

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;13.09.1999
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-819456" id="onLBC-819456">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC18909"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-819456" id="onLS-819456">[<b>TSZ:</b><div id="LS3773"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Investitsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-819538" id="-819538">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-819539" id="-819539">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-819540" id="-819540">INVESTITSIYa FAOLIYATINI TAʼMINLASh BOʻYIChA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-819543" id="-819543"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-945267" id="-945267">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi 420-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-322831?ONDATE=13.09.1999 00#-322853">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944593" id="-944593">Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 27-dekabrdagi 572-son <a href="/mact/-608285">qaroriga </a>muvofiq, shuningdek, investitsiya jarayonini tartibga solishning samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944599" id="-944599">1. Quyidagilar:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-944600" id="onLBC-944600">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC18909"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944600" id="-944600">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-819456#-944607">nizom </a>1-ilovaga muvofiq;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-944601" id="onLBC-944601">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6547"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;</span></div><div id="LBC6551"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944601" id="-944601">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash <a href="/mact/-819456#-945094">Tartibi </a>2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944602" id="-944602">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamentiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-944603" id="-944603">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-944604" id="-944604">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-944605" id="-944605">1998-yil 15-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-944606" id="-944606">215-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-944607" id="-944607"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-944608" id="-944608">Vazirlar Mahkamasining 1998-yil <br />15-maydagi 215-son <a href="/mact/-819456#-819538">qaroriga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-944609" id="-944609">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-944610" id="-944610">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-944611" id="-944611"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-944612" id="-944612">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944613" id="-944613">1. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944614" id="-944614">2. Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga erishish va zarur tarkibiy oʻzgartirishlarni, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlovchi investitsiyalarni jalb etish asosida uning dunyo iqtisodiyotiga integratsiyalanishiga Dasturning asosiy vazifalari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944615" id="-944615">3. Quyidagilar Dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944616" id="-944616">mablagʻ bilan taʼminlash manbalari boʻyicha kapital qoʻyilmalar prognozi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944617" id="-944617">investitsiya loyihalarining aniq dasturi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944619" id="-944619">ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-944621" id="-944621">II. Dasturning muvozanatlanganligini taʼminlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944663" id="-944663">4. Dastur oʻzida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni taʼminlashga moʻljallangan iqtisodiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarning oʻzaro bogʻlangan kompleksini ifodalaydi. Bunday chora-tadbirlarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944666" id="-944666">Dastur asosiy koʻrsatkichlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining boshqa boʻlimlari va respublika Davlat budjeti bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944670" id="-944670">Dasturning obyektlarni ishga tushirish boʻyicha koʻrsatkichlarini mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan manbalari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati quvvatlari bilan muvozanatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944673" id="-944673">yangi korxonalarni iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan holda joylashtirish hamda iqtisodiy rayonlar ixtisoslashtirilishi va kompleks rivojlantirilishi, tabiiy boyliklardan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalaridan, mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanilishini hisobga olgan holda ishlab turgan korxonalarda qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-944677" id="-944677">III. Dasturni shakllantirish tartibi va muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944681" id="-944681">5. Dasturni shakllantirish davlat maqsadli dasturlari, iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarini va alohida mintaqalarni rivojlantirish boʻyicha direktiv qarorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning takliflari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944688" id="-944688">6. Dasturni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishga oid ishlarni muvofiqlashtirishni Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944691" id="-944691">7. Dastur mazkur Nizom bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944693" id="-944693">8. Dasturni ishlab chiqish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga investitsiya takliflarini tayyorlashga oid metodik koʻrsatmalarni va ularni taqdim etish muddatlarini yetkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944694" id="-944694">9. Ishlab chiqilgan Dastur Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-944695" id="-944695">IV. Investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944696" id="-944696">10. Quyidagilar Dasturga kiritish uchun (ekologik normalar va talablarga muvofiq kelishi uchun majburiy shartlar) investitsiya loyihalarini tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944697" id="-944697">a) ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944698" id="-944698">mahalliy xomashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash koʻlamini kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasigacha yetkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944699" id="-944699">eksport potensialini rivojlantirishga moʻljallangan rentabelli va yuqori texnologiyali resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944700" id="-944700">kommunikatsiyalar, sugʻorish va ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944701" id="-944701">isteʼmol bozorini eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944702" id="-944702">b) noishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944703" id="-944703">aholining ijtimoiy infratuzilmalar xizmatlariga boʻlgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944704" id="-944704">noishlab chiqarish infratuzilmalari xizmatlari sifatini oshirish va ular bilan aholini qamrab olishni koʻpaytirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944705" id="-944705">Bunda Dasturga kiritish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944706" id="-944706">xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944707" id="-944707">qishloq joylarda va ishchi kuchi ortiqcha boʻlgan mintaqalarda joylashtiriladigan loyihalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944708" id="-944708">eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlar loyihalari ustuvorlik huquqidan foydalanadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-944709" id="-944709">V. Kapital qoʻyilmalar prognozi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944710" id="-944710">11. Kapital qoʻyilmalar asosiy fondlarni yaratish va ularni koʻpaytirish uchun foydalaniladigan mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga shakllantiriladi. Kapital qoʻyilmalar koʻrsatkichlari Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda va prognozlashtirilayotgan yillarda surʼat, qurilishi tugallanmagan va ishga tushiriladigan obyektlar boʻyicha ishlar hajmi ajratib koʻrsatilgan holda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qurilishlari boʻyicha ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944711" id="-944711">12. Kapital qoʻyilmalar quyidagilarga boʻlinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944712" id="-944712">a) markazlashtirilgan qoʻyilmalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944713" id="-944713">davlat budjeti va davlat budjetidan tashqari fondlar mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944714" id="-944714">Hukumat kafolati ostida beriladigan chet el investitsiyalari va kreditlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944715" id="-944715">b) markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944716" id="-944716">korxonalar mablagʻlari, shu jumladan qoʻshma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944717" id="-944717">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944718" id="-944718">banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning tijorat kreditlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944719" id="-944719">jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslarning mablagʻlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945034" id="-945034">13. Markazlashtirilgan investitsiyalar hajmlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945035" id="-945035">Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablagʻlarn — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish chogʻida belgilangan tartibda va yigʻma budjet tarkibida tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945036" id="-945036">Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar — alohida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945037" id="-945037">14. Markazlashtirilgan investitsiyalar, qoidaga koʻra, quyidagilarga ajratiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945038" id="-945038">respublika iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945039" id="-945039">nomi koʻrsatilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joy qurilishiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945040" id="-945040">yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni tiklash, suv xoʻjaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945041" id="-945041">aholi yashash joylarining, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945042" id="-945042">maorif, sogʻliqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlari qurilishiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945043" id="-945043">davlat boshqaruv organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945044" id="-945044">davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945045" id="-945045">tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945047" id="-945047">VI. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945048" id="-945048">15. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi (keyingi oʻrinlarda Aniq dastur deb ataladi) har yili ishlab chiqiladi va asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari koʻrsatilgan ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxatini ifodalaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945049" id="-945049">Yirik va strategik jihatdan muhim boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni jalb etish tender asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday loyihalarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945051" id="-945051">16. Investitsiya loyihalarining Aniq dasturi dastur tarkibida tasdiqlanadi va unga yil davomida qoʻshimcha investitsiya loyihalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945052" id="-945052">17. Buyurtmachilar yoki ularning yuqori organlari tomonidan Aniq dasturga investitsiya loyihalarini kiritish uchun har bir investitsiya loyihasi boʻyicha Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga quyidagilar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945053" id="-945053">odatda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi tavsiyanomalariga muvofiq ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945054" id="-945054">zarur asbob-uskuna, butlovchi materiallar, jihozlar va konstruksiyalar yetkazib berish yuzasidan kontraktlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945056" id="-945056">mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945057" id="-945057">18. Tasdiqlangan Aniq dasturga muvofiq buyurtmachilar tomonidan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash uchun asos boʻlib hisoblanadigan aniq roʻyxatlar tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945059" id="-945059">VII. Ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945061" id="-945061">19. Ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Yigʻma roʻyxat deb ataladi) Moliya vazirligi, “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi va Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik bilan birgalikda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning takliflaridan kelib chiqib, mazkur Nizomning <a href="/mact/-819456#-944695">IV boʻlimida </a>koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945062" id="-945062">20. Yigʻma roʻyxat xorijiy investorlarni jalb qilish uchun aniq ustuvor yoʻnalishlarning qisqacha bayoni hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, tegishli vositalar, xalqaro axborotnomalar, Moliya institutlari, INTERNET tarmogʻi orqali potensial xorijiy investorlarga yetkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945068" id="-945068">Yigʻma roʻyxatga kiritilgan investitsiya takliflari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945070" id="-945070">keyinchalik Aniq dasturga kiritish uchun ular investitsiya loyihasi jarayoniga kelgunga qadar shakllantirishning barcha bosqichlarida doimiy monitoring amalga oshirilishi va injiniring jihatidan kompleks kuzatib borilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945071" id="-945071">davlat kafolati ostidagi xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishning ustuvor huquqidan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945072" id="-945072">21. Yigʻma roʻyxatga kiritilgan investitsiya taklifining tashabbuskori uni amalga oshirishda qatnashishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy sheriklar (potensial investorlar) bilan oldindan kelishuv yakunlari boʻyicha “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi yoki boshqa injiniring tashkiloti bilan birgalikda ekspertiza qilinadigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945073" id="-945073">VIII. Dasturni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945074" id="-945074">22. Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari mablagʻ bilan taʼminlashda koʻmaklashish, soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish, davlat monitoringini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945077" id="-945077">23. Mablagʻ bilan taʼminlashda koʻmaklashish qaytarib berish yoki qaytarib bermaslik asosida eng muhim ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan, xorijiy kreditlar boʻyicha majburiy avans toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun budjet mablagʻlari, shuningdek, xorijiy kreditlar uchun Hukumat kafolatlari berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945080" id="-945080">Amalga oshirilishi uchun davlat tomonidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlgan ustuvor investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlangan taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945081" id="-945081">Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun mablagʻlar miqdori har yili markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hajmida belgilangan tartibda nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945082" id="-945082">24. Soliq imtiyozlariga va boshqa imtiyozlarga soliqlardan vaqtincha ozod qilish, soliq solishning imtiyozli tartibini va jadallashtirilgan amortizatsiya, bojxona imtiyozlari berish va boshqalar kiradi. Har bir loyiha yoki umuman dastur boʻyicha imtiyozlar roʻyxati amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945083" id="-945083">25. Davlat monitoringgi Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945085" id="-945085">IX. Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945086" id="-945086">26. Quyidagilar Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945087" id="-945087">investitsiya loyihalarining va, birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945088" id="-945088">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarning oʻz vaqtida hal qilinishi uchun ularning javobgarligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945089" id="-945089">xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945090" id="-945090">loyihalarni amalga oshirishda paydo boʻladigan muammoli masalalarni kuzatib borish va ularning tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945091" id="-945091">investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945092" id="-945092">27. Davlat monitoringgi loyihalari Dasturga kiritilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturi departamenti tomonidan tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945093" id="-945093">28. Axborot berish tartibi, muddatlari, shuningdek Davlat monitoringgini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-945094" id="-945094"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-945095" id="-945095">Vazirlar Mahkamasining 1998-yil <br />15-maydagi 215-son <a href="/mact/-819456#-819538">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-945097" id="-945097">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-945098" id="-945098">TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-945099" id="-945099"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945100" id="-945100">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945101" id="-945101">1. Mazkur Tartib (bundan keyin Tartib deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlashni tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945102" id="-945102">2. Tasdiqlangan davlat investitsiya dasturiga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlanadigan va kreditlanadigan loyihalar aniq roʻyxati (bundan keyin Aniq roʻyxat deb ataladi) shakllantiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945103" id="-945103">II. Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan aniq roʻyxatlarni shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945104" id="-945104">3. Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Aniq roʻyxatlar quyidagi tartibda shakllantiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945105" id="-945105">a) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi investitsiya dasturida belgilangan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning dastlabki hajmlarini buyurtmachilar (investorlar, investorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar) boʻyicha aniqlaydi va ularni obyektlar boʻyicha taqsimlash uchun ularga xabar beradi, (qurilishi boshlangan investitsiya loyihalarini birinchi navbatda Aniq roʻyxatga kiritishni hisobga olgan holda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945106" id="-945106">b) buyurtmachi belgilangan tartibda va muddatlarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945107" id="-945107">Koʻrsatib oʻtilgan takliflarni asoslash uchun qurilishning butun davriga tegishli koʻrsatkichlari bilan va joriy yil limitlari doirasida kreditorlik qarzlarini toʻlash hajmlari albatta ajratib koʻrsatilgan holda qurilishlar va obyektlar roʻyxati taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945108" id="-945108">Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatga yangidan boshlanayotgan qurilishlarni va obyektlarni kiritishga, boshlangan qurilishlar va obyektlar, shu jumladan ularda xuddi shunday quvvatlar yaratilayotgan qurilishlar va obyektlar, kapital qoʻyilmalarning zarur hajmlari bilan taʼminlangandagina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945109" id="-945109">Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar ajratilayotgan buyurtmachi ulardan aniq maqsad va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945110" id="-945110">v) Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi ishtirokida buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan yangidan boshlanadigan qurilishlar va obyektlar boʻyicha takliflarni qoʻrib chiqadi va ularni Aniq roʻyxatga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aniq roʻyxatga kiritish uchun qurilishlar va obyektlarni tanlab olish asosan tanlov asosida amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945111" id="-945111">g) yangidan boshlanayotgan qurilishlar va obyektlar Aniq roʻyxatga kiritilgan paytdan boshlab buyurtmachilar ushbu obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarni belgilaydilar va pudrat savdolari (tendyerlar) oʻtkazishni tashkil etadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945112" id="-945112">d) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Moliya vazirligi buyurtmachilar tomonidan tuzilgan kontraktlar (pudrat shartnomalari) asosida Aniq roʻyxatga kiritilgan yangidan boshlanayotgan har bir qurilish va obyekt boʻyicha qurilishning barcha davriga yillar boʻyicha taqsimlangan kapital koʻyilmalarning hajmini, mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlari va manbalarini aniqlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945113" id="-945113">Zarur hollarda qurilishi tugallanmagan qurilishlar boʻyicha ularni qurish hamda obyektlar va ishga tushirish komplekslarining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda kapital qoʻyilmalar hajmlariga aniqliklar kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-954108" id="-954108">4. Qurilish materiallari va konstruksiyalar, butlovchi buyumlar xarid qilish va pudrat ishlarini bajarish uchun erkin muomaladagi valyuta xarajatlari bilan amalga oshiriladigan Aniq roʻyxatlar Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishib olinishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945214" id="-945214">III. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945216" id="-945216">5. Buyurtmachilarga davlat budjeti mablagʻlari ajratish tasdiqlangan Aniq roʻyxatga muvofiq bir yilga belgilangan limitlar doirasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945217" id="-945217">6. Buyurtmachilar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash limitlarini quruvchi korxonalarga yetkazadilar va bir yilga belgilangan limitlar doirasida amalda bajarilgan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlarni ularga har oyda oʻtkazadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945218" id="-945218">Smetalarda nazarda tutilgan asbob-uskunalarni sotib olish yuzasidan kontraktlar (shartnomalar) boʻyicha haq toʻlash, shuningdek, buyurtmachining materiallarini import operatsiyalari boʻyicha yetkazib berish ular belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin import qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatuvchi bankning muqobil kafolati mavjud boʻlgan holda kontrakt qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlovini oʻtkazish shartlarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945219" id="-945219">Mablagʻ bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga belgilangan tartibda aniqlangan oylik ehtiyoj miqdorida xarajat jadvallarini beradi, keyinchalik bu xarajatlarni budjetdan qoplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945220" id="-945220">Xarajat jadvali asosida buyurtmachilar mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga budjet mablagʻlari bilan qoplangan mablagʻ bilan taʼminlash limitlarini yetkazadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945221" id="-945221">Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlashni rasmiylashtirish uchun buyurtmachilar mablagʻ bilan taʼminlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi banklarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945222" id="-945222">loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishini (loyiha hujjatlarini);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945223" id="-945223">Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan yangidan boshlanayotgan qurilishlarning yillar boʻyicha boʻlingan Aniq roʻyxatlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945225" id="-945225">qurilishning barcha davri uchun bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob shakllari koʻrsatilgan kontraktlar (pudrat shartnomalari)ni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945227" id="-945227">qurilish qiymatining yigʻma smeta-moliyaviy hisob-kitoblarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945229" id="-945229">loyiha hujjatlari boʻyicha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining davlat idoradan tashqari ekspertizasi va davlat ekologiya ekspertizasining belgilangan tartibda tayyorlangan xulosalarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945230" id="-945230">qurilishi tugallanmagan qurilishlar boʻyicha kapital qoʻyilmalarning va qurilish-montaj ishlarining aniqlangan hajmlarini taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945231" id="-945231">7. Buyurtmachilar har oyda Moliya vazirligiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladigan ajratilgan budjet mablagʻlarining foydalanilishi toʻgʻrisida belgilangan hisobot shakli boʻyicha axborot taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945232" id="-945232">8. Buyurtmachilarga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tasdiqlangan limitlarida nazarda tutilgan qaytarib berish asosidagi davlat budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, moddiy boyliklar va boshqa mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomasi asosida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945234" id="-945234">Foizlar miqdori va ularni hisoblab qoʻshish muddatlari, shuningdek, qaytarish asosidagi budjet mablagʻlari boʻyicha asosiy qarz va foizlarni qaytarish tartibi buyurtmachi va Moliya vazirligi oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945235" id="-945235">9. Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish va kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash jarayonida banklar markazlashtirilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini, qurilish muddatlariga, ajratilgan mablagʻlarni qaytarish muddatlariga rioya qilinishini va ulardan foydalanganlik uchun haq toʻlanishini nazorat qiladilar, bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida oʻlchaydilar. Nazorat tijorat banklari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi tomon bilan tuzilgan shartnoma asosida bankka vositachilik haqi toʻlangan holda amalga oshirilishi mumkin. Qonun buzilishlar, qoʻshib yozishlar yoki ishlar hajmlarini boshqacha tarzda oshirish hollari aniqlangan taqdirda mablagʻlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945236" id="-945236">Tijorat banklari tomonidan olingan davlat budjeti mablagʻlari qatʼiy ravishda maqsadli foydalanilishi kerak va ular depozit schyotlarga oʻtkazilishi, banklararo kreditlar berish uchun foydalanilishi va boshqa qisqa muddatli xususiyatdagi operatsiyalarga jalb qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-954118" id="-954118">Qurilishning davom etish muddatlari buzilganda, kredit resurslaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganda, kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari oshirib yozilganda tijorat banklari buyurtmachilarga, alohida hollarda esa pudratchilarga nisbatan ham mavjud qonunchilik bilan belgilangan kredit taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllaydilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945237" id="-945237">IV. Boshqa mablagʻlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945238" id="-945238">10. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari (shu jumladan xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida beriladigan kreditlar) hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash (qayta moliyalash) tomonlarning kelishuviga koʻra kreditlashning amaldagi qoidalari normalariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945241" id="-945241">Tijorat banklari kreditlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan aniq roʻyxatlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishishdan oldin ushbu banklar bilan kelishib olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945242" id="-945242">Banklarning buyurtmachilar bilan oʻzaro munosabatlari kredit shartnomalari asosida quriladi. Kreditlash muddatlilik, haq toʻlash, qaytarish, taʼminlanish va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945244" id="-945244">11. Buyurtmachining oʻz mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq kapital qoʻyilmalar yillik limitlarining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar buyurtmachilar tomonidan maxsus schyotlarda band qilinganda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945245" id="-945245">12. Aralash investitsiyalash obyektlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash, obyektlar qurilishining barcha davri mobaynida budjet mablagʻlarini, boshqa markazlashtirilgan mablagʻlarni va oʻz mablagʻlarini xarajat qilish nisbatiga rioya qilgan holda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-945246" id="-945246">V. Kapital qurilishdagi hisob-kitoblar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945247" id="-945247">13. Mablagʻ bilan taʼminlanish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqadilar va ular qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlganda qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash schyotlarini ochadilar. Qurilishni hisob-kitob schyotlaridan mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945248" id="-945248">14. Banklar buyurtmachilar, pudrat tashkilotlari va investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari oʻrtasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan moddiy va energiya resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni, shuningdek, boshqa hisob-kitoblarni amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945249" id="-945249">Qurilishning barcha davriga tuzilgan kontrakt (pudrat shartnomasi) buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasidagi hisob-kitoblar kontrakt (pudrat shartnomasi)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945250" id="-945250">Investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun asosiy hujjat hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945251" id="-945251">15. Buyurtmachilar pudrat tashkilotlarining bajargan ishlari va boshqa xarajatlari uchun ularning schyotlariga toʻgʻridan toʻgʻri haq toʻlaydilar, yetkazib berilayotgan materiallar, konstruksiyalar, energiya resurslari, transport xizmatlari va asbob-uskunalar uchun belgilangan tartibda oldindan haq toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945252" id="-945252">Toʻlov shakli qonun hujjatlariga muvofiq kontraktlar (pudrat shartnomalari) bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945254" id="-945254">Buyurtmachi tomonidan materiallar va buyumlar yetkazib berilganda uning va pudrat tashkilotlari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ularning joʻnatilishiga koʻra bank orqali yoki qarzlarni oʻzaro hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-945256" id="-945256">Butlovchi tashkilotlar yoki mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar bilan yigʻma konstruksiyalar, buyumlar va materiallar uchun hisob-kitoblar shartnoma (kontrakt)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
