1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
“TASDIQLANGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi 16.03.1998-y.
3a-son qarori
Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari A.A. AXUNOV
“TASDIQLANGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirinng oʻrinbosari Sh. ABDULLAYEV 15.04.1998-y.
“TASDIQLANGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M. QUROLOV 30.04.1998-y.
“TASDIQLANGAN” Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari S. OLIMBOYEV
27.03.1998-y.
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-sonli “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) xalqaro va xorijiy tashkilotlardan hamda jamgʻarmalar, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida taqdim etiladigan grantlar boʻyicha keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalarni (keyingi oʻrinlarda — Xulosa) berish tartibini belgilaydi.
1.2. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha hamda tekin, gumanitar va texnikaviy yordam tartibidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olingan ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini bajarishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va moddiy-texnik zaxiralar xulosalarni berish obyekti hisoblanadi.
1.3. Qoʻmitaning xulosasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari, shuningdek, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida tekin gumanitar va texnik yordam tartibida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlar va loyihalarni bajarishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va moddiy-texnik zaxiralarning oluvchisi hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
1.4. Grantlarni olgan jismoniy shaxslar daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishda grantlar boʻyicha olingan daromadning qiymati, daromad soligʻi miqdori, Qoʻmitaning soliqqa tortish maqsadlari uchun yillik umumiy yillik daromaddagi chiqarib tashlangan mablagʻlar boʻyicha xulosasini koʻrsatadi.
Soliqqa tortish maqsadida grant qiymatini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxsning hisobiga oʻtkazilgan yoki jismoniy shaxs tomonidan pul mablagʻlarining olingan kunidagi kursiga binoan amalga oshiriladi.
1.5. Grantlar boʻyicha keltiriladigan asbob-uskunalarning amortizatsiyasi va hisobdan chiqarish amaldagi qonunchilikka muvofiq umum qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
II. EKSPERTIZANI OʻTKAZISh VA XULOSALARNI BERISh TARTIBI
2.1. Olingan pul mablagʻlari, moddiy-texnika zaxiralari (asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)ning ajratilgan grantlarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi boʻyicha xulosa Qoʻmita tomonidan grantni oluvchi — ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlar va loyihalar ijrochisining Qoʻmita raisining oʻrinbosari nomiga 1-shakl boʻyicha (1-ilova) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaati asosida beriladi:
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shartnoma, grantni tuzish uchun berilgan ilmiy loyiha, ishlarni bajarish uchun kalendar reja, xarajatlar smetasi va ish maqsadini belgilovchi boshqa hujjatlar);
bajarish uchun olingan pul mablagʻlari yoki asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)ni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlardan koʻchirma;
olingan pul mablagʻlari va moddiy-texnik vositalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlarning yoki xalqaro ilmiy-texnikaviy dasturlar va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi boʻyicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini oʻtkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
Talabgor xulosa berish uchun Qoʻmitaga kiritilgan hujjatlardagi maʼlumotlar chinligi uchun javobgardir.
2.2. Qoʻmita ariza kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini oʻtkazadi, uning natijalariga koʻra xulosa beriladi.
2.3. Qoʻmita arizada keltirilgan vositalar, asbob-uskunalarning xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlariga, xalqaro ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlarga muvofiqligini aniqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha ekspertizani oʻtkazadi. Ekspertizaga respublikaning ixtisoslashtirilgan muassasalari va tashkilotlari ekspertlari jalb etilishi mumkin. Ekspertizani oʻtkazish, xulosani tayyorlash va berish boʻyicha xarajatlar eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida ariza beruvchining zimmasida boʻladi.
Ekspertiza natijalariga koʻra, ekspertiza uchun talablarga toʻliq muvofiq keladigan arizaning hujjatlari bilan qabul qilib olingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmasdan yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2-shakl boʻyicha (2-ilova), jismoniy shaxslar uchun 3-shakl boʻyicha (3-ilova) Qoʻmita blankasida rasmiylashtirilgan, rahbariyat tomonidan imzolangan xulosa beriladi.
2.4. Xulosaning asl nusxasi subyekt — grantni oluvchining qoʻliga, uning notarial tasdiqlangan nusxalari esa soliq, bojxona va bank muassasalariga taqdim etiladi.
III. GRANTLARNI OLGAN ShAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR
3.1. Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan yillik umumiy daromadiga xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari boʻyicha hamda Qoʻmitaning xulosalari asosida ilmiy-texnikaviy sohadagi xalqaro shartnomalar doirasida olingan pul mablagʻlari summasi kiritilmaydi.
Mazkur imtiyoz, grant oluvchilar bilan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar va xizmatlarni bajarishga tuzilgan shartnomalar asosida grant oluvchi — yuridik shaxslardan foyda olgan grantlarning ijrochilari — jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi.
3.2. Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari, shuningdek, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha bajariladigan ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun keltiriladigan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) bojxona rasmiylashtiruvida undiriladigan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻidan ozod etiladi.
3.3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritadi va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshiradi.
Xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) begonalashtirilgan holatda barcha toʻlovlar va soliqlar grant oluvchi tomonidan belgilangan tartibda toʻlanadi.
1-ILOVA
1-shakl Tashkilot blankasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosariga
Ilova qilingan materiallarni xorijdan grant asosida keltirilgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalar boʻyicha xulosa berish uchun koʻrib chiqishingizni soʻrayman.
ni bajarish uchun __________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________
(F.I.O. yoki tashkilotning nomi toʻliqligicha)
grantni oluvchi hisoblanadi. Ilova Nusxalar: grant ajratilishini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma va b.); tasdiqlangan xalqaro ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlar.
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
_____________-son XULOSA
Toshkent sh.
20 yil “___”___________
Ushbu orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tasdiqlaydiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq,
va innovatsion dastur yoki loyiha ijrochisining nomi)
da bajarish uchun keltirilgan ___________ ming soʻm qiymatidagi pul mablagʻlari, ________________________ qiymatidagi _________________________________________________________________________________________________
(asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)
grant maqsadlari va vazifalariga muvofiq keladi. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona idoralari va bank muassasalariga taqdim etish uchun berildi.
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
_____________-son XULOSA
Toshkent sh.
20 yil “___”___________
Ushbu orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tasdiqlaydiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq,
(ish, ilmiy-texnikaviy yoki innovatsion ish _________________________________________________________________________________________________ yoki loyihaning nomi)
ishlarni bajarish uchun olgan __________________________ ming soʻm qiymatidagi pul mablagʻlari grantning maqsadlari va vazifalari muvofiq keladi hamda uning yillik umumiy daromadiga kiritilmaydi. X�losa Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona organlari va bank muassasalariga taqdim etish uchun berildi.