1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT VETERINARIYA BOSh BOShQARMASI
BUYRUGʻI
DAVLAT VETERINARIYA NAZORATI OSTIDAGI YuKLARNI EKSPORTI, IMPORTI HAMDA TRANZITIDA VETERINARIYA HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh VA ULARNI TAShISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-yanvarda 1302-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 29-yanvardagi 20-sonli ““Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1302-3, 08.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 18-moddalari, Veterinariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim 4-moddasiga muvofiq hamda Xalqaro epizootik byuroning Xalqaro veterinariya kodeksida belgilangan qoidalar asosida ishlarni yuritish maqsadida, buyuraman:
1. Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.