1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLINING UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR VA ELEKTR ENERGIYASI UChUN HISOB-KITOB QILIShLARINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholini uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishlarini yaxshilash, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholini elektr energiyasi va gaz bilan uzluksiz taʼminlash, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ushbu masalalarni hal etishdagi rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini birgalikda nazorat qilib borish uchun uy-joylar egalari va kvartirani ijaraga oluvchilarning (bundan keyin uy egalari deb ataladi) oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlari — Uy joy egalari kengashlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Uy egalari kengashlari uy egalari tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun belgilangan toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun birgalikda javob beradilar.
2. Uy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlari — Uy egalari kengashlari toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Uy egalari kengashlari:
shaharda — har bir koʻp kvartirali uyda yoxud uy-joy mavzesida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylar joylashgan mahallada;
qishloq joylarda — fuqarolarning mavjud oʻzini oʻzi boshqarish organlari tasarrufidagi hududlarda (mahallalarda, qishloqlar va ovullarda) tashkil qilinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlarini — Uy egalari kengashlarini belgilangan tartibda tashkil qilish boʻyicha barcha zarur tashkiliy tadbirlarning shu yil 1-dekabrgacha amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika elektrlashtirish vazirligining “Oʻzenergiyanazorat” korxonasi fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari va yangidan tashkil qilinayotgan Uy egalari kengashlari bilan birgalikda:
joriy yilning 15-dekabrigacha, har bir uy egasi boʻyicha uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun shu yilning 1-noyabrigacha boʻlgan qarzlar yuzasidan 2-ilovadagi shaklga muvofiq solishtirish dalolatnomalarini tuzgan holda, hamma joyda xatlov oʻtkazsinlar;
1999-yil 1-yanvargacha xatlov maʼlumotlarini umumlashtirsinlar, mavjud qarzlarni 2000-yil 1-yanvaridan kechikmay toʻlatish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va ularni 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni undirishning yangi tartibini shu yil 1-dekabrgacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Aholining elektr energiyasi uchun hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 1997-yil 16-yanvarda 298-raqam 6ilan roʻyxatdan oʻtkazgan “Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Aholining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun qarzlarini xatlov yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligining “Oʻzenergiyanazorat” korxonasi boʻlinmalari hokimliklar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish opganlari bilan birgalikda oʻz tasarruflaridagi hududlarda har bir uy egasi bilan shu yilning 1-noyabrigacha boʻlgan qarzlarni 2000-yil 1-yanvargacha toʻlash va penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan 4 va 5-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha shartnomalar tuzsinlar.
6. Penyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi sertifikat shakli 4a va 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi Penyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi sertifikatlarni chiqarish, hisobga olish, saqlash va berish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
7. Belgilansinki:
uy-joy egalari va kvartirani ijaraga oluvchilar uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun shu yilning 1-noyabrigacha yigʻilib qolgan, toʻlov muddatlari oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha penyalar toʻlashdan ozod qilinadilar;
uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun joriy yilning 1-noyabrigacha yigʻilib qolgan toʻlov muddati oʻtib ketgan qarzlarni toʻlash uchun aholining “Indeksatsiya” maxsus schyotlaridagi omonatlaridan muddatidan oldin olingan mablagʻlar foydalanilishi mumkin. Ular tegishli bank tomonidan, omonatchilarning topshiriqnomasiga binoan, belgilangan namunadagi toʻlov topshiriqnomasi asosida naqdinasiz pul oʻtkazish yoʻli bilan uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilarga va elektr energiyasi bilan taʼminlovchilarga oʻtkaziladi;
aholi tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlar faqat Oʻzbekiston Respublika Davlat-tijorat Xalq banki boʻlimlari hamda tijorat banklari boʻlimlari opqali, ular boʻlmagan qishloq joylarda esa — “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimlari orqali amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki tijorat banklari boʻlimlari, “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimlari ish va toʻlovlarni qabul qilishning aholi uchun qulay boʻlgan jadvallarini, shu jumladan, kechki vaqtlarda, shuningdek, shanba va yakshanba kunlarida tashkil qilsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Uy egalari kengashlarining uy-joy kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlar toʻlanishini nazorat qilish boʻyicha ish tajribasini 1999-yil 1-martgacha umumlashtirsinlar va zarurat boʻlganda ularning faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha:
Aholini elektr energiyasi uchun, yangi texnologiyadagi elektr hisoblagichlardan foydalangan holda, oldindan toʻlash tartibiga asoslangan kredit kartochkalari boʻyicha haq toʻlashga oʻtkazish dasturi loyihasini;
gaz va suv hisoblagichlarni joriy etish hamda aholi va korxonalar tomonidan ulardan foydalanilishi yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda amaldagi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu qarorning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-noyabr,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 1-ILOVA
Uy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlari — Uy egalari kengashlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Uy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlari — Uy egalari kengashlari uy-joy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organi sifatida tashkil etiladi.
1.2. Uy egalari kengashlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, uy-joy fondidan foydalanishga, uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlarga doir boshqa meʼyoriy hujjatlarga, mazkur Nizomga amal qiladi.
II. Uy egalari kengashining vazifalari va funksiyalari
2.1. Uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek, aholi tomonidan kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun haq toʻlanishi bilan bogʻliq masalalarni birgalikda hal etishda uy egalarining ishtirok etishini kengaytirish Uy egalari kengashining asosiy vazifasi hisoblanadi.
2.2. Quyidagilar Uy egalari kengashining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
uy egalarini uy-joy-kommunal xizmatlarning har xil turlari va elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni Uy egalari kengashi vakolati doirasida birgalikda hal etish;
uy egalari tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishi ustidan jamoat nazoratini tashkil etish;
uy egalarini uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun javobgar boʻlgan tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoat nazoratini tashkil etish;
uy egalarining uy-joy fondi va boshqa koʻchmas mulkdagi umumiy ulushli mulkini mukammal tuzatish masalalarini birgalikda hal etish;
Uy egalari kengashiga kiruvchi uy egalari bilan pudratchilar oʻrtasida uy-joy-kommunal xizmatlar sifatli va uzluksiz koʻrsatilishi, elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun shartnomalar tuzilishiga va ushbu shartnomalar bajarilishiga koʻmaklashish;
Uy egalari kengashiga kiruvchi uy egalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, sudlarda uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqlarini himoya qilishda ularning manfaatlarini ifodalash.
III. Uy egalari kengashining tashkil etilishi va uning roʻyxatdan oʻtkazilishi
3.1. Uy egalari — turar joy egalarining oʻzini oʻzi boshqarish jamoat organlari:
shaharlarda — har bir koʻp kvartirali uyda, yoxud uy-joy mavzesida yoki yakka tartibda qurilgan uylar joylashgan mahallada;
qishloq joylarda — fuqarolarning mavjud oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla, qishloq va ovullar yigʻinlari) tasarrufidagi hududlarda majburiy tartibda tashkil etiladi.
3.2. Mazkur Nizomning 3.1-bandida belgilangan hududda yashovchi barcha uy egalari Uy egalari kengashi aʼzolari hisoblanadi.
3.3. Uy egalari kengashlari uy-joylarning istalgan egasi, yoxud uy-joylardan foydalanish tashkilotlari rahbarlari yoxud mahalla qoʻmitalari, yoxud tuman (shahar) hokimligining tashabbusi boʻyicha chaqiriladigan uy-joy egalari yigʻilishining qarori bilan tashkil etiladi.
3.4. Uy egalarining birinchi yigʻilishida Uy egalari kengashini tashkil etish, Uy egalari kengashi paici va uning oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
3.5. Uy egalari kengashi raisi etib Uy egalari kengashi aʼzolari oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan uy-joy egalaridan biri saylanadi. Uy egalari kengashi raisi va uning oʻrinbosarlari yigʻilishda hozir boʻlgan Uy egalari kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
3.6. Uy egalari kengashini roʻyxatdan oʻtkazish Uy egalari kengashini tashkil etish, uning raisi va oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisida yigʻilish qarori taqdim etilgan holda tegishli uy-joylardan foydalanish tashkilotlarida (uy-joylardan foydalanish boshqarmasi, tuzatish-foydalanish boshqarmasi, ijara korxonasi va boshqalar), yoxud mahalla qoʻmitalarida (uy-joylardan foydalanish tashkilotlari mavjud boʻlmaganda) amalga oshiriladi.
IV. Uy egalari kengashining huquq va majburiyatlari
4.1. Rais va uning oʻrinbosarlari Uy egalari kengashi nomidan:
Uy egalari kengashining har bir aʼzosi tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar sifatli koʻrsatilishi va elektr energiyasi Uzluksiz berilishi uchun yagona pudratchi bilan shartnomalar toʻgʻri tuzilishiga koʻmaklashish;
uy egalari nomidan yagona pudratchidan sud instansiyalariga daʼvo arizalari berishgacha shartnoma bajarilishiga soʻzsiz rioya etilishini talab qilish;
Uy egalari kengashi vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish zaruriyatiga koʻra Uy egalari kengashi yigʻilishini chaqirish;
kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlarning holatini mustaqil ravishda yoki uy-joylardan foydalanish idoralari organlari va “Oʻzenergiyanazorat” korxonasi bilan birgalikda xatlash;
uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishini taʼminlamagan Uy egalari kengashi aʼzolariga nisbatan axloqiy taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari koʻrish;
uy-joy fondini koʻzdan kechirish, joriy va mukammal tuzatish uchun uy-joylarni tanlash boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish, turar joylar va ularning asbob-uskunalarining texnikaviy holatini vaqti-vaqti bilan ommaviy jamoat tekshiruvidan oʻtkazish;
uy-joylardan foydalanish tashkilotining xoʻjalik-moliya faoliyatini taftish qilishda oʻz vakolati doirasida qatnashish uchun oʻz vakilini ajratish huquqiga egadir.
4.2. Rais va uning oʻrinbosarlari Uy egalari kengashi nomidan:
Uy egalari kengashi barcha aʼzolari tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha yagona pudratchi bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga qatʼiy rioya etilishini kuzatib borishga;
Uy egalari kengashi aʼzolaridan kimdir haq toʻlamagan taqdirda uy egalariga uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish toʻxtatib qoʻyilishi va elektr energiyasidan foydalanish uzib qoʻyilishi ehtimoli toʻgʻrisida Uy egalari kengashi barcha aʼzolarini oʻz vaqtida xabardor qilishga;
Uy egalari kengashi aʼzolarining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun haq toʻlash boʻyicha mavjud qarzlarini uzish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrishga;
uy-joylarni mukammal va joriy tuzatish boʻyicha ishlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini “uzatib borishga majburdir. Uy egalari kengashi vakillari mukammal tuzatishdan keyin uy-joylarni foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalar tarkibiga kiritiladi;
uy-joy fondini joriy va mukammal tuzatishga, shuningdek, uni obodonlashtirish ishlarini oʻtkazishga davlat dotatsiyalari hisobiga ajratiladigan materiallar uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatishga;
umumiy ulushli mulkda boʻlgan koʻchmas mulk va uy-joy mukammal tuzatishga tayyorlanayotganligi toʻgʻrisida uy-joylardan foydalanish tashkilotlarini xabardor qilishga;
uy egalarini muntazam qabul qilishni tashkil etishga, uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan uy egalarining shikoyat va arizalari oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishi ustidan nazorat oʻrnatishga;
uy-joy xoʻjaligida issiqlik, elektr energiyasi, gaz va suv nobudgarchiligini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yordam berishga;
uylar atrofidagi uchastkalarni obodonlashtirish va koʻkalamlashtirish, uy egalariga pay asoslarida tegishli boʻlgan dov-daraxtlar asbob-uskunalar saqlanishini taʼminlash ishlarida ixtiyoriy ravishda qatnashishga uy egalarini jalb qilishda hokimliklarga, davlat hokimiyatining joylardagi boshqa organlariga, shuningdek, mahalla qoʻmitalariga koʻmaklashishga majburdir.
4.3. Uy-joylardan foydalanish tashkilotlari Uy egalari kengashiga ularning ishida yordam koʻrsatishga, ularni oʻzaro ahdlashuvlar shartlari bajarilishiga tegishli zarur materiallar va hujjatlar bilan tanishtirishga majburdir.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 2-ILOVA
__________________________________________________ Uy egalari kengashi boʻyicha uy-joy-kommunal
koʻp kvartirali uy, uy-joy mavzesi yoki mahalla
xizmatlar va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun uy egalari hisoblangan mulkdorlarning qarzlarini xatlash*
(1998-yil 1-noyabrdagi holatga koʻra, soʻm hisobida)
T/r
Uy egasining familiyasi, ismi, otasining ismi
uy manzili
qarzlarning hammasi
shu jumladan
oʻtgan yillardagi qarzlar
1998-yil 10 oyidagi qarzlar
uy-joy-kommunal xizmatlar uchun
elektr energiyasi uchun
ulardan:
ulardan:
hamma si
oʻtgan yillardagi qarzlar
1998-yil 10 oyidagi qarzlar
penya
hammasi
oʻtgan yillardagi qarzlar
1998-yil 10 oyidagi qarzlar
penya
1
2
3
4
5
6
Jami
______________________tumani hokimligi vakili
________________________________________ Uy-joydan foydalanish tashkiloti (Uy-joydan foydalanish boshqarmasi, Uy-joyni tuzatish uchastkasi, ijara korxonasi) vakili
______________________Uy egalari kengashi raisi
_____________________________________ “Oʻzenergiyanazorat” vakili
* uy-joyni tuzatish tashkiloti va “Oʻzenergiyanazorat” boʻlinmalari kelgusida tekshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun uy egalari hisoblangan mulkdorlarning qarzlarini xatlash
(1998-yil 1-noyabrdagi holatga koʻra, ming soʻm hisobida)
T/r
Uy egasining familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarzlar ning hammasi
shu jumladan
oʻtgan yillardagi qarzlar
1998-yil 10 oyidagi qarzlar
uy-joy-kommunal xizmatlar uchun
elektr energiyasi uchun
ulardan:
ulardan:
hamma si
oʻtgan yillardagi qarzlar
1998-yil 10 oyidagi qarzlar
penya
hamma si
oʻtgan yillardagi qarzlar
1998-yil 10 oyidagi qarzlar
penya
1
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
viloyatlar:
2
Andijon
3
Buxoro
4
Jizzax
5
Qashqadaryo
6
Navoiy
7
Namangan
8
Samarqand
9
Surxondaryo
10
Sirdaryo
11
Toshkent
12
Fargʻona
13
Xorazm
14
Toshkent shahri
Respublika boʻyicha jami
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 4-ILOVA
NAMUNA
140-son shartnoma
1998-yil 2-dekabr
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, 36-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovich (keyingi oʻrinlarda — Uy egasi) bir tomondan va 10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Uy-joylardan foydalanish tashkiloti) ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Uy egasi quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) uy-joy-kommunal xizmatlar uchun yigʻilib qolgan qarzlarni ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq summada va muddatda 2000-yil 1-yanvargacha uzish;
b) uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun joriy toʻlovlarni belgilangan tariflar va muddatlarga muvofiq toʻlash.
2. Uy-joylardan foydalanish tashkiloti quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) uy egasiga uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha yigʻilib qolgan _______________ soʻm miqdoridagi penyalar hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat berish;
b) belgilangan jadvalga muvofiq Uy egalari kengashining barcha aʼzolari tomonidan qarzlar uzilgan taqdirda uy-joy-kommunal xizmatlar uzluksiz koʻrsatilishini taʼminlash.
3. Muddati oʻtib ketgan qarzlar jadvalda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda:
uy egasi muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar uchun penyalarni hisobdan chiqarish boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotadi;
muddati oʻtib ketgan har bir kun uchun vaqtida toʻlanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya qoʻshiladi;
Uy-joylardan foydalanish tashkiloti, haq toʻlangandan soʻng ulash sharti bilan, Uy egasini (uzib qoʻyishdan uch kun avval Uy egasini xabardor qilgan holda) suv va gaz taʼminoti manbalaridan uzib qoʻyish huquqiga egadir.
Uy egasi gaz va suv taʼminoti manbalarini oʻzboshimchalik bilan ulab olgan taqdirda, u amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
4. Uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlarning u yoki bu turlari koʻrsatilmagan taqdirda Uy egalari kengashi nomidan uning raisi bilan Uy-joylardan foydalanish tashkiloti oʻrtasida tuzilgan Dalolatnoma asosida uy egalari oʻsha kunlar uchun haq toʻlamaydilar.
Uy-joylardan foydalanish tashkiloti nomidan
Uy egasi A. Q. Abdullayev
10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi boshligʻi R. A. Gʻaniyev
________________________________
________________________________
imzo, muhr
imzo
Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 1998-yil 1-noyabrigacha yigʻilib qolgan qarzlarni uzish jadvali
(soʻmlarda)
Xizmatlar nomi
1998-yil 1-noyabrdagi qarzlar
Qarzlarni har oyda uzish jadvali
1999-yil 1-yanvargacha
yanvar
fevral
...
2000-yil 1-yanvargacha
Uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish
1500
Suv taʼminoti
150
Gaz taʼminoti
180
Markaziy isitish
210
Issiq suv taʼminoti
90
Kanalizatsiya
90
Axlatni olib ketish
60
Boshqa xizmatlar (turi koʻrsatilsin)
—
Jami:
2280
680
135
135
...
115
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 4a-ILOVA
NAMUNA
Penyani hisobdan chiqarish toʻgʻrisida SERTIFIKAT
Seriya GS
№ 023548
Mazkur sertifikat bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, 36-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovichdan 1998-yil 2-dekabrdagi 140-son shartnomaga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha yigʻilib qolgan 1140 (bir ming bir yuz qirq) soʻm miqdorida olinadigan penya hisobdan chiqarilganligi tasdiqlanadi.
10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi boshligʻi R, A. Gʻaniyev
1998-yil 3-dekabr
__________________________________
imzo
muhr
Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlov boʻyicha yigʻilib qolgan qarzlarni toʻlash yuzasidan Shartnoma tuzilayotganda beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 5-ILOVA
NAMUNA
230 A-son shartnoma
1998-yil 2-dekabr
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, Z6-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovich {keyingi oʻrinlarda — Uy egasi) bir tomondan va Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Etkazib beruvchi) direktori A. S. Mahmudov ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Uy egasi quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) elektr energiyasi uchun yigʻilib qolgan qarzni ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq summada va muddatlarda 2000-yil 1-yanvargacha uzish;
b) Etkazib beruvchi tomonidan berilgan elektr energiyasi uchun joriy toʻlovlarni belgilangan tariflar va muddatlarga muvofiq toʻlash.
2. Etkazib beruvchi quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) uy egasiga elektr energiyasi uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha yigʻilib qolgan _______________ soʻm miqdoridagi penyalar hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat berish;
b) belgilangan jadvalga muvofiq Uy egalari kengashining barcha aʼzolari tomonidan qarzlar uzilgan taqdirda elektr energiyasi uzluksiz berilishini taʼminlash.
3. Muddati oʻtib ketgan qarzlar jadvalda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda:
uy egasi muddati oʻtib ketgan qarzlar uchun penyalarni hisobdan chiqarish boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 1997-yil 16-yanvarda 298-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazgan “Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari”ga muvofiq muddati oʻtib ketgan har bir kun uchun penya hisoblab qoʻshiladi.
Etkazib beruvchi, haq toʻlangandan soʻng ulash sharti bilan, Uy egasini (uzib qoʻyishdan uch kun oldin Uy egasini xabardor qilgan holda) elektr taʼminoti manbalaridan uzib qoʻyish huquqiga egadir.
Uy egasi elektr taʼminoti manbalarining oʻzboshimchalik bilan ulab olgan taqdirda, u amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
4. Elektr energiyasi berishda uzilishlar boʻlgan taqdirda ushbu kunlar uchun Uy egalari kengashi nomidan Rais bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan Dalolatnoma asosida uy egalari oʻsha kunlar uchun haq toʻlamaydilar.
Etkazib beruvchi nomidan
Uy egasi A. Q. Abdullayev
Toshkent shahar elektr energiyasi korxonasi direktori A. S. Mahmudov
______________
______________
imzo, muhr
imzo
NAMUNA
Elektr energiyasi uchun 1998-yil 1-noyabrgacha yigʻilib qolgan qarzlarni toʻlash jadvali
(soʻmlarda)
Xizmatlar nomi
1998-yil 1-noyabrdagi qarzlar
Qarzlarni har oyda uzish jadvali
1999-yil 1-yanvargacha
yanvar
fevral
...
2000-yil 1-yanvargacha
1
2
3
4
5
6
7
Energiya bilan taʼminlash
1800
480
110
110
...
110
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga 5a-IL0VA
NAMUNA
Penyani hisobdan chiqarish toʻgʻrisida SERTIFIKAT
Seriya DGʻ
№ 125578
Mazkur sertifikat bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 2-uy, 36-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovichga 1998-yil 2-dekabrdagi 230 A-son shartnomaga muvofiq elektr energiyasidan foydalanganlik uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga koʻra muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha yigʻilib qolgan 600 (olti yuz) soʻm miqdoridagi penya hisobdan chiqarilganligi tasdiqlanadi.
Toshkent shahar elektr energiyasi korxonasi direktori A. S. Mahmudov
1998-yil 3-dekabr
______________
imzo
muhr
Elekgr energiya uchun yigʻilib qolgan qarzlarni toʻlash yuzasidan Shartnoma tuzilayotganda beriladi.