Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2013-yil 29-yanvardagi 19, 12 va 02/QQ-2-son “Davlat professional taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2427, 2013-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 98-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qarorning
nomi va
1-bandidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2)
3 va
4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan Meʼyorlar asosida zaruriy xomashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun har yili 1-iyunga qadar kelgusi moliya yili uchun talabnoma ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) taqdim etiladi. Bunda har bir kasbdagi oʻquvchilar kontingenti, mavjud moddiy-texnik baza (sharoitlar) hamda oʻtgan moliya yilida ishlatilmay qolgan xomashyo va materiallar hisobga olinadi.
4. Zaruriy xomashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalar hududiy boshqarmalar tomonidan umumlashtiriladi va har yili 15-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etiladi. Agentlik tomonidan hududiy boshqarmalar talabnomalari umumlashtirilib, joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.”;
3)
5-banddagi “Vazirlik” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4)
7,
14,
17 va
18-bandlardagi “Professional” degan soʻz “Kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5)
19-banddagi “Vazirlikka” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
izoh qismlaridagi “Professional” va “kanalizatsiya” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kasbiy” va “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismlaridagi “Professional” va “kanalizatsiya” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kasbiy” va “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.