarador qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatishni kengaytirish.
1. Har bir hududda energiya auditi xizmatini va energiya samarador qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 10 tadan nomzodlar oʻqitilishini tashkil etish. Bunda:
sohaga qiziqishi mavjud, ushbu yoʻnalishlarda dastlabki bilimlarga ega boʻlgan nomzodlar roʻyxatini shakllantirish;
nomzodlarning energiya auditorlik va energiya samaradorligini oshirish kurslarida ishtirokini taʼminlash;
kurslarni samarali tamomlagan nomzodlarni sertifikatlash va energiya auditorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish.
2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalariga xizmat koʻrsatish va ularning ehtiyot qismlari sotuvini kengaytirish.
3. Hududlarda energiya auditorlar faoliyatini tashkil etish va energiya auditdan oʻtkazish ishlarini kengaytirish.
2026-2027-yillar davomida
Talabgorlarning oʻz mablagʻlari,
homiylik xayriyalari va boshqa grant mablagʻlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Energiya samaradorligi milliy agentligi
4.
Tungi yoritish tizimlarini energiya tejamkor yoritish tizimlariga oʻtkazish va modernizatsiya qilish.
1. Tuman(shahar)dagi tungi yoritish tizimlarining energiya resurslari sarfini tahlil qilish, energiya tejamkorligini oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish hamda tungi yoritish tizimlarining energiya samaradorligi oshiriladigan koʻchalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish.
2026-yildan boshlab har yili 1-iyulga qadar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti,
Dasturda belgilangan mablagʻlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari,
Energiya samaradorligi milliy agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Dasturni energiya tejashdan daromad olish mexanizmlari asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda amalga oshirish.
2026-2027-yillar
5.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan, energiya sarfi yuqori 2 ta nasos stansiyalarida ESKO mexanizmlari asosida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.
1. “UzESCO” kompaniyasi tomonidan energiya auditorlarni jalb etgan holda nasos stansiyalarida batafsil energiya auditini oʻtkazish.
2. Energiya audit xulosasi asosida energiya samaradorligini oshirish yechimlarini inobatga olgan loyiha modellarini ishlab chiqish.
2026-yil iyul
“UzESCO” kompaniyasi,
Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,
kredit va grantlar
Energiya samaradorligi milliy agentligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,
“UzESCO” kompaniyasi
3. Loyiha modellari asosida modernizatsiya ishlarini amalga oshirish.
Bunda sarflangan mablagʻlar energiya servis shartnomalariga asosan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish natijasida tejaladigan energiya resurslari hisobidan qaytariladi.
Grafik asosida
6.
Energiya samaradorligi tadbirlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning samaradorligini oshirish.
1. Dastlabki bosqichlarda ichimlik suvi taʼminoti tizimlarida eskirgan suv nasoslarining energiya samaradorligini oshirish hamda issiqlik taʼminoti korxonalarining qozonxona jihozlari va issiqlik tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish tadbirlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Agentlikning Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali yoʻnaltirish.
2026-yil iyul
Hisob-kitoblar asosida davlat dasturlari va Hukumat qarorlari asosida ajratiladigan mablagʻlar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Energiya samaradorligi milliy agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Ushbu mablagʻlarni energiya auditi xulosalari asosida ustuvor ravishda resurs isteʼmoli yuqori boʻlgan qurilma va jihozlarni yangilash, sohalarning energiya samaradorligini oshirish hamda xizmatlar bilan qamrovni kengaytirish tadbirlariga yoʻnaltirish.
2026-yil davomida
3. 2027-yildan boshlab:
Agentlik soʻroviga asosan har yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda sohalar va tarmoqlarda energiya samaradorligini oshirish tadbirlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni koʻzda tutib borish;
bosqichma-bosqich energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun boshqa sohalarga ajratiladigan budjet mablagʻlarini Agentlik orqali yoʻnaltirishni tashkil etish.
2027-yildan boshlab
7.
Ijtimoiy soha va boshqa muassasalar binolarida “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida amalga oshiriladigan modernizatsiya loyihalarining moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish.
1. “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida amalga oshiriladigan modernizatsiya loyihalari uchun talab qilinadigan mablagʻlar “UzESCO” kompaniyasiga rejalashtirilishini taʼminlash.
2026-yil iyul
Davlat budjeti,
xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari mablagʻlari,
Energiya samaradorligini oshirish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari,
Energiya samaradorligi milliy agentligi
2. Loyihalar boʻyicha buyurtmachi etib Energiya samaradorligi milliy agentligi muassisligidagi “UzESCO” kompaniyasini belgilash hamda unga buyurtmachilik vazifasini bajarishda qoʻshimcha malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etishga ruxsat berish.
2026-yil iyul
8.
Viloyat, tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida joriy qilingan “energiya menejeri” faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish.
1. “Energiya menejeri” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, hokimliklar faoliyatini tashkil etish boʻyicha vaqtincha tartibda inobatga olish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bir oy muddatda
Mablagʻ talab etilmaydi
Energiya samaradorligi milliy agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2. Viloyat, tuman(shahar) hokimliklari hamda vazirlik va idoralardagi energiya menejerlarining salohiyatini muntazam oshirib, ularning samarali faoliyat koʻrsatishlariga koʻmaklashib borish.
Bitta tuman misolida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini “yashil”, energiya samarador, resurs tejamkor va “aqlli” shahar tamoyillari asosida takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Xorijiy konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda bitta tuman misolida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini “yashil”, energiya samarador, resurs tejamkor va “aqlli” shahar tamoyillari asosida takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
2026-yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Energiya samaradorligi milliy agentligi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaning rus tilidagi matni nomi “Agentstvo migratsii pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan” soʻzlaridan keyin “Natsionalnoye agentstvo po energoeffektivnosti pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yashil isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qarorida:
a) 5-banddagi “Energetika vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamaxmudov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“34. Energiya samaradorligi milliy agentligi har chorakda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kompensatsiya ajratish uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi”;
1-ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi” soʻzlari “Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan “yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya olish toʻgʻrisida
BUYURTMA
20___ yil ________
Buyurtma beruvchi: ________________________________________________ banki
Buyurtmani qabul qiluvchi: Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
“Yashil” isteʼmol krediti ajratilgan mijozlar roʻyxati ilova qilinmoqda.
Buyurtma beruvchi:
___________________________________ banki
Boshqaruv raisi
__________________________________________ F.I.O.
”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 2-maydagi 292-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“5.1 Hududlarda energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslarini tejash, energiya samarador qurilma va uskunalar joriy etilishini jadallashtirish borasida hududiy tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, shuningdek, energiya samaradorligi loyihalarini shakllantirish boʻyicha Agentlik boshqaruv xodimlari doirasida tashkil etiladigan loyiha ofislari 3 ta xodimdan, shu jumladan, 1 ta loyiha ofisi rahbari va 2 ta bosh mutaxassisdan iborat boʻlim sifatida shakllantiriladi.
Bunda loyiha ofisi rahbari va mutaxassislari ish haqi shartlariga koʻra mos tarzda Agentlikning boʻlim boshligʻi va bosh mutaxassisiga tenglashtiriladi.”;
b) 2-ilovaning 34-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davlat tashkilotida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarida” soʻzlari “Agentlik xodimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “hisobga olingan holda” soʻzlari “hamda koʻp yillik xizmat qilganlik uchun ustama miqdori hisobga olingan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-2026-yillarda energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining manzilli dasturida:
Dasturning umumiy qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2026 yilda foydalanishga topshiriladigan obyekt (quvvati)
Shu jumladan
Obyektning umumiy qiymati
oʻlchov birligi
miqdori
yangi qurilish
rekonstruksiya
mukammal taʼmirlash
Jami
393 975
Shu jumladan
umumtaʼlim maktablari
(20 ta)
oʻquv oʻrni
17 048
17 048
900
16 508
226 690
sport zal
(12x24)
17
17
17
maktabgacha taʼlim tashkilotlari
(23 ta)
oʻrin
4 425
4 425
540
310
3 575
80 506
tibbiyot obyektlari
(15 ta)
oʻrin
75
75
75
84 679
qatnov
6 285
6 285
1850
4 435
maʼmuriy binolar
(2 ta)
obyekt
2
2
2
6 100
”;
beshinchi ustundagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin;
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4.
Temiryoʻl mahallasidagi 22-son MTT binosini mukammal taʼmirlash
oʻrin
180
180
180
1 500
”;
9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
“Bobur” MFYdagi 56-son umumtaʼlim maktab binosini rekonstruksiya qilish
oʻquv oʻrni
900
900
900
21 000
sport zali
1
1
1
”;
13-pozitsiya chiqarib tashlansin;
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
14.
Gʻovshun mahallasidagi 61-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish
oʻrin
4 420
qatnov
100
100
100
”;
quyidagi mazmundagi 211-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
Qamashi tumani
35 000
211
Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi binolarini rekonstruksiya qilish
Oʻrin
350
350
350
35 000
Qatnov
1 350
1 350
1 350
”;
23-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
23.
Paraxun mahallasidagi 5-son MTT binosini rekonstruksiya qilish
oʻrin
180
180
180
2 880
”;
25-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
25.
Damarik mahallasidagi 3-son MTT binosini rekonstruksiya qilish
oʻrin
130
130
130
4 000
”;
32-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
32.
Ulugʻbek mahallasidagi 34-son umumtaʼlim maktabi binosini mukammal taʼmirlash
oʻquv oʻrin
240
240
240
5 000
”;
35-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
35.
Paxtakor mahallasidagi 6-son MTT binosini mukammal taʼmirlash
oʻrin
140
140
140
1 100
”;
39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
39.
Nurli manzil mahallasidagi 27-son MTT binosini mukammal taʼmirlash
oʻrin
140
140
140
4 700
”;
55 va 56-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
55.
Paxtakor mahallasidagi 7-son MTT binosini mukammal taʼmirlash
oʻrin
140
140
140
1 100
56.
Paxtakor mahallasidagi 15-son MTT binosini mukammal taʼmirlash
oʻrin
150
150
150
4 550
”;
58 va 59-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
58.
Bektemir tumani Musaffo mahallasidagi 346-son umumtaʼlim maktabining boʻsh yer maydoniga yangi 180 oʻrinli MTT binosini qurish
oʻrin
180
180
180
5 400
59.
Uchtepa tumani Zarafshon mahallasidagi 312-son umumtaʼlim maktabining boʻsh yer maydoniga yangi 360 oʻrinli MTT binosini qurish
oʻrin
360
360
360
5 500
”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qarorida:
“211. Quyidagi hollarda energiya auditorlarining Platformada ishtirok etishlariga 10 kungacha muddatga cheklov oʻrnatilishi mumkin:
aholiga koʻrsatilgan energiya auditi xizmati va (yoki) belgilangan tartibda imzolangan shartnomalar boʻyicha Agentlikka talabgorlar tomonidan kamida 3 marotaba rasmiy yozma murojaat (shikoyat) kelib tushganda;
Platformada tuzilgan energiya auditi shartnomasiga koʻra energiya auditini oʻtkazish va xulosani Platformaga yuklash muddati bir oy davomida 3 va undan koʻp marotaba kechiktirilganda”;
“6. Sertifikat olish uchun talabgorlar quyidagi malaka talablariga javob berishi shart:
oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
energiya auditi, energetika menejmenti (ISO 50001 va ISO 50002 xalqaro standartlari) talablari boʻyicha nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi;
bino va inshootlar hamda yakka tartibdagi aholi uy-joylari uchun 48 soat, sanoat korxonalari talabgorlari uchun 144 soatlik oʻquv-modul asosida shakllantirilgan maxsus oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirgan hamda imtihondan oʻtgan boʻlishi.”;
24-bandning toʻrtinchi xatboshisi “ijtimoiy soha obyektlarining” soʻzlaridan keyin “va davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 261-265-bandlar bilan toʻldirilsin:
“261. Reyestrga kiritilgan energiya auditorlarining faoliyati samaradorligini oshirish hamda ularning energiya auditi sohasida tajriba va kasbiy koʻnikmalarini, shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada va belgilangan muddatlarda bajarilishini inobatga olgan holda, platformada ballar asosida avtomatik ravishda baholanadi va reytingi yuritiladi.
262. Quyidagi mezonlar asosida energiya auditorlarining reytingi yuritiladi:
bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazish uchun energiya auditorlik malaka sertifikati mavjudligi: mavjud boʻlsa 10 ball, boʻlmasa 0 ball;
sanoat korxonalarini energiya auditidan oʻtkazish uchun energiya auditorlik sertifikati mavjudligi: mavjud boʻlsa 10 ball, boʻlmasa 0 ball;
energiya auditi va energiya menejmenti sohasida olingan boshqa sertifikatlar (ISO 50001, ISO 50002 va ISO 14001 xalqaro standartlari va boshqalar): har bir sertifikat uchun 1 ball, agar mavjud boʻlmasa 0 ball;
energiya auditi sohasida olingan xorijiy sertifikatlar: har bir sertifikat uchun 1 ball, agar mavjud boʻlmasa 0 ball;
qonunchilikda belgilangan minimal talablar asosida tayyorlangan energiya auditi hisobotning mavjudligi: mavjud boʻlsa 10 ball, boʻlmasa 0 ball;
energiya auditorning qurilish, muhandislik yoki energetika sohasida oliy maʼlumotga va ilmiy darajaga egaligi:
bakalavr — 1 ball;
magistr — 2 ball;
PhD (falsafa doktori) yoki DSc (fan doktori) — 3 ball.
Bunda energiya auditori tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning lozim darajada va belgilangan muddatlarda bajarilishini bir oyda kamida 3 marotaba kechiktirish yoki bajarmaslik umumiy toʻplangan ballarning 10 ballga tushishiga olib keladi hamda ushbu pastlatilgan reyting 3 oy davomida saqlanib qolinadi.
263. Energiya auditorlarining reyting maʼlumotlari Platformada ochiq tarzda aks ettiriladi va doimiy yangilab turiladi.
264. Energiya auditorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar reyting ballari korxonadagi mavjud energiya auditorlari ballarining oʻrtacha qiymati bilan shakllantiriladi.
265. Energiya auditorlarining reyting natijalari energiya auditi xizmatlarini talabgorlar (buyurtmachilar) tomonidan tanlashda axborot sifatida foydalaniladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)