Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tizimi xodimlarining cheklangan soni 70 kishi, shu jumladan agentlik markaziy apparati xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 12 kishi, hududiy boʻlimlar xodimlari soni har bir mintaqada 4-5 kishidan iborat etib belgilansin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Agentlik boshligʻining bir nafar oʻrinbosariga hamda 5 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishiga ruxsat etilsin.
2. Agentlik va uning markaziy apparati tashkiliy tuzilmasi
1 va
2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizom”ning V boʻlimi
10-bandi va 11-bandining
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Agentlik boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
11. Agentlikda tarkibiga Agentlik boshligʻi (hayʼat raisi), lavozimi boʻyicha boshliq oʻrinbosari, shuningdek Agentlik tizimining boshqa xodimlari kiruvchi 5 kishidan iborat hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarori 3-bandining
birinchi va
ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga
2 va
3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L. Axmetov zimmasiga yuklansin.