1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish Tartibini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 513]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-avgustdagi 40qq-son va Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi 67-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 513-1, 07.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish Tartibi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB boshliqlari, OʻzR TIV Konsullik boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari:
2.1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish Tartibi ichki ishlar organlarining hamda Tashqi ishlar vazirligining manfaatdor xizmatlari va boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilishini tashkil etsin, natijalar boʻyicha sinovlar oʻtkazsin.
2.2. Ichki ishlar organlari ushbu buyruq bajarilishining borishi toʻgʻrisida har oyning 5-kuniga OʻzR IIVga maʼlumotnoma bilan xabar berib tursin.
3. OʻzR IIV Xoʻjalik boshqarmasi (A.Y. Yunusov) OʻzR IIV KChvaFB buyurtmasiga muvofiq mazkur buyruqni bajarish uchun zarur boʻlgan blankalar tayyorlanishini tashkil etsin.
4. OʻzR TIV Konsullik boshqarmasi (Sh.I. Akmalov), Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emasligi toʻgʻrisidagi materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishini, shuningdek maʼlumotnomalar fuqarolarga oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlasin.
5. Ushbu buyruqning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari militsiya general-mayori B.R. Parpiyev va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari I.R. Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish
TARTIBI
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi 632-XII sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi muassasalari tomonidan belgilanadi.
3. Ushbu Tartib Oʻz.R. fuqaroligi toʻgʻrisidagi Oʻz.R. Qonuni kuchga kirgunga qadar, yaʼni 1992-yil 28-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan shaxslarga nisbatan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashaydigan va 1992-yil 28-iyuldan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketgan, biroq “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilmagan shaxslarga nisbatan amal qiladi.
II. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibi
5. Chet elda doimiy istiqomat qiladigan va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish istagini bildirgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan shaxslar esa yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlariga anketa-arizalar (1-ilova) taqdim etadilar.
5.1. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari mazkur shaxslar roʻyxatini tuzadilar hamda anketa-arizalarni ilova qilgan holda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ushbu masalani uzil-kesil hal qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatlar va anketa-arizalarni olgach, uch kunlik muddatda ularni oldingi yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlariga yuboradi.
5.2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiladigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish istagini bildirgan shaxslar yashash joylaridagi ichki ishlar organlarining kirish-chiqish va fuqarolik boʻlinmalariga anketa-arizalar (1-ilova) taqdim etadilar.
6. Ichki ishlar organlarining kirish-chiqish va fuqarolik boʻlinmalari chet elda doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiladigan fuqarolarning oʻzlariga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish haqidagi IIV, IIBB, IIBdan kelib tushgan anketa-arizalarini olgach, ularni maxsus daftarda (4-ilova) qayd etadilar va shundan keyin 15 kunlik muddat ichida:
a) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishni istaydigan fuqarolarning avvalgi yashash, ishlash yoki oʻqish joyi boʻyicha mulkiy majburiyatlari borligini, sudlanganligini, ular Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan sanani tekshiradilar;
b) shaxs doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiritilguniga qadar, yaʼni 1992-yil 28-iyulga qadar chiqib ketganligi fakti aniqlangan taqdirda belgilangan namunadagi tegishli maʼlumotnoma (2-ilova) rasmiylashtiriladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi doimiy yashash joyiga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilganidan keyin, yaʼni 1992-yil 28-iyuldan keyin chiqib ketgan shaxslarga belgilangan namunadagi tegishli maʼlumotnoma (3-ilova) rasmiylashtiriladi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishni istaydigan shaxslarga belgilangan namunadagi maʼlumotnoma (3-ilova) rasmiylashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish haqida iltimos qilayotgan fuqarolarning avvalgi yashash joyi va doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organlariga kelib tushgan notarial tasdiqlangan anketa-arizalari pasport boʻlinmalarida saqlanayotgan 1-shakldagi arizalarga, 1-shakl boʻlmagan taqdirda esa — alohida ishlarga qoʻshib qoʻyiladi, bu ishlar 10 yil saqlanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar zarur tekshirish tadbirlari oʻtkazilganidan keyin ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi, kelib tushgan anketa-ariza raqami bilan roʻyxatga olinadi va fuqarolarning qoʻliga beriladi yoki Oʻzbekiston Respulikasi IIVga yuboriladi. Shundan keyin maʼlumotnomalar chet elda yashayotgan fuqarolarga topshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
9. Fuqarolarning oʻzlariga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish haqidagi arizalarni hisobga olish ularning oldingi yoki hozirgi yashash joylaridagi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi (4-ilova).
10. Chet elda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar har oyda, 5-kundan kechiktirmay QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB tomonidan umumlashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
11. Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi arizalari oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishi uchun javobgarlik bevosita ichki ishlar organlarining boshliqlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
1-ILOVA
Foto
ARIZA-ANKETA
Menga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmaganlik yoki mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishingizni soʻrayman. Bir vaqtning oʻzida quyidagi mening qaramogʻimda boʻlgan voyaga yetmagan farzandlarim Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmaslik istagini bildirmoqda:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan vaqti va joyi
Qarindoshlik darajasi
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻzlarining imzolari bilan roziliklarini tasdiqlaydilar.*
Oʻzim haqimda quyidagi maʼlumotlarni maʼlum qilaman:
1.Familiyasi, ismi va otasining ismi _____________________________________________
(oʻzgargan boʻlsa qayd etilsin)
2. Tugʻilgan vaqti va joyi _______________________________________________________
7. Jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi, tortilgan boʻlsa qachon, nima uchun va kim tomonidan _______________________________________________________________
* Izoh: shaxsan oʻzi tasdiqlash imkoni boʻlmasa, notarial tasdiqlangan rozilik arizasi ilova qilinishi shart.
9. Hozirgi vaqtda harbiy hizmatga munosabati ______________________________________
10. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzilingiz ___________________ qaysi hujjatga asosan chiqib ketgansiz, seriya ________________№____________________ qachon va qayerdan berilgan______________________________________________________
11. Fuqaroligini qabul qilish istagida boʻlgan davlatingiz ___________________________
12. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmasligingiz sababi________________ ____________________________________________________________________________
13. Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan yaqin qarindoshlaringiz _______________________
____________________________________________________________________________(qarindoshlik darajasi, F.I.O. tugʻilgan vaqti va joyi
____________________________________________________________________________ fuqaroligi, mashgʻuloti, yashash manzili)
14. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan yaqin qarindoshlari __________
____________________________________________________________________________(qarindoshlik darajasi, F.I.O. tugʻilgan vaqti va joyi ____________________________________________________________________________ fuqaroligi, mashgʻuloti, yashash manzili),
15.Oʻzbekiston Respublikasida oxirgi ishlagan joyi _________________________________
(viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy, xonadon raqami)
va 28-iyul 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirishidan oldin yaʼni “____” _______199___ yilda Oʻzbekiston Respublikasidan doimiy roʻyxatdan chiqib ketgan. Shunga muvofiq, u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaydi. U bilan birga 14 yoshga toʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub hisoblanmagan quyidagi farzandlari chiqib ketgan __________________________________
____________________________________________________________________________(F.I.O., tugʻilgan vaqti va joyi)
Shahar (tuman) ________________________________________________________ boshligʻi
____________________________________________________________________________(tugʻilgan vaqti va joyi)
shu haqdakim, Sizning “____” _______20__ yildagi murojaatingiz va Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi 632-XII sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaysiz.
Shahar (tuman) ________________________________________________________ boshligʻi