toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish tartibi;
yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-may,
224-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — Qonun) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat klinikalari va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar hamda boshqa tibbiyot muassasalari;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari hamda zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar;
identifikatsiyalovchi ID-karta (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiyalovchi karta) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik maʼlumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga beriladigan hujjat;
ichki ishlar organlarining tayanch punktlari — ichki ishlar organlarining tayanch punktlari va mahalla huquq-tartibot maskanlari;
turgan joyi — shaxs qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda vaqtincha yashaydigan joylashtirish vositasi, davolash muassasasi yoki shaxsning yashash joyi hisoblanmaydigan turar joy;
turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda qayd etish;
YIDXP — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
yashash joyi — shaxs mulkdor sifatida, ijara (ikkilamchi ijara), tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra doimiy ravishda (asosan) yashaydigan hamda oʻzi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan uy, kvartira, xizmat turar joyi, maxsus uy (yotoqxona, vaqtincha uy-joy fondi uyi yoki nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uy, shuningdek, bolalar uyi yoki boshqa maxsus maqsadli uy) yoxud boshqa turar joy;
yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda qayd etish;
“E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-mehmon” tizimi) — joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida foydalaniladigan, joylashtirish vositalarida yashovchi yoki davolash muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-xabar berish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-xabar berish” tizimi) — shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Manzil” tizimi) — shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish xizmatlari ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning respublika hududining muayyan joyida yashash yoki vaqtincha boʻlish holatini aniqlashni nazarda tutadi.
4. Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish har ikki tomonning (mulkdor va fuqaro) ishtirokida amalga oshiriladi va ularning roziligi “Face-ID” yoki “Mobile-ID” tizimi orqali tasdiqlanadi.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga joylashtirilishida “E-xabar berish” tizimida maʼlumotlarni kiritish orqali tegishli manzilga olti oy muddatgacha real vaqt rejimida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun tizimdan yuboriladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga joylashgan fuqarolar “E-mehmon” tizimi orqali turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan notarial tasdiqlangan rozilik arizasi yoki ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
5. Tugʻilgan bola fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDY) organlari tomonidan unga tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi rasmiylashtirish chogʻida otasi yoki onasining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manziliga maʼlumotlarni kiritish orqali real vaqt rejimida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Tugʻilgan bolaga FHDY tomonidan tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi rasmiylashtirish chogʻida uni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun turar joy mulkdori (mulkdorlari)ning roziligi talab etilmaydi.
6. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan turar joy mulkdori ulardan faqat bittasiga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan fuqaro ota-onasi yoki ulardan biri yoxud vasiysi (homiysi) roʻyxatdan oʻtkazilgan manzilda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan fuqaro yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun ega boʻlgan turar joy mulkdorining roziligi talab etilmaydi.
7. Fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va turar joy mulkdori (mulkdorlari) uni yashash joyi yoki turgan joyi manziliga roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda vakolatli organga xabar berishi shart.
Fuqaroning yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi unda mazkur turar joyga (uy-joy maydoniga) boʻlgan mulk huquqi kelib chiqishiga olib kelmaydi.
8. Turar joylarning ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlari tomonidan hisobga qoʻyishda ijaraga oluvchilarning xohishiga koʻra ular ijara shartnomasida koʻrsatilgan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda turar joyni ijaraga yoki tekinga foydalanishga berish shartnomasi turar joy mulkdori tomonidan tasdiqlanganidan soʻng ijaraga oluvchi haqidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) “E-xabar berish” tizimida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Turar joyning ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi turar joy mulkdori tomonidan tasdiqlanganligi fuqaroni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun turar joy mulkdorining roziligi hisoblanadi.
9. Talaba talabalar yotoqxonasiga joylashish boʻyicha murojaat qilganda taʼlim muassasasi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomani rasmiylashtirish jarayonida YIDXP orqali kompozit tarzda oʻsha yerning oʻzida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda talaba turar joy ijara shartnomasida koʻrsatilgan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga vakolatli organ tomonidan onlayn tarzda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Mulkdor (mulkdorlar) oʻzini (oʻzlarini), oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni yashash joyi yoki turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda Qonunning 20-moddasida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya etilishi shart.
Qonunning 21-moddasiga muvofiq quyidagi fuqarolarga nisbatan ularni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida, istisno tariqasida, Qonunning 20-moddasida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanmaydi:
erga (xotinga) nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlarga nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
buva, buvi, nevaralarga nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi), shuningdek, oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslarga nisbatan — vasiyning (homiyning), tutingan otaning yoki onaning yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
aka-ukalar, opa-singillarga nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan — oldingi yashash joyiga, yaʼni oʻz oila aʼzolarining, qarindoshlarining yoki hukm qilinguniga qadar oʻzi birgalikda yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga.
Fuqarolarning ushbu bandning uchinchi — sakkizinchi xatboshilari asosida, istisno tariqasida, roʻyxatdan oʻtkazilganligi roʻyxatdan oʻtkazishga oid soʻrovnomada koʻrsatilishi lozim. Ushbu maʼlumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan onlayn tarzda tekshiriladi.
11. Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda oʻziga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanmaydigan shaxslar roʻyxati elektron platforma orqali (agar tizimda mavjud boʻlsa) real vaqt rejimida avtomatik ravishda aniqlanadi.
Fuqaroni elektron platforma orqali aniqlashning imkoni boʻlmaganda, u yashash joyi va turgan joyi boʻyicha vakolatli organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
12. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlanadigan summa miqdorining 90 foizi undiriladi.
13. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
b) vakolatli organga hamda profilaktika inspektoriga oʻzi kelib murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
v) YIDXP orqali murojaat etganda:
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga (bunda tushgan mablagʻlarning 50 foizi har oyda Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun Yagona integratorga yoʻnaltiriladi);
11,75 foizi — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
g) koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali murojaat etilganda, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun undiriladigan bojning:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
d) koʻchmas mulkning ijara (tekin foydalanish) shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda ijaraga oluvchi(lar)ni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq organlarining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali murojaat etilganda, ijaraga oluvchi(lar)ni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun undiriladigan bojning:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
Davlat boji toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi. Davlat boji toʻlangani haqidagi kvitansiyani talab qilib olish taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlardan migratsiya va personallashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni ragʻbatlantirishda foydalaniladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi mavjud emasligi uni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
15. Fuqaroni yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi.
16. Fuqaroni yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish haqidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Qoʻshimcha tekshirish talab etilgan taqdirda, ariza beruvchi shaxsan yoki elektron tizim orqali xabardor qilinadi. Bunda qoʻshimcha tekshirish muddati uch kundan oshmasligi lozim.
2-bob. Fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
17. Fuqarolar yoki turar joy mulkdori (mulkdorlar) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻzlariga qulay boʻlgan joydagi vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazlari, “Aqlli” migratsiya shoxobchalari orqali shaxsan yoxud YIDXP, “E-xabar berish” tizimi orqali onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkin.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda davlat xizmatlari markazlari, YIDXP yoki notarial idoralar orqali ham berilishi mumkin.
18. Fuqaro yashash joyi boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
19. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun vakolatli organga yoki davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq arizasi (roziligi), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasi (roziligi) yoki ishonchnomasi;
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasporti (yashash guvohnomasi) yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
roʻyxatdan oʻtkazilayotgan shaxsning pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjat yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv.
20. Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va fuqaroni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Bunda turar joy mulkdori (mulkdorlari) va roʻyxatdan oʻtayotgan fuqaro elektron soʻrovnomani (arizani) identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi.
Zarur boʻlgan taqdirda esa (“Face-ID” tizimi orqali tasdiqlashning imkoni boʻlmaganda) roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi vakolatli organda imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
Ushbu Nizomning 10-bandi uchinchi — sakkizinchi xatboshilari asosida roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomada koʻrsatilishi lozim.
21. Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro YIDXP orqali yashash joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida oʻzini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) ushbu Nizomning 19-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Turar joy mulkdori (mulkdorlari) va roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro elektron soʻrovnomani (arizani) identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali elektron soʻrovnomani (arizani) tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli organda soʻrovnomaning qogʻoz shakli imzolanadi.
22. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi bolalar, yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga ushbu muassasalarga joylashtirilgan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida vakolatli organ tomonidan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda qariyalar uylari, tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalarga joylashtirilgan shaxsning pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi, qariyalar uylari, tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalar direktorining yozma talabnomasi vakolatli organga taqdim etilishi lozim.
23. Fuqaro korxona, muassasa va tashkilotga ishga qabul qilingani yoki yashash joyi yoʻqligi sababli korxona, muassasa va tashkilot tasarrufidagi xizmat turar joyi, umumiy yoki oilaviy yotoqxonada yashash joyi boʻyicha turar joyning hujjatiga (orderga) yoki mazkur korxona, muassasa va tashkilot rahbarining yozma ruxsatiga asosan vakolatli organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
roʻyxatdan oʻtkazilayotgan shaxsning pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjat yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv.
Korxona, muassasa va tashkilot rahbarining yozma ruxsatiga asosan fuqaroni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda elektron soʻrovnomani roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi. Korxona, muassasa va tashkilot rahbarining yozma ruxsati vakolatli organ tomonidan elektron tizimga yuklanadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan fuqaroga tegishli boʻlgan turar joy maydoniga roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning elektron tasdigʻini olishning imkoni boʻlmasa, notarial tartibda tasdiqlangan arizasi (roziligi) talab etiladi.
25. Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) aʼzo davlatlar hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida boʻlgan taqdirda, uning arizasi (roziligi) tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) aʼzo davlat hududida boʻlganda, uning arizasi (roziligi) ushbu konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
26. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolarning mobil telefon raqamiga elektron platforma orqali SMS-xabar yuboriladi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
27. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqaroga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq namunadagi QR-kod bilan himoyalangan fuqaroni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida elektron va (yoki) qogʻoz shaklidagi qayd varagʻi rasmiylashtiriladi.
28. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligidan soʻng bu haqidagi maʼlumot vakolatli organ tomonidan elektron platforma orqali Mudofaa vazirligiga yuboriladi.
3-bob. Fuqarolarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
29. Fuqarolar yoki turar joy mulkdori (mulkdorlar) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻzlariga qulay boʻlgan vakolatli organ, profilaktika inspektori va davlat xizmatlari markazlari, “Aqlli” migratsiya shoxobchalari orqali shaxsan yoki YIDXP va “E-xabar berish” tizimi orqali xabardor qilish tartibida onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkin.
30. Vakolatli organ tomonidan fuqaro turgan joyi boʻyicha ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
31. Fuqaro turgan joyi boʻyicha xabardor qilish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasi (roziligi) yoki ishonchnomasi;
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasporti (yashash guvohnomasi) yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
roʻyxatdan oʻtkazilayotgan shaxsning pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlari yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirishda, uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
32. Hujjatlarni qabul qilgan vakolatli organ, davlat xizmatlari markazlari masʼul xodimi hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va fuqaroni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi.
33. Elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro va turar joy mulkdori (mulkdorlari) foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa (“Face-ID” tizimi orqali tasdiqlashning imkoni boʻlmaganda) roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi vakolatli organda imzolanadi.
Notarial tartibda tasdiqlangan ariza (rozilik), vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv PDF, PNG yoki JPEG shaklda ilova qilinadi.
Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “E-xabar berish” tizimiga yuklanadi.
34. Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro YIDXP yoki “E-xabar berish” tizimi yoxud “Aqlli” migratsiya shoxobchalari orqali turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida oʻzini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi.
35. Elektron soʻrovnomaga (arizaga) ushbu Nizomning 31-bandida keltirilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar fuqaro tomonidan mustaqil kiritiladi.
Bunda turar joy mulkdori (mulkdorlari) va roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro elektron soʻrovnomani (arizani) identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi.
Zarur boʻlgan taqdirda esa (“Face-ID” tizimi orqali tasdiqlashning imkoni boʻlmaganda) roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi vakolatli organda imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
36. Fuqaroni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma (ariza) soliq organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan ijara yoki tekin foydalanish shartnomasiga asosan rasmiylashtirilgan turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) tasdigʻi talab etilmaydi.
Talabalar yotoqxonasiga joylashish boʻyicha davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali rasmiylashtirilgan shartnoma asosida kompozit tarzda turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda talaba soʻrovnomani (arizani) identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlashi lozim.
Shartnoma rasmiylashtirilishi bilan bir vaqtda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomasi maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali talabaning pasporti (ID-kartasi) va taʼlim muassasasi rekvizitlari tegishli vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya asosida avtomatik shakllantiriladi.
37. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
38. Tekshiruvda soʻrovnomani rad etish uchun asoslar aniqlanganda, rad etishning aniq sabablari koʻrsatib oʻtilgan xabarnoma qogʻoz yoki elektron shaklda fuqaroga yuboriladi.
39. Tekshirish natijasida, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan davlat boji miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) axborot tizimlari orqali davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPga elektron shaklda, vakolatli organ tomonidan fuqaroni ixtiyoriga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etiladi.
Soʻrovnoma yuborilgan yoki fuqaroga taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun davomida davlat boji toʻlanmagan taqdirda, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi arizani koʻrib chiqish avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Murojaat bekor qilingandan soʻng ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda qayta soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
40. Davlat boji toʻlovi amalga oshirganidan soʻng, vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq namunadagi QR-kod bilan himoyalangan, fuqaroni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qogʻoz yoki elektron shakldagi qayd varagʻi (keyingi oʻrinlarda — qayd varagʻi) shu kunning oʻzida fuqaroga taqdim etiladi.
Vakolatli organ qayd varagʻini rasmiylashtirib berishda fuqaroga turgan joyi boʻyicha qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
41. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, YIDXP, “Aqlli” migratsiya shoxobchalari, “E-xabar berish” tizimi orqali xizmat koʻrsatilganda, vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq namunadagi qayd varagʻi idoralararo elektron platforma orqali elektron tarzda yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazlari qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni shu kunning oʻzida idoralararo elektron platforma orqali elektron tarzda xabardor qiladi.
Fuqaroning soʻroviga koʻra qayd varagʻi qogʻoz shaklda, murojaat qilingan davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, YIDXP, “Aqlli” migratsiya shoxobchalari, “E-xabar berish” tizimi va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashish roʻyxatdan oʻtkazilayotgan turar joy mulkdori (mulkdorlari) hamda fuqaroni identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali majburiy tartibda tasdiqlangan, faqat himoyalangan idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
42. Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
43. Turgan joyi boʻyicha xabardor qilgan fuqaro bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda belgilangan muddat tugaganidan soʻng fuqaro ushbu manzilda yashashni davom ettirgan taqdirda, kelgan joyi haqida qayta xabardor qilishi lozim.
44. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqaro turgan joyi boʻyicha ushbu muassasaning “E-mehmon” tizimida ishlash huquqi berilgan masʼul xodimi tomonidan shu kunning oʻzida bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” tizimiga kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Joylashtirish vositasi yoki davolash muassasalarining masʼul xodimi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning olib qolinishi taqiqlanadi.
Fuqaroni joylashtirish vositasi, davolash muassasasi, yotoqxona, tarbiyalash muassasasi va maxsus uyda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda muayyan joylashtirish vositasi, davolash muassasasi, yotoqxona, tarbiyalash muassasasi va maxsus uy uchun belgilangan umumiy sigʻimdan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Faoliyatini ikki yoki undan koʻp obyektlarda olib boruvchi fuqaro ushbu obyektlar joylashgan manzillarning har birida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Bunda Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, vakolatli organga yoki ichki ishlar organlarining tayanch punktiga murojaat etgan holda tashrif buyuruvchini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish taʼminlanadi.
45. Qurilish obyektida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonasida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektning yashash uchun moslashtirilgan joyida (vaqtincha inshoot, moslashtirilgan bino va konteyner uyda) yashayotgan fuqaro ushbu qurilish obyekti yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonasiga vakolatli organ yoki profilaktika inspektori tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda fuqaro qurilish obyekti yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonasiga turgan joyi boʻyicha mazkur qurilish obyekti yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonasida yashash uchun moslashtirilgan joyning mavjudligi, roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaro turar joy bilan (texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilgan holda) taʼminlangani hamda uni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish haqida qurilish obyekti yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonasi rahbarining xati (roziligi) asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
46. Ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo muddatini oʻtash uchun qabul qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda jazo muddatini oʻtash uchun qabul qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasi rahbarining xati asosida hududiy vakolatli organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda jazoni oʻtash uchun keltirilgan fuqaroni qabul qilgan jazoni ijro etish muassasasi tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladigan fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy vakolatli organga yuboriladi.
Jazoni oʻtayotgan fuqaro jazoni ijro etish muassasasiga belgilangan jazo muddati doirasida, biroq undan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Jazo muddatini oʻtayotgan fuqaro boshqa jazoni ijro etish muassasasiga oʻtkazilganda, uni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish jazo muddatini oʻtashga kelgan jazoni ijro etish muassasasi tomonidan taʼminlanadi.
47. Fuqaro “E-xabar berish” va “E-mehmon” tizimlari orqali turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda “Manzil” tizimidagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinmaydi.
48. Fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida elektron platforma orqali fuqaroning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish tartibi
49. Qonunning 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi hududlarida fuqarolarning erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi cheklanishi mumkin:
chegara zonasida;
yopiq harbiy shaharchalarda;
yopiq maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda;
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarda, shuningdek, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligiga tahdid soladigan boshqa joylarda;
yuqumli kasalliklarning hamda yuqumli boʻlmagan ommaviy kasalliklarning tarqalishi, odamlarning zaharlanish xavfi mavjud boʻlganligi munosabati bilan aholining yashashi hamda xoʻjalik faoliyati uchun alohida shartlar va rejimlar joriy etilgan ayrim hududlarda hamda aholi punktlarida;
oʻta muhim va toifalangan obyektlarda;
favqulodda holat yoki safarbarlik eʼlon qilingan hududlarda.
50. Qonunning 22-moddasiga muvofiq yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomda koʻrsatilgan tegishli hujjatlarning taqdim etilmaganligi;
taqdim etilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi;
davlat bojini toʻlamaganlik;
turar joyni oʻtkazib berish uchun taqiq qoʻyilgani va (yoki) xatlab qoʻyilganligi;
ushbu Nizomning 49-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab erkin harakatlanishga, turar va yashash joyini tanlash huquqiga nisbatan cheklovlar joriy etilganligi;
ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan talabning buzilganligi.
Yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqaroning yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi unda roʻyxatdan oʻtgan turar joyga (uy-joy maydoniga) boʻlgan mulkiy huquqni keltirib chiqarishga olib kelmaydi.
51. Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, fuqaroga vakolatli organ tomonidan rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan va shaxsning oʻn ish kuni mobaynida yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmasdan yashashi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlishi bayon qilingan, QR-kodli rad etilish haqida xabarnoma beriladi.
Yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslari bartaraf etilgan yoxud turar joyni oʻtkazib berish uchun taqiq qoʻygan va (yoki) xatlab qoʻygan organ yoki muassasaning roziligi taqdim etilgan taqdirda, yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha murojaatlar qayta koʻrib chiqiladi.
52. Roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi, shuningdek, bir manzilga roʻyxatdan oʻtkazilganlik natijasida boshqa manzilidagi roʻyxati avtomatik ravishda bekor qilinganlik sababli avvalgi manzildagi roʻyxatdan oʻtkazilganligini qayta tiklash yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinadi.
53. Soʻrovnoma (ariza) turar joy mulkdori (mulkdorlari) yoki fuqaro tomonidan bir ish kuni ichida imzolanmaganda yoxud identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (“Face-ID” tizimi) bilan tasdiqlanmaganda, fuqaroga soʻrovnoma (ariza) rad etilishi haqida xabarnoma berilmasdan avtomatik ravishda bekor qilinadi.
5-bob. Yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi
54. Qonunning 14-moddasiga muvofiq fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi quyidagi hollarda “Manzil” tizimiga kiritish orqali bekor qilinadi:
a) vakolatli organ tomonidan:
fuqaro yangi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda;
turar joy mulkdorining arizasiga koʻra — turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan fuqaroga (mazkur shaxslarning turar joydan foydalanish huquqi sud tomonidan belgilangani yoki taraflar oʻrtasida kelishuv mavjudligi hollari bundan mustasno) yoxud ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya qilingan holda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqaroga nisbatan;
fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqaroning notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnomasi yoki roziligi asosida;
fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi shaxsiy murojaati yoki boshqa shaxsning notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosidagi murojaati boʻyicha.
b) sud tomonidan:
uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qoʻllanmagan holda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan;
shaxsni turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi, shaxsni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi yoki shaxsni turar joydan koʻchirish haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan;
fuqaroning qalbaki hujjatlar yoki haqiqatga mos kelmaydigan hujjatlar asosida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shuningdek, fuqaroni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazgan mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan;
shaxsga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo tayinlanganda – sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan.
55. Turar joydan foydalanish huquqi sud tomonidan belgilangan shaxslarning roziligisiz ularni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi faqat sudning qaroriga asosan bekor qilinadi.
Turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlgan fuqaro haqidagi maʼlumot manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan onlayn tarzda tekshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishonchnomasi va arizasi jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanganda ushbu hujjatlar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi.
56. Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ularning ota-onasining (yolgʻiz otasining yoki onasining), tutingan ota-onasining yoki vasiylarining (homiylarining) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
57. Turar joy mulkdori (mulkdorlari) fuqaroning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) fuqaroning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi, shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasi yoki ishonchnomasi;
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasporti (yashash guvohnomasi) yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
turar joyga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi va yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjat.
58. Fuqaro oʻzining yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
fuqaroning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi, shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning notarial tartibda tasdiqlangan arizasi yoki ishonchnomasi;
pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
59. Xorijda doimiy yashashga ketish uchun ruxsat olgan fuqaro oʻzining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza;
fuqaroning xorijga chiqish uchun biometrik pasporti;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning xorijga chiqish uchun biometrik pasporti.
60. Ushbu Nizomning 57 — 59-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilgan vakolatli organning masʼul xodimi hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganini bekor qilish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi.
Elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Elektron soʻrovnoma (ariza) ariza beruvchi tomonidan identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlanadi.
Zarur boʻlgan taqdirda (“Face-ID” tizimi orqali tasdiqlashning imkoni boʻlmaganda) mazkur fuqaro tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
61. Fuqaro yotoqxonaga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi taʼlim tashkiloti rahbariyatining bildirishnomasiga koʻra, xizmat uyiga roʻyxatdan oʻtkazilganligi ish beruvchining bildirishnomasiga koʻra, turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni turar joy mulkdori murojaatiga koʻra bekor qilish asos boʻlgan hujjatlarga muvofiq yoki fuqaroning tashabbusi bilan vakolatli organ tomonidan bekor qilinadi.
62. Oldi-sotdi, meros va boshqa bitimlar tuzishda turar joy mulkdorning roziligiga asosan ushbu manzilda yashovchilarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik holati saqlanib qolinishi (qolmasligi) yoki roʻyxatdan oʻtkazilganlikni bekor qilish muddati aniq belgilanishi mumkin.
Oldi-sotdi, meros va boshqa bitimlarda fuqarolarning foydalanish huquqi saqlanib qolishi belgilangan boʻlsa, mazkur begonalashtirilgan turar joylarda foydalanish huquqi saqlab qolingan fuqarolarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi ularning roziligi asosida bekor qilinadi.
Oldi-sotdi, meros va boshqa bitimlarda belgilangan turar joylarda foydalanish muddatining tugaganligi turar joy mulkdori tomonidan ushbu manzilda yashovchilarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinishiga asos boʻladi.
Taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan boʻlmasa, turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaxslarni ushbu turar joydagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ularning roziligi olinmaydi.
63. Fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganini bekor qilish boʻyicha vakolatli organga murojaat qilinganda, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq fuqaroni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganlik haqida qayd varagʻi rasmiylashtiriladi.
Agar fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganini bekor qilish boʻyicha soʻrovnomada ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmagani yoki xato maʼlumotlar kiritilgani aniqlangan taqdirda, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganini bekor qilish rad etiladi.
Ushbu Nizomning 59-bandiga asosan taqdim etilgan arizadagi hujjatlarni koʻrib chiqish davomida fuqaroning doimiy yashash uchun ketishi uchun toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanmaganda, xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmasa Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotilishi uchun asos boʻlishi haqida yozma ravishda ogohlantiriladi va uning xorijga chiqish biometrik pasportiga xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilgani toʻgʻrisida ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shtamp qoʻyiladi.
64. Turar joy mulkdorning arizasi yoki notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnomasi asosida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
65. Fuqaroning arizasiga asosan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganda, fuqaro oʻn ish kun muddat ichida yangi manzilga yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
66. Fuqaro vafot etganda uning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi oʻlim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida FHDY organlaridan elektron platforma orqali olingan maʼlumotlarga yoki oʻlim haqidagi guvohnoma taqdim etilganda, turar joy mulkdorining arizasiga asosan vakolatli organ tomonidan bekor qilinadi.
Chet elda vafot etgan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan berilgan oʻlim haqida guvohnoma yoki sudning vafot etganlik faktini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organlaridan elektron platforma orqali olingan maʼlumotlarga yoki oʻlim haqidagi guvohnoma taqdim etilganda, turar joy mulkdorining arizasiga asosan vakolatli organ tomonidan bekor qilinadi.
67. Chet elda boʻlib turgan fuqaroning xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganini bekor qilish yuzasidan konsullik hujjatlari vakolatli organda bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Bunda “Manzil” tizimi orqali fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinib, QR-kodli “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirishnoma” chop etiladi. Ushbu bildirishnoma kuzatuv xatiga ilova qilingan holda keyinchalik vakolatli organga yuboriladi. Vakolatli organ ariza beruvchiga taqdim etish va uni doimiy konsullik roʻyxatiga qoʻyish uchun QR-kodli “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni bekor qilish toʻgʻrisida bildirishnoma”ni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
68. Roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar nomenklatura boʻyicha yigʻmajildlarga tikiladi hamda vakolatli organda besh yil davomida saqlanadi.
69. Roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish rad etilgan taqdirda, fuqarolarga shu kunning oʻzida asoslantirilgan javob xati beriladi.
70. Fuqaroning bekor qilingan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi sudning qarori asosida sud tomonidan “Manzil” tizimiga kiritish orqali tiklanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
71. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
72. Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish haqidagi murojaatining rad etilganligi takroran murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
73. Quyidagilar pasport tizimi qoidalariga rioya etilishiga masʼul:
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari — boshqaruvidagi korxona, tashkilot, muassasalarda;
mulkdor — oʻzining egaligidagi turar yoki noturar joyda.
74. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmagan holda yashayotgan fuqarolarni ichki ishlar organlarining tayanch punktlarida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar doirasida roʻyxatdan oʻtishlari taʼminlanadi.
75. Fuqaroning roʻyxatdan oʻtgan manzilidan boshqa manzilga yashash uchun oʻtgani haqida oʻn ish kunidan ortiq muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi, shuningdek, pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan oʻz turar joyida fuqaroning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashiga yoʻl qoʻyilishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
76. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(fuqaro va mulkdor)

1. Migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yoki Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — DXM) oʻzi kelib murojaat qiladi yoxud xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

2. Qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Vakolatli organ, DXM yoki ariza beruvchi.

2. Ariza beruvchi.

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlaydi va avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuklaydi.

2. Xizmat koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi;

2. Rad etish asoslari aniqlanmaganda fuqaroning pasportidagi avvalgi yashash manzilidagi doimiy roʻyxatini shtamp bosish orqali bekor qiladi va QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini rasmiylashtiradi;

Qayd varagʻining elektron shaklini DXMga yoki ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi;

Fuqaroning xohishiga koʻra qogʻoz yoki elektron shaklini taqdim etadi;

Hududiy mudofaa boʻlimiga fuqaro yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgani haqida elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

1. DXM.

1. Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa mobaynida.

2. Ariza beruvchi.

2. Elektron manziliga yuborilgan qayd varagʻini xohishiga koʻra yuklab oladi.

2. Aniq vaqt rejimida.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

____________________________________________

Tuman (shahar) IIB, IIO FMB MvaPB(G) boshligʻiga

____________________________________________

__________________________________________da

yashovchi _____________________________________

(mulkdorning F.I.O.)

ARIZA

Mening egaligimda boʻlgan, _______________ tumani (shahri), _________ koʻchasi _______ (mavze)

__________ uy, _________ korpusda joylashgan, umumiy foydalanish maydoni ____________________ kvadrat/metrdan iborat boʻlgan _________ xonadonga fuqaro ____________________________________

_______________________________________________________________________________________ni

(yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan fuqaroning F.I.O)

quyidagi oila aʼzolari bilan birga yashash (turgan) joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman.

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Mulkdor yoki vakil _____________________________________________________

(fuqaroning F.I.O.)

Imzo ________

20__ yil “___” __________

Izoh. Mulkdor voyaga yetmagan shaxs boʻlsa, uning nomidan ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil sifatida harakat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi va joyi

5. Murojaat tartib raqami

6. Murojaat qilingan sana va vaqt

7. Pasport (ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi va raqami)

8. Avvalgi yashagan manzili

9. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan manzil

10. Telefon raqami

11. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)

II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida maʼlumot:

1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi

2. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan manzil yoki yuridik manzil

3. Kadastr yoki order raqami

III. Voyaga yetmagan oila aʼzolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Oʻgʻli

Qizi

IV. Tomonlarning imzolari:

Mulkdor

Roʻyxatdan oʻtuvchi

_______________________________________

(mulkdorning imzosi va F.I.O.)

_______________________________________

(roʻyxatdan oʻtuvchining imzosi va F.I.O.)

20__ yil “___”_________

20__ yil “___”_________

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va personallashtirish departamenti

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

QAYD VARAGʻI

JSHSHIR _________________________________

Qayd varagʻi raqami _________________________

F.I.O ____________________________________

Tugʻilgan sanasi ____________________________

__________________________________________

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzil

__________________________________________

___________________________________________

Hujjat raqami

___________________________________________

__________________________________________

___________________________________________

(pasport, ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma)

Qayd varagʻi bergan organ _____________________________________________________

(Tuman (shahar) IIB, IIO FMB MvaPB yoki MvaPG)

Izoh. 1. Qayd varagʻi fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.
2. Harbiy hisobda turishga majbur fuqaro uch ish kuni ichida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobdan oʻtishga majburdir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(fuqaro va mulkdor)

1. Migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ), profilaktika inspektoriga, Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — DXM) oʻzi kelib murojaat qiladi yoki xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “E-xabar berish” tizimidan roʻyxatdan oʻtadi.

2. Qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Vakolatli organ, DXM yoki ariza beruvchi.

2. Ariza beruvchi.

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlaydi va avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuklaydi.

2. Xizmat koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.

2. Rad etish asoslari aniqlanmaganda QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini rasmiylashtiradi va fuqaroning xohishiga koʻra qogʻoz yoki elektron shakli taqdim etadi.

Qayd varagʻi elektron shaklini DXMga yoki ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

1. DXM.

1. Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa mobaynida.

2. Ariza beruvchi.

2. Elektron manziliga yuborilgan qayd varagʻini xohishiga koʻra yuklab oladi.

2. Aniq vaqt rejimida.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan joyi va sanasi

5. Murojaat tartib raqami

6. Murojaat qilingan sana va vaqt

7. Pasport (ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi va raqami)

8. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili

9. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan manzili

10. Telefon raqami

11. Elektron pochta manzili

II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida maʼlumot:

1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi

2. Yashash joyi boʻyicha roʻyxat manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili)

3. Kadastr raqami

4. Uy-joy bergan yuridik shaxsning aloqa xati

III. Voyaga yetmagan oila aʼzolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Oʻgʻli

Qizi

IV. Tomonlarning imzolari:

Mulkdor

Roʻyxatdan oʻtuvchi

__________ _____________________________

(mulkdorning imzosi va F.I.O.)

__________ _____________________________

(roʻyxatdan oʻtuvchining imzosi va F.I.O.)

20__ yil “___”_________

20__ yil “___”_________

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va personallashtirish departamenti

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

QAYD VARAGʻI

JSHSHIR __________________________________

Raqam _____________________________________

Fuqaro ___________________________________

Tugʻilgan vaqti _____________________________

Hujjat ___________________________________

Amal qilish muddati

Berilgan vaqti _____________________________

___________________________________________

Seriyasi ___________________________________

Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Kadastr ___________________________________

Kelishdan maqsad ___________________________

Viloyat ____________________________________

Qayerdan keldi ______________________________

Tuman (shahar) _____________________________

Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish

muddati _______ yil “_____” ___________gacha

Manzil ___________________________________

Uy ________ xona ________

Maʼlumot __________________________________

Qayd varagʻi bergan organ _____________________________________________

(Tuman (shahar) IIB, IIO FMB MvaPB yoki MvaPG)

Izoh. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va personallashtirish departamenti

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganligi toʻgʻrisida

QAYD VARAGʻI

JSHSHIR ___________________________________

Qayd varagʻi raqami __________________________

F.I.O ______________________________________

Tugʻilgan sanasi _____________________________

Bekor qilish sababi:

____________________________________________

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilingan sana

Roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilingan manzili

____________________________________________

____________________________________________

Hujjat raqami

____________________________________________

____________________________________________

____________________________________________

(pasport, ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, harbiy hujjatlar)

Qayd varagʻi bergan organ ______________________________________________________

(Tuman (shahar) IIB, IIO FMB MvaPB yoki MvaPG)

Izoh.
1. Qayd varagʻi fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.
2. Harbiy hisobda turishga majbur fuqaro uch ish kuni ichida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilingan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobdan chiqishga majburdir.
3. Fuqaro ushbu varaqa rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni muddati ichida yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda doimiy yashashga ketish uchun ruxsat berilganligi sababli yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish shtampining
NAMUNASI
Shtamp oʻlchami 60x20 mm
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova matnidagi “propiskadan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
152-bandning ikkinchi xatboshisidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatdan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovaning 10-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtishga” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish qonun” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish qonunchilik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorida:
a) 1-ilovaning 108-bandi ikkinchi xatboshisidagi “yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yangi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy va vaqtinchalik istiqomat qiluvchilar soni” soʻzlari “yashash joyi va turgan joyi boʻyicha istiqomat qiluvchilar soni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning oʻninchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
99-banddagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan xonadonlarda” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan xonadonlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
108-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda, I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyga yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”;
115-bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yuzasidan;
turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yuzasidan”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarorida:
12-bandning oʻninchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili”;
2-ilovaning “Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar” boʻlimining 4-pozitsiyasi ikkinchi ustunidagi “Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish manzili” soʻzlari “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyaning “Maʼlumotning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslarning soni, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan/roʻyxatdan chiqarilgan kun”;
2-pozitsiyaning “Maʼlumotning nomi” ustunidagi “Turar joyda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar” soʻzlari “Yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “Maʼlumotning nomi” ustunidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning “Maʼlumotning nomi” ustunidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandi ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy yashash manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalari ularning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻlmasa — turgan joyi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazish avtomototransport vositasi egasining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan hududidan qatʼi nazar, har bir hududda avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish uchun masʼul etib belgilangan hududiy YHXX organlarida ham amalga oshirilishi mumkin”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatda turgan” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-bandning birinchi xatboshisi va 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 19-bandning oltinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Sudning qaroriga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam berish qoidalarining 12-bandidagi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs — shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 18 yoshdan oshgan shaxs”;
b) 10-bandda:
“b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joylariga yuborilishi lozim boʻlgan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzillariga yuborilishi lozim boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning sakkizinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joylariga yuborish” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzillariga yuborish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 32-bandning oʻn uchinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joylariga” soʻzlari “yashash yoki turgan joylariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 41-banddan, 421-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan, 422-banddan, 9-bob nomidan va 68 — 71-bandlardan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
d) 42-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatda turgan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 44-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻlmagan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 18-banddan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 20-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turgan hududida bunday oʻquv tashkiloti mavjud boʻlmagan hamda boshqa hududda joylashgan oʻquv tashkilotida vaqtincha turgan joyi” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turgan hududida bunday oʻquv tashkiloti mavjud boʻlmagan hamda boshqa hududda joylashgan oʻquv tashkilotida turgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
nomidagi, 1-banddagi, 2-bob nomidagi, 11-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning ilova belgisidagi, nomidagi, 2 va 3-bosqichlarning “Tadbirlar” ustunidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning ilova belgisidagi, nomidagi va matnidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning ilova belgisidagi, nomidagi va matnidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 1-bandidagi va 8-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy yashash manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaga 3-ilova matnidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
d) 4-ilovaning 6-bandi oltinchi xatboshisidagi “doimiy yashash manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi va 2-bandidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarorida:
a) 1-ilovada:
3-bandning yettinchi xatboshisidagi “hududda doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “hududda yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 31-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 37-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-bandning oʻninchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turar joyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi” soʻzlari “yashash joyi yoki vaqtincha turar joyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki yashash joyi yoki turgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 12-bandi ikkinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarorida:
a) nomidagi va 1-banddagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
nomidagi, 1-banddagi, 4-bob nomidagi 12-banddagi, 14-bandning birinchi xatboshisidagi, 15, 20 va 25-bandlardagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinib” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtib” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandda:
birinchi xatboshidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “vaqtincha” soʻzi chiqarib tashlansin;
18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Vatandoshlar yashash manzillarini oʻzgartirsalar, uch ish kunidan kechikmay turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha hududiy MvaFR boʻlinmasiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlikni oʻzgartirish uchun murojaat qilishi lozim (mehmonxona, sanatoriy va davolanish muassasalariga koʻchib oʻtish bundan mustasno).
19. Muayyan manzilda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi asosida yashayotgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq boʻlish istagini bildirsalar, amaldagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi bekor qilinmasdan, boshqa manzilga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda yangi manzildagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi avvalgi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi muddatidan oshmasligi lozim”;
21 va 23-bandlardagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-bandda:
birinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskasi” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
1-ilovaning belgisi va matnidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning belgisi va 10-bandidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning belgisidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovada:
ilova belgisidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matnidagi “doimiy yashash manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovada:
ilova belgisidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matnidagi: “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishga” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishga” soʻzlari bilan, “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxat dan oʻtkazilayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishingizni” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishingizni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15 va 24-bandlaridagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi va 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Abituriyentlar oʻzlarining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, istalgan Markazga davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishi mumkin.
Abituriyentlar Markazga murojaat etgan hududda (YIDXP orqali murojaat etganda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan hududida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi va oʻquv jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
5-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 14-bandning uchinchi xatboshisi va 21-banddagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
1-ilovaning IV bosqich “Oʻtkaziladigan tadbirlar” ustunidagi 3-bandidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
5-ilovaning “Doimiy yashash joyi” ustunidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 39-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada:
7-pozitsiyaning “Hujjat turi” ustunidagi “Doimiy propiska qilingan turar joydan kadastr hujjatining nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska qilingan turar joyi bilan toʻgʻri kelsa)” soʻzlari “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joydan kadastr hujjatining nusxasi (agar turar joyi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joyi bilan toʻgʻri kelsa)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyaning “Hujjat turi” ustunidagi “Doimiy propiska” soʻzlari “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 18-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-bandning uchinchi xatboshisidagi va 26-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 30-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilganligi” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 49-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “fuqaro roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi” soʻzlari “fuqaro roʻyxatdan oʻtgan yashash joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “ariza beruvchi roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi” soʻzlari “ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtgan yashash joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 91-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
g) 151-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“151. Reyestrdan koʻchirma shakllanganidan soʻng mulkdorni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza avtomatik ravishda Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga yuboriladi.
Ariza beruvchi ichki ishlar organlarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng Davlat xizmatlari markaziga, notarial idoraga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat etganda) QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻi yuboriladi”.
26. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
22-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda boʻlgan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “doimiy roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilingan shaxs” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “vaqtincha (doimiy) yashayotgan” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 2-bosqich “Tadbirlar” ustunining 4-bandidagi “doimiy roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
12-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
31-bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “vaqtincha (doimiy) yashayotgan” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
12-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
26-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan (propiska qilingan) manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “vaqtincha (doimiy) yashayotgan” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “doimiy propiskasiz” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
12-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
27-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “vaqtincha (doimiy)” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatga olinmagan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovada:
14-bandning oltinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
19-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashab turgan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan)” soʻzlari “oxirgi yashab turgan (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash boʻyicha roʻyxatga olingan manzili” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35-banddagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manziliga” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “vaqtincha (doimiy)” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatga olinmasdan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmasdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 4-maydagi 271-son qarorining 3-bandi “v” kichik bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-bandning “e” kichik bandi uchinchi xatboshisi va 41-bandning “b” kichik bandi oʻn beshinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy, vaqtincha yoki asosan” soʻzlari “yashash joyi, turgan joyi boʻyicha yoki asosan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 56-bandi oʻninchi xatboshisidagi “doimiy yoki asosan yashash” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi yoki asosan yashash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandning ikkinchi xatboshisi, 9-bandning uchinchi xatboshisi va 14-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 5 va 7-bosqichlari “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandining birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish huquqisiz” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning 5-kichik bandidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 5-banddagi “doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turmasligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 44-bandda:
oltinchi xatboshidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshidagi “doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Maktab taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarorida:
a) 1-ilovada:
7-bandda:
birinchi xatboshidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 40-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 1 va 6-bandlaridan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 24-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi va turar joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarorida:
a) 1-ilovada:
2-bandda:
oʻn uchinchi xatboshidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi xatboshidagi “(doimiy roʻyxatdan oʻtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy roʻyxatdan oʻtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha roʻyxatdan oʻtish)” soʻzlari “(yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
89-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi “yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
213-bandning birinchi xatboshisi, 233-bandi, 234-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 247-banddagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
217-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turar joy” soʻzlari “yashash joyi yoki turar joy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 31-bandi birinchi xatboshisi, 35, 43, 44-bandlari, 45-bandi toʻrtinchi xatboshisi va 58-banddagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyuldagi 384-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi “yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha” soʻzlari “uning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-bandning oʻn beshinchi xatboshisidagi “(doimiy roʻyxatdan oʻtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy roʻyxatdan oʻtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha roʻyxatdan oʻtish)” soʻzlari “(yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 41-bandning oʻn toʻrtinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilari, 42-bandning uchinchi xatboshisi, 43-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 44-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 45-bandning birinchi xatboshisi, 46-bandning beshinchi xatboshisi, 164-bandning uchinchi xatboshisi va 190-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
47-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashaydigan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtib yashaydigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
140-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
153-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“153. Pensioner yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan boʻlsa va u faqat turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan boʻlsa, pensiya yoki 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan pensiya yoki nafaqa oluvchilarga qoʻshimcha toʻlov turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan muddat mobaynida toʻlanadi. Shaxsga pensiya yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik, yashash guvohnomasi yoki ID-kartasining amal qilish muddatining tugashi bilan turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish, yashash guvohnomasi yoki ID-kartasining keyingi sanasi oʻrtasida uzilish mavjud boʻlgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensiyani toʻlash turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish, yashash guvohnomasi yoki ID-kartasining yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani toʻlash pensiya toʻlash toʻxtatilgan paytdan boshlab Qonunning 59-moddasida belgilangan muddat asosida davom ettiriladi”;
v) 11-ilovaning 13-bandi yettinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 23, 24 va 33-bandlardagi “doimiy yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 51-banddagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 65-banddagi “doimiy yashash” soʻzlari “yashash joyi” soʻzlari bilan “vaqtincha turgan” soʻzlari “turgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 67-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
39. Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarorida:
a) 3-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 15-bandning uchinchi xatboshisidagi va 36-banddagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshisidagi, 37, 40-bandlardagi, 61-bandning birinchi xatboshisidagi, 94, 108, 113-bandlardagi, 149-bandning birinchi xatboshisidagi va 185-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan” soʻzlari “yashash (turgan) joyi boʻyicha roʻyxatdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
90-banddan va 164-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovada:
1-banddagi “doimiy roʻyxatda turgan manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandda:
“g” kichik banddagi “doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan yashash manzilidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “doimiy roʻyxatda turgan manzili” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 6-bandning oltinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatga qoʻyish” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandda:
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili boʻyicha 1 ish kuni ichida roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS-xabar yuboradi. Bolani uning otasi yoki onasi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan taqdirda roʻyxatga qoʻyish belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“d” kichik banddagi “doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan yashash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Bir martalik nafaqa miqdoridan bolani yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati davlat boji undirilmagan holda amalga oshiriladi”.
40. Vazirlar Mahkamasining “Sport sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarorida:
a) 1-ilovada:
6-banddagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 25-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
5-banddagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 23-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-bandidagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 6-bandidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2024-yil 11-martdagi 123-son qarorida:
a) 1-ilovada:
22-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
2-ilovaning “I. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimidagi 8-pozitsiyaning birinchi ustunidagi “Doimiy roʻyxatdan” soʻzlari “Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilova matnidagi “doimiy yashash joyi” soʻzlari “yashash joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovaning 2-pozitsiyasi “Koʻrsatiladigan xizmat va yordam” ustunidagi “Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-bandning oltinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyishda” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisi, 18-bandning birinchi xatboshisi, 19-band, 37-bandning “v” kichik bandi, 39-bandning “b” kichik bandi, 40-bandning “v” kichik bandi va 73-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 81-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan, “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi” soʻzlari almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 2-bosqich “Tadbirlar” ustunidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
45. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 31-maydagi 319-son qarorida:
a) 1-ilovada:
109-bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
130-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 103-bandi ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori bilan tasdiqlangan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandidagi “doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turishidan” soʻzlari “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
47. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 13-sentabrdagi 573-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi” soʻzlari “yashash va turgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxsning yashash yoki turgan joyi boʻyicha manzili oʻzgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda hisobga qoʻyish boʻyicha — yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish jarayonida”;
5-banddagi “doimiy yashash yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “doimiy yashash va vaqtincha” soʻzlari “yashash va turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovada:
nomidagi “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganda” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich 1-bandining 3-ustunidagi “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” soʻzlari, 4-ustunidagi “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingandan” soʻzlari “yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgandan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning “I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimidagi birinchi ustun 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Yashash joyi yoki roʻyxatda turgan joyi manzili”.
48. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisida nizomda:
a) 12-banddagi “doimiy roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 16-banddan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 25-banddagi “doimiy yoki vaqtincha yashayotgan” soʻzlari “vaqtincha yashayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 34-banddagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaning “I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimidagi birinchi ustun 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Yashash joyi manzili”.
49. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 731-son qarori bilan tasdiqlangan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandidagi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
50. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
a) 1-ilovaning 14, 16, 20-bandlaridagi “doimiy” soʻzi “yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaga 1-ilovaning 5-bandidagi “doimiy” soʻzi “yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaga 3-ilovadagi “doimiy” soʻzi “yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarorida:
a) 1-ilovada:
4-banddagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning “d” kichik bandi sakkizinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 21-bandi sakkizinchi va oʻninchi xatboshilaridan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 16-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Vasiylik va homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyiga koʻra, agar bola muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyiga koʻra belgilanadi”;
d) 6-ilovaning 31-bandi oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tutingan bolalarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzining yashash va (yoki) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlash”;
e) 8-ilovaning 12-bandidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 9-ilovaning 14-bandidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “yashash yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-banddagi “doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi” soʻzlari “yashash joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-banddagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 39-banddan “doimiy yashash joyidagi” soʻzlari “yashash joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
54. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qarori Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5, 6, 16, 17, 28, 39, 40, 50, 51, 61, 62, 74, 75, 84, 96, 97, 108, 109, 121, 122-bandlari va ilovasi “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
55. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 8-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
56. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan Favqulodda holat joriy etilgan hududda uy-joy fondini tiklash, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va kompensatsiyalar toʻlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning matnidagi “doimiy” soʻzi “yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
57. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 82-bandidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomda:
a) 7-banddan va 12-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) ilovaning 3-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi 2-banddan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
59. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ilova matnidan “Doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
60. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilova 5 va 13-pozitsiyalarning ikkinchi ustunidagi “Doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan” soʻzlari “Yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
61. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 377-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalarini nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ilovaning matnidagi “doimiy roʻyxatga olingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
62. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatining uchinchi ustunidagi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyida” jumlalaridan “doimiy” va “vaqtincha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
63. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 20-iyundagi 384-son qarorida:
a) 1-ilovada:
9 va 24-bandlardan “doimiy yoki vaqtincha yashash” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovada:
15-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyida” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovada:
1.2-banddagi “doimiy yoki vaqtinchalik yashash” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2.2.9 va 2.3.11-bandlaridagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovaning 4-bandidagi, 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi, 9-bandidagi, 11-bandi “e” kichik bandidagi “doimiy yoki vaqtincha” soʻzlari “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
64. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-bandidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
65. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “Doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 457-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
67. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi birinchi xatboshisidagi “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
68. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 2-ilovaning 1.3 va 2.3-pozitsiyalaridan “Doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 5-ilovaning 3-pozitsiyasidan “Doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
69. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 547-son qarori bilan tasdiqlangan Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2 va 3-ilovalarning matnidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
70. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidan “doimiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 55-banddagi “roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi boʻyicha” soʻzlari “roʻyxatga olingan yashash joyi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi va 2-ilovasi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 73-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni doimiy yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 29-dekabrdagi 785-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 100-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 19-bandi “b” kichik bandi, 758 va 913-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyuldagi 385-son qaroriga 2-ilovaning 16-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga davlat xizmatlari qoʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 28-sentabrdagi 541-son qaroriga ilovaning 13 va 20-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 29-dekabrdagi 705-son qaroriga ilovaning 4-5-bandlari.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga ilovaning 3 va 6-bandlari.
13. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 13-sentabrdagi 573-son qaroriga 2-ilova.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qaroriga ilovaning 6-bandi, 10-bandi, 11-band “g” va “d” kichik bandi, 19-band “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi, “d” kichik bandi uchinchi xatboshisi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 21-dekabrdagi 868-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 2025-yil 5-avgustdagi 497-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 26-avgustdagi 538-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)