1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBIL YONILGʻISI QUYISH SHOXOBCHALARINING ISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA ISTEʼMOLCHILARINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASHNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan yangi avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari qurishga ruxsat olish va qurilishni kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga muvofiq respublika xalq xoʻjaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni tartibga solish, ularni sotishda qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash vakolati berilsin.
Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika kompleksi vakolatli organlar tomonidan neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishini va ularning toʻgʻri berilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz neft mahsulotlari sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qoʻyiladi, ularga yuqoridagi miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi;
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari bilan neft bazalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan tartibda beriladi;
(4-banding uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
yangi avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining qurilishi “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ish tartibi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablagʻlarini avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining taʼsis konferensiyalarini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda koʻmaklashsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablagʻlar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari va boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirsin.
10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Yonilgʻi-moylash materiallarini sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Qarorning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)