Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 34 va 27-2017-son qarori (roʻyxat raqami 2995, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 10/18/2995/1020-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
6-banddagi “davlat test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11-iyuldan 25-iyulgacha” degan soʻzlar “har yili abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish yakunlangandan boshlab 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
17-banddagi “30” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
3.
19-banddagi “72” raqami “24” raqami bilan almashtirilsin.
4.
21-banddagi “48 soat” degan soʻzlar “uch kun muddat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.