Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Chet el davlatlarining yangi diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar ochilishi munosabati bilan, ular joylashgan mamlakatning xalqaro majburiyatlariga muvofiq ularni zarur darajada himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 171-son
qarori bilan tashkil etilgan alohida militsiya bataloni chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun qoʻshimcha ravishda xarajatlari respublika budjeti hisobiga qoplanadigan
ilovaga muvofiq — 178 shtat ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shtatdagi xodimlari soni oʻzgarishi munosabati bilan uni mablagʻ bilan taʼminlasin.