1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 1998-yil 29-avgustdagi 676-1-son qarorini, shuningdek, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni samarali hal etish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.02.00 Markaziy saylov komissiyasi. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini joylashtirish uchun unga Toshkent shahar, Xalqlar doʻstligi maydoni, 1-uydagi maʼmuriy binoning birinchi qavati berilsin.
2. Markaziy saylov komissiyasining qaroriga koʻra Komissiya aʼzolarining 6 nafari, shu jumladan, rais, rais oʻrinbosari va kotibning doimiy asosda ishlashiga rozilik berilganligi, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyatining shtatlar jadvali 14 nafar masʼul xodimdan iborat etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (J. Sayfiddinov):
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.02.00 Markaziy saylov komissiyasi. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari]
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash va uni zarur tashkiliy va kompyuter texnikasi, ofis va maxsus mebel, boshqa anjomlar bilan jihozlash uchun tegishli mablagʻlar;
3 ta yengil avtomobil va ikkita mikroavtobusga limit ajratsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.02.00 Markaziy saylov komissiyasi. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy saylov komissiyasini telefon va telefaks, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Markaziy saylov komissiyasini respublikada nashr etiladigan matbuot asarlari va huquqiy masalalar boʻyicha kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (bir nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
7. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnoma va boshqa majburiyatlari bir nusxada majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi (K. Toʻlaganov) Markaziy saylov komissiyasining boshqa shaharlardan kelgan, doimiy asosda ishlaydigan aʼzolari yashashlari uchun 3 ta xizmat kvartirasi ajratsin.