1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IqTISODIY ALOqALAR AGENTLIGI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IqTISODIYoT VAZIRLIGI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA qoʻMITASI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIq qoʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILMAYDIGAN ChETDAN OLIB KELINADIGAN TEXNOLOGIYA ASBOB-USKUNALARI, EHTIYoT QISMLAR, MATERIALLAR VA KOMPONENTLARNI MAHALLIYLAShTIRILADIGAN MAHSULOTNI IShLAB ChIQARIShDA TEXNOLOGIYA JARAYoNIDA FOYDALANILADIGAN TOIFAGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA XULOSALAR BERISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-fevralda 1311-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 11-oktabrdagi EG-01/10-5900, 97, 80, 01-02/8-16, 2010-36-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1311-2 18.10.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-sonli “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mahalliylashtirish kompleks dasturiga kiritilgan korxona tomonidan bojxona organlariga vakolatli organning nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish yuzasidan bergan xulosasi taqdim qilinganda, bojxona toʻlovlari olinmaydi (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari).
2004-yil 1-yanvardan boshlab erkin muomalaga chiqarilgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelingan texnologiya asbob-uskunalari va uning ehtiyot qismlari, shuningdek materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish boʻyicha bojxona toʻlovlari yuqorida koʻrsatilgan korxonalarga bojxona organlariga murojaat qilingan paytdan boshlab bir oy ichida qaytariladi.