toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2024

“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Fan va texnika davlat qoʻmitasi 16.03.1998-y.

3a-son qarori

Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari
A.A. AXUNOV

“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirinng oʻrinbosari
Sh. ABDULLAYEV
15.04.1998-y.

“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi
raisining birinchi oʻrinbosari
M. QUROLOV
30.04.1998-y.

“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining
birinchi oʻrinbosari
S. OLIMBOYEV

27.03.1998-y.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish
Tartib
(Tartibning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 18-mayda 438-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
1.2. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha hamda tekin, gumanitar va texnikaviy yordam tartibidagi ilmiy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olingan ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini bajarishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va moddiy-texnik zaxiralar xulosalarni berish obyekti hisoblanadi.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
1.3. Vazirlikning xulosasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari, shuningdek, ilmiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida tekin gumanitar va texnik yordam tartibida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion dasturlar hamda loyihalarni bajarishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va moddiy-texnik zaxiralarning oluvchisi hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
1.4. Grantlarni olgan jismoniy shaxslar daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishda grantlar boʻyicha olingan daromadning qiymati, daromad soligʻi miqdori, Vazirlikning soliqqa tortish maqsadlari uchun yillik umumiy yillik daromaddagi chiqarib tashlangan mablagʻlar boʻyicha xulosasini koʻrsatadi.
(1.4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Soliqqa tortish maqsadida grant qiymatini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxsning hisobiga oʻtkazilgan yoki jismoniy shaxs tomonidan pul mablagʻlarining olingan kunidagi kursiga binoan amalga oshiriladi.
1.5. Grantlar boʻyicha keltiriladigan asbob-uskunalarning amortizatsiyasi va hisobdan chiqarish amaldagi qonunchilikka muvofiq umum qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
II. EKSPERTIZANI OʻTKAZISh VA XULOSALARNI BERISh TARTIBI
2.1. Olingan pul mablagʻlari, moddiy-texnika zaxiralari (asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)ning ajratilgan grantlarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi boʻyicha xulosa Vazirlik tomonidan grantni oluvchi — ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion dasturlar va loyihalar ijrochisining Innovatsion rivojlanish vaziri nomiga berilgan ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi asosida beriladi. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shartnoma, grantni tuzish uchun berilgan ilmiy loyiha, ishlarni bajarish uchun kalendar reja, xarajatlar smetasi va ish maqsadini belgilovchi boshqa hujjatlar);
bajarish uchun olingan pul mablagʻlari yoki asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)ni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan koʻchirma;
olingan pul mablagʻlari va moddiy-texnik vositalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlarning yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi boʻyicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini oʻtkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
Talabgor xulosa berish uchun Vazirlikka kiritilgan hujjatlardagi maʼlumotlar chinligi uchun javobgardir.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
2.2. Vazirlik ariza kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini oʻtkazadi, uning natijalariga koʻra xulosa beriladi.
(2.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
2.3. Vazirlik arizada keltirilgan vositalar, asbob-uskunalarning xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlariga, xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlarga muvofiqligini aniqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha ekspertizani oʻtkazadi. Ekspertizaga respublikaning ixtisoslashtirilgan muassasalari va tashkilotlari ekspertlari jalb etilishi mumkin. Bunda, ekspertiza oʻtkazilganligi va xulosa taqdim etilganligi uchun ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ekspertiza natijalariga koʻra, ekspertiza uchun talablarga toʻliq muvofiq keladigan arizaning hujjatlari bilan qabul qilib olingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmasdan yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2-shakl boʻyicha (2-ilova), jismoniy shaxslar uchun 3-shakl boʻyicha (3-ilova) Vazirlik blankasida rasmiylashtirilgan, rahbariyat tomonidan imzolangan xulosa beriladi.
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
2.4. Xulosaning asl nusxasi subyekt — grantni oluvchining qoʻliga, uning notarial tasdiqlangan nusxalari esa soliq, bojxona va bank muassasalariga taqdim etiladi.
III. GRANTLARNI OLGAN ShAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR
3.1. Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan yillik umumiy daromadiga xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari boʻyicha hamda Vazirlikning xulosalari asosida ilmiy sohadagi xalqaro shartnomalar doirasida olingan pul mablagʻlari summasi kiritilmaydi.
(3.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Mazkur imtiyoz, grant oluvchilar bilan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar va xizmatlarni bajarishga tuzilgan shartnomalar asosida grant oluvchi — yuridik shaxslardan foyda olgan grantlarning ijrochilari — jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi.
3.2. Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari, shuningdek, ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha bajariladigan ilmiy va innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun keltiriladigan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) bojxona rasmiylashtiruvida undiriladigan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻidan ozod etiladi.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
3.3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritadi va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshiradi.
(3.3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) begonalashtirilgan holatda barcha toʻlovlar va soliqlar grant oluvchi tomonidan belgilangan tartibda toʻlanadi.
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibiga
1-ILOVA

‎‎1-shakl
‎‎Tashkilot blankasida

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎innovatsion rivojlanish vaziriga

Ilova qilingan materiallarni xorijdan grant asosida keltirilgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalar boʻyicha xulosa berish uchun koʻrib chiqishingizni soʻrayman.

_________________________________________________________________________

(grant beruvchining toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________

(ilmiy yoki innovatsion topshiriq (loyiha)ning nomi)

__________________________________________________________ ni bajarish uchun

_________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________

(F.I.O. yoki tashkilotning nomi toʻliqligicha)

grantni oluvchi hisoblanadi.


‎Ilova
‎Nusxalar:
‎grant ajratilishini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma va b.);
‎tasdiqlangan xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlar.

Tashkilotning rahbari F.I.O. ________________
Ijrochi _________________
‎Telefon _________________.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibiga
2-ILOVA

2-shakl

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi ‎innovatsion rivojlanish vaziriga

_____________-son XULOSA

Toshkent sh.

‎‎20__ yil “___”___________

Ushbu orqali Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tasdiqlaydiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq,

_________________________________________________________________________

(xalqaro va xorijiy fond yoki tashkilotning nomi,

_________________________________________________________________________

ilmiy hamkorlik boʻyicha

_________________________________________________________________________

xalqaro ilmiy dastur, loyiha yoki shartnomaning nomi, mamlakatning nomi,

______________________________________________________________________ dan

imzolanish sanasi koʻrsatilgan holda)

_________________________________________________________________________

(grant oluvchining tashkilot yoki ilmiy

_______________________________________________________________________ da

va innovatsion dastur yoki loyiha ijrochisining nomi)

_________________________________________________________________________

(ish, ilmiy va innovatsion topshiriq (loyiha)ning nomi)

bajarish uchun keltirilgan __________________ ming soʻm qiymatidagi pul mablagʻlari, qiymatidagi ______________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________

(asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)

grant maqsadlari va vazifalariga muvofiq keladi.

Xulosa Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona idoralari va bank muassasalariga taqdim etish uchun berildi.

Vazir ___________________

_____________

(imzo)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibiga
3-ILOVA

3-shakl

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi ‎innovatsion rivojlanish vaziriga

_____________-son XULOSA

Toshkent sh.

‎‎20__ yil “___”___________

Ushbu orqali Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tasdiqlaydiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq,

_________________________________________________________________________

(xalqaro va xorijiy jamgʻarma yoki tashkilotning nomi,

_________________________________________________________________________

ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro ilmiy dastur,

______________________________________________________________________ dan

loyiha yoki shartnomaning nomi, mamlakat va imzolangan sanasi koʻrsatilgan holda)

_________________________________________________________________________

(grant oluvchining yoki ilmiy va innovatsion dastur yoki loyihaning ijrochisining F.I.O.)

_________________________________________________________________________

(ish, ilmiy yoki innovatsion topshiriq yoki loyihaning nomi)

bajarish uchun olgan __________________________ ming soʻm qiymatidagi pul mablagʻlari grantning maqsadlari va vazifalari muvofiq keladi hamda uning yillik umumiy daromadiga kiritilmaydi.

Xulosa Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona organlari va bank muassasalariga taqdim etish uchun berildi.

Vazir ___________________

_____________

(imzo)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2001-yil 21-avgustdagi 16, 89, 2001-84, 02/20-15-son (roʻyxat raqami 438-1, 2001-yil 29-avgust), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnika taraqqiyoti boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi ћuzuridagi fan va texnologiya boʻyicha markazi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 14-noyabrdagi 3, 123, 2002-83, 01-02/20-46-son (roʻyxat raqami 438-2, 2002-yil 26-noyabr) va 2003-yil 5-noyabrdagi 10, 115, 2003-75, 01-02/8-45-son (roʻyxat raqami 438-3, 2003-yil 21-noyabr), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maћkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 30-yanvardagi 1, PA/12-06-14/10, 2007-10, 01-02/20-6-son (roʻyxat raqami 438-3, 2003-yil 21-noyabr) qarorlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son