1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.05.00 (Кучини йукотган) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASIGA MAJBURIY AJRATMALAR BOʻYIChA HISOB-KITOB ShAKLI VA UNI TOʻLDIRISh VA TAQDIM ETISh BOʻYIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-fevralda 1308-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 4-apreldagi 35 va 2007-30-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha hisob-kitob shakli va uni toʻldirish hamda taqdim etish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1676, 02.05.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni hisob shakli 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning hisob shaklini toʻldirish va taqdim etish Qoidalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.