1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sug‘urta]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUg‘I
SUG‘URTALOVChILARNING AKTIVLARI VA MAJBURIYATLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-martda 1328-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 8-fevraldagi 10-sonli “Sug‘urtalovchilarning alohida sug‘urta tavakkalchiliklari bo‘yicha majburiyatlari, jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p hajmi va to‘lov qobiliyati me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1565, 22.04.2006-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilingan Sug‘urtalovchilarning aktivlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-mayda 39-son (1999-yil 4-sentabr, ro‘yxat raqami 739-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urta tashkilotlarining aktivlariga doir majburiyatlarini me’yoriy nisbatlari to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 2-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urta tashkilotlarining aktivlariga doir majburiyatlarini me’yoriy nisbatlari to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i (2002-yil 12-yanvar, ro‘yxat raqami 739-1-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 1-2 son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-yanvar,
18-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 136-modda)