1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari”ga (OʻzR AQ-160) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1734-10]
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari”ga (OʻzR AQ-160) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Direktor oʻrinbosari O. LIM
Toshkent sh.,
2026-yil 27-aprel,
2-n-son
Kelishildi:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 22-aprel
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2026-yil 15-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 13-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 27-apreldagi 2-n-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari”ga (OʻzR AQ-160) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“5. Fuqaro va eksperimental aviatsiya havo kemalari parvozlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarida nazarda tutilgan talablar mazkur Qoidalar maqsadlari uchun sertifikatlash talablari hisoblanadi hamda mazkur talablar “Oʻzaviatsiya” agentligining rasmiy saytiga joylashtirib boriladi.”.
“Bunda, ariza beruvchi mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha parvoz xavfsizligining mos ravishdagi darajasini taʼminlashi haqidagi xulosasini tayyorlaydi, shuningdek parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida xavflar tahlilini ishlab chiqadi va “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan xolda tasdiqlaydi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
“321. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi va sertifikatlash tekshiruvi natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlanganda, kamchiliklar toifalangan xolda quyidagicha belgilanadi:
birinchi toifa — sertifikatning muddatini uzaytirishga (berishga) toʻsqinlik qiladigan hamda aerodrom ekspluatanti tomonidan kompleks xulosani rasmiylashtirishdan oldin bartaraf qilinishi majburiy boʻlgan parvozlar xavfsizligiga bevosita salbiy taʼsir koʻrsatuvchi kamchilik;
ikkinchi toifa — sertifikat muddatini uzaytirishga (berishga) toʻsqinlik qilmaydigan, shuningdek aerodrom ekspluatanti tomonidan ishlab chiqilgan hamda “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tegishli chora-tadbirlarga muvofiq bajarilishi majburiy boʻlgan kamchilik.
Bunda, sertifikatlash tekshiruvi natijasida birinchi toifa kamchiliklar aniqlangan taqdirda, “Oʻzaviatsiya” agentligi aerodromga sertifikat berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ikkinchi toifa kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, sertifikat berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, kamchiliklar “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tegishli chora-tadbirlarda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi lozim boʻladi.”.
4. 58-bandning “e” kichik bandidagi “oʻzgarishlar” degan soʻz “oʻzgartirish va qoʻshimchalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1-ilovaning matnidagi “Aerodrom klassi” degan soʻzlar “Aerodrom kod belgisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) 4-banddagi “oʻzgartirish” degan soʻz “oʻzgartirish va qoʻshimchalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6. Aerodrom ekspluatanti tomonidan ishlab chiqilgan va “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan oʻquv dasturlari asosida aerodrom ekspluatatsiyasi va parvozlar xavfsizligiga jalb etilgan mutaxassislarning malakasi oshirib borilishini taʼminlash.”.
“e) uchish-qoʻnish yoʻlagi, harakatlanish yoʻlagi va toʻxtab turish joylaridagi sunʼiy qoplamalarning mustahkamligi va tekisligi toʻgʻrisidagi ilmiy tashkilotlarining xulosasi (besh yilda kamida bir marotaba olinadi).”;
“j” kichik banddagi “aerodrom klassi” degan soʻzlar “aerodrom kod belgisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan toʻldirilsin:
“l) aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashgan baland toʻsiqlarni hisoblash (suratga olish) boʻyicha geodeziya tashkilotining hisoboti. Bunda, ushbu hisobotlar besh yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.”;
ikkinchi xatboshidagi “sharifi” degan soʻz “otasining ismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “oʻquv yurti, diplom №, tugallangan vaqti, malakasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti, diplom maʼlumotlari, malakasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “sharifi” degan soʻz “otasining ismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “oʻquv yurti, diplom №, tugallangan vaqti, malakasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti, diplom maʼlumotlari, malakasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) Maxsus transport xizmatidagi mavjud texnikalar roʻyxati;
d) Maxsus transport xizmatida aerodrom elementlarida (uchish-qoʻnish yoʻlagi, harakatlanish yoʻlagi va perron) harakat qiladigan va havo kemasiga xizmat koʻrsatadigan maxsus transport vositalari miltillovchi chiroqlar va radioaloqa vositasi bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
e) Aerodrom ekspluatantlari tomonidan aerodromning qabul qilish va oʻtkazuvchanlik qobiliyatidan kelib chiqib maxsus texnikalarning zaruriy miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Bunda, mahalliy parvozlarga moʻljallangan aerodromlarga zaruriy maxsus texnika vositalarini jalb qilish boshqa mahalliy tashkilotlardan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/1734-10/0513-son)