1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar. investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyati samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga “Oʻztadbirkoreksport” AJ, “Oʻzsanoateksport” AJ, “Oʻrta Osiyo Trans” AJ, “Oʻzbekekspertiza” AJ, “Oʻzekspomarkaz MKK” AJ aksiyalarining davlat paketlari boʻyicha aksiyadorlik vazifalari yuklatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida Tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot taʼminotini tashkil etish va tashqi bozorlar marketing tadqiqotlari hamda moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shuningdek uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari saqlab qolinsin.
LexUZ sharhi
5-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-avgustdagi 409-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori 7-bandining 4-xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 40-modda)