1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IqTISODIY ALOqALAR AGENTLIGI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IqTISODIYoT VAZIRLIGI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA qoʻMITASI oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIq qoʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILMAYDIGAN ChETDAN OLIB KELINADIGAN TEXNOLOGIYA ASBOB-USKUNALARI, EHTIYoT QISMLAR, MATERIALLAR VA KOMPONENTLARNI MAHALLIYLAShTIRILADIGAN MAHSULOTNI IShLAB ChIQARIShDA TEXNOLOGIYA JARAYoNIDA FOYDALANILADIGAN TOIFAGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA XULOSALAR BERISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-fevralda 1311-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 11-oktabrdagi EG-01/10-5900, 97, 80, 01-02/8-16, 2010-36-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1311-2 18.10.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-sonli “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Muqaddimaga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 25-iyuldagi EG-01 / 10-4090, 4, 68, 01-02/8-14 va 2006-33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1311-1, 26.07.2006-y.) muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Muqaddimaning rus tilidagi matniga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mahalliylashtirish kompleks dasturiga kiritilgan korxona tomonidan bojxona organlariga vakolatli organning nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish yuzasidan bergan xulosasi taqdim qilinganda, bojxona toʻlovlari olinmaydi (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari).
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 25-iyuldagi EG-01 / 10-4090, 4, 68, 01-02/8-14 va 2006-33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1311-1, 26.07.2006-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 307-modda)
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
EG-01-02/12-368-son
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
19-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
29-son
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
01-02/8-11-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi J. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
2004-18-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 84-modda; 2006-y., 30-son, 307-modda)