toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.09.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
TASDIQLANGAN MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARI AMALGA OShIRILAYOTGAN KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 18-avgust, 75, 2006-36, 01-02/8-16-sonli “Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1619, 24.08.2006-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-fevralda 1315-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan qaror qilamiz:
1. Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi haqida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
28-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi D. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
2004-19-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
01-02/8-13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 100-modda)